59
degan ma‘noni anglatadi. Innovatsion ta‘lim ‒ ta‘lim oluvchida yangi gʻoya, me‘yor, qoidalarni yaratish,
oʻzga shaxslar tomonidan yaratilgan ilgʻor gʻoyalar, me‘yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar,
malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta‘limdir. Pedagogik texnologiya deganda, ta‘lim
funksiyasini amalga oshirishdagi san‘at va mahorat tushunilib, u juda qulay usullar asosida
oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga asos boʻladi.
Barcha umumta‘lim maktablarda boshlangʻich ta‘lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy
pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta‘lim jarayoniga tatbiq etish, ilgʻor ish tajribalarini
ommalashtirishni taqozo etadi. Boshlangʻich ta‘limda innovatsiya va axborot texnologiyalarning asosiy
vazifalari:
‒ ta‘lim-tarbiya jarayonini umumiy, yaxlit ishlab chiqish;
‒ ta‘lim-tarbiya jarayonida hal etilishi lozim boʻlgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash;
‒ ta‘lim-tarbiya jarayoni mazmunini ishlab chiqish;
‒ ta‘lim-tarbiya jarayonida ta‘lim oluvchining erkin, mustaqil faoliyat koʻrsatish uchun muayyan
shart-sharoitlarni yaratish hamda koʻnikma va malakalarni shakllantirish;
‒ ta‘lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish;
‒ kadrlar tayyorlash Milliy dasturi maqsadi va vazifalarini roʻyobga chiqarish;
‒ fan-texnika taraqqiyotidagi axborotlarni yoshlarga yetkazishni tezlashtirish.
Boshlangʻich sinflarda innovatsiya va axborot texnologiyalardan foydalanish quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
‒ oʻquvchilarning bilim olish faoliyatini faollashtirish, oʻquv materialini oʻzlashtirish sifatini va
ta‘lim samaradorligini oshirish;
‒ tayyorgarlik darajasi turli boʻlgan oʻquvchilarga nisbatan differensial yondashish hamda darslarni
yuqori estetik darajada tashkil qilish (musiqa, animatsiya)
‒ oʻquvchilarning atrof-muhitdagi axborot oqimlarini tanlash qobiliyatlarini rivojlantirish, tasviriy
ifodalash usulidan amaliy faoliyat koʻrsatish turiga oʻtish, bu tarzda oʻquvchi oʻquv jarayonining
sub‘ektiga aylanadi.
Boshlangʻich sinfni mazmunan modernizasiya qilish, ilgʻor tajribalar asosida oʻqitish jarayoniga
innovasion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, bunda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e‘tiborni
qaratgan holda boshlangʻich talimning sifat-samaradorligini tubdan yaxshilash xalq ta‘limi faoliyatining
ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilab olingan.
Boshlangʻich ta‘lim samaradorligini oshirish uchun oʻquvchilarni oʻyin faoliyatidan oʻquv-biluv
faoliyatiga oʻtishlarini ta‘minlashga xizmat qiladigan innovatsion metodlar majmuini yaratish talab
etilmoqda. Didaktik oʻyinlar boshlangʻich ta‘limda oʻqitishning muhim metodi sifatida alohida mavqe
egallashi kerak. Didaktik oʻyinlar oʻquvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash,
oʻlchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki
jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob, nutq oʻstirish, til oʻrgatish, yangi bilimlar oʻrgatish va boshqa
faoliyat turlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻyinlarga ajratiladi.
Darslarni didaktik oʻyinlar vositasida olib borish bolalarning aqliy faoliyatga tezroq kirishishlari va
adaptatsiya hosil qilishlariga ham koʻmak beradi. Yangi dars boshlanishida yoki oʻtgan darsni
mustahkamlash paytida didaktik oʻyinlardan foydalanib, oʻquvchilarning darsga boʻlgan qiziqishlarini
oshirish mumkin. Quyida 2-sinf ona tili darsi ―Tovushlar va harflar‖ boʻlimida qoʻllash mumkin boʻlgan
oʻyin namunalarini keltiramiz.
1.―Soʻzni toping‖ ta‘limiy oʻyin.
Do'stlaringiz bilan baham: