O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Литература
1. Григорович, Л.А. Педагогическая психология. Л.А, Григорович -М., 2003,-314с. 
2. Кон, И.С. Введение в сексологию. И.С. Кон //М., 1999.336 с. 
3. Репина, Т.А. Проблема полоролевой социализации детей. Т. А. Репина // - М, 2004. - 288 с. 
 
BOSHLANG‗ICH SINFLARDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV TA‘LIM 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH VOSITASI SIFATIDA 
Shazadayev F.A. TDPU
Ta‘lim – tarbiya jarayoni har bir pedagogdan izlanish va o‗z ustida tinimsiz ishlashni talab etadi. 
Ayniqsa, boshlang‗ich sinf o‗quvchilari qiziquvchan, intiluvchan, harakatchan bo‗ladi. Dars jarayoniga 
turli usullar bilan yondashilsa, bolalarning qiziqishi ortishi bilan birga eslab qolish qobiliyatini 
rivojlantirishda yuqori samara beradi. Darslarda bunga erishish, albatta, izlanuvchanlik, turli metodik 
qo‗llanmalar va adabiyotlardan foydalanishni taqozo etadi.
Mahoratli o‗qituvchi hamisha ilg‗or tajribalarni tezda o‗zlashtirib oladi. Shuning uchun 
pedagogikada kasbiy omilkorlik tushunchasi tarkibiga ―yangicha‖, ―ilg‗or‖, ―innovatorlik‖, ―ijodkorlik‖, 
―kasb tafakkuri‖ kabi tushunchalar singdiriladi. Bu tushunchalarning rivoji o‗qituvchining mahoratida 
nomoyon bo‗ladi. 
Darsda kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanish o‗qituvchining o‗z ustida ko‗proq ishlashiga, 
o‗quvchining mustaqil, fikrlay olishiga, ijodiy izlanishiga imkon yaratadi. 
Darslarda kompetensiyaviy yondashuv va axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish orqali o‗qituvchi nazariy ma‘lumotlar, o‗quv materiallarini zamonaviy usullar vositasida 
namoyish etish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Shuningdek, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining mustaqil fikr 
yuritishi, har tomonlama ma‘naviy – axloqiy sifatlarini shakllantirish, o‗zlashtirishida yuqori 
samaradorlikka erishishni ta‘minlaydi. Ta‘lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil 
etish pedagogni muloqotga erkin kirishuvi, o‗quvchilar bilan tez til topisha olishi, izlanishi, faoliyatiga 
ijodiy yondashishga yordam beradi. 
Kompetensiyaviy yondashuv, avvalo, ijodkorlikdir. Shunday ekan, muallim bolajonlarga 
sidqidildan ta‘lim – tarbiya berish, ularning kelgusida har tomonlama barkamol avlod bo‗lib yetishishlari 
uchun bor bilimi, kuch – g‗ayratini safarbar etish, sohada hech kim qilmagan yangiliklarni, islohotlarni 
amalga oshirish istagi bilan yashaydi. Bunday kishilar hayotda kamchilik va muammolarga ko‗nikib 
yashay olmaydilar, aksincha, tezkorlik bilan ularga yechim qidirishga shoshiladilar. 
Biz yuqorida integratsiyalashgan darslar deb, fikr bildirib o‗tdik. Avvalo, bu qanday turdagi dars 
ekanligiga oydinlik kiritib olsak. Integratsiya bir – biriga o‗zaro bog‗langan, yangi, barqaror, 
umumlashgan yaxlit g‗oya hosil qilishni nazarda tutib, uning tarkibiy qismlari obyekt, tushuncha, 
nazariya va faoliyatga doir, metodologik, muammoli yoki amaliy bo‗lishi mumkin. Integrativ materiallar 
qiziqarli, ilmiy, o‗quvchilar yoshiga mos, sodda, tushunarli tarzda bayon etilishi, tarixiy, milliy, 


54 
umuminsoniy xarakterga ega bo‗lishi zarur. Murabbiylarning fikricha, ta‘lim integratsiyasi o‗qituvchining 
darsdan ko‗zlangan nafaqat ta‘limiy, balki tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlariga ham bog‗liq. Agar 
o‗quvchi darsda o‗zlashtirgan bilimlarini mashg‗ulotdan tashqari, bog‗lab o‗tilgan muayyan fanlarda ham 
qo‗llay olsa, integratsiyaning ahamiyati yaqqol namoyon bo‗ladi. Misol uchun, 2 – sinflarda matematika 
fanidan ―Noma‘lum ko‗paytuvchilarni topish‖ mavzusida berilgan masalaning mazmunini atrofimizdagi 
olam faniga bog‗lab, ma‘lum tupdagi ko‗chatni necha qatordan o‗tqazish qoidalarini, daraxt turlarini 
tushuntirib o‗tish, o‗qishga qiziqishini oshirish mumkin.
Darsning yangi mavzuni mustahkamlash qismida esa mehmon kutish odobi orqali noma‘lum 
ko‗paytuvchini topishga o‗rgatish maqsadga muvofiq. Uydagi taqsimchalarning soni aniq, bozordan ota – 
onamiz olib keladigan meva va konfetlar soni noaniq. Ularni taqsimchalarga teng joylashtirish mehmonga 
bo‗lgan hurmatimizning ifodasi. Shu o‗rinda o‗quvchilardan mevalarning nomi, oila a‘zolari, qarindoshlar 
chet tilida qanday atalishini yodga olishni so‗rash ham foydadan xoli emas. 
Ta‘lim – tarbiya bir – biri bilan uzviy bog‗langan jarayon bo‗lgani bois uning samaradorligi, 
sifatini ta‘minlab beradigan eng asosiy jihat bu — mahorat darajasiga ko‗tarilgan pedagogik faoliyatning 
tashkil etilganligidir. 
Boshlang‗ich sinf kelajak hayot uchun poydevor hisoblanadi. Shu bois quyi sinfdanoq o‗quvchilar 
chuqur bilim egallab, uni kundalik hayotda qo‗llay olish, o‗z – o‗zini boshqarish, jamoada o‗zini tutish 
kabi ko‗nikmalarini to‗liq shakllantirishga erishish zarur. 
O‗qituvchi hayot atalmish ulkan va haybatli yo‗lda bolalar uchun yo‗lboshchidir. Ta‘lim – tarbiya 
jarayonida boshlang‗ich sinf o‗qituvchilarining zimmasida ulkan mas‘uliyat turadi. Chunki bola kelgusi 
hayoti davomida zarur bilimlarning 60 – 70 foizini shu davrda oladi. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchisi uchun muallimning har bir so‗zi qonun. Berilgan savollarga javobi 
eng to‗g‗ri javobdir. Shuning uchun o‗qituvchi ko‗p o‗qishi, zamon bilan hamnafas ijod qilishi kerak. 
Ta‘kidlaganimizdek, pedagogik faoliyat, avvalo, ijodkorlikdir. Yangiliklarga boy dars o‗tish, 
mashg‗ulot davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ta‘lim – tarbiya jarayonini 
davr talabiga mos tashkil etish oson ish emas. Buning uchun o‗qituvchidan kuchli bilim, yuksak mahorat, 
tinimsiz izlanish talab etiladi. Ta‘lim – tarbiya shunday murakkab jarayonki, uni to‗g‗ri tashkil qilish 
pedagogdan nafaqat kasbiy bilim va mahorat, balki yuksak insoniy fazilatlarga ham ega bo‗lishni talab 
etadi.
Ta‘lim – jonli jarayon. Kechagi usul yoki fikr bugunga to‗g‗ri kelmasligi, eskirishi tabiiy. Bu esa 
o‗qituvchidan hamisha yangicha tafakkur, yangicha qarash va ijodkorlikni talab qiladi. O‗qituvchining 
yangilik va bilimlarga chanqoqligi, so‗zi bilan amalining muvofiq kelishi, o‗quvchilarni izlanishga, har 
bir fanning mohiyatini tushunishga, ijobiy yondashishga undashi, erkin fikrlashi hamda mustaqil ishlashi 
uchun sharoit yaratadi. 
O‗quv – tarbiya jarayonida bilim berishning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan keng 
foydalanib, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish, rivojlangan davlatlar ta‘lim tajribalaridan 
maqsadli foydalanish – ta‘lim sifati va samaradorligini kafolatlaydi. Zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalaridan fan, mavzu va uning mazmunida o‗rinli foydalanish ta‘lim oluvchilarning 
qiziqishlarini oshiradi, bilish faoliyatining yuqori darajada bo‗lishiga imkon yaratadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish