O. X. Xamidov universitet rektori, rais


GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASIDA PISA BAHOLASH DASTURI VA



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASIDA PISA BAHOLASH DASTURI VA 
UNING TA‘LIM SIYOSATIGA TA‘SIRI 
Djurayeva S. N. – BuxDU, yuoshlang„ich 
ta‟lim nazariyasi kafedrasi o„qituvchisi 
Fayziyeva M. Sh. Kogon tuman 21-maktab 
boshlang'ich sins o'qituvchisi 
PISA xalqaro baholash dasturi keng kamrovli va tabaqalashtirilgan o‗quvchilarning bilimini 
baholovchi dastur bo‗lib, Germaniya Federativ Respublikasi buylab 50000 ming o‗quvchi va 1500 ta 
maktabni o‗z ichiga qamrab olgan [1, 13]. PISA baholash dasturida o‗quvchilarning o‗qish, matematik va 
tabiiy fanlar bo‗yicha tayanch kompetensiyalarini, shuningdek, unda fanlararo kompetensiyalar 
baholanadi. O‗kish, matematik va tabiiy fanlar buyicha kompetensiyalar baholash dasturining markazida 
turadi. Buning maqsadi «bilimlar»ni emas, balki «asosiy kompetensiyalarni (key qualifications)» 
o‗lchashdan iboratdir. O‗qish kompetensiyasi siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish, zamonaviy 
kommunikatsiya vositalari davrida muhim ahamiyatga ega. Matematik kompetensiya ham fakatgina 
hisoblash uchun emas, balki miqdoriy munosabatlarni tushunish, matematik modellarni anglash uchun 
zaruriydir. Tabiiy fanlar buyicha kompetensiya ham zamonaviy dunyoni tushunishning asosiy qismidir. 
Ta‘kidlash joizki, mazkur baholash dasturi orkali bilimi sust o‗quvchilarning qo‗llab-quvvatlash, 
iqtidorli o‗quvchilarning salohiyatiga qarab qo‗shimcha o‗rganish imkoniyatini yaratish uchun 
ma‘lumotlar bazasi yaratiladi. Shu bilan birga, ushbu baholash dasturi o‗quv dasturlarini 
takomillashtirish, o‗quv jarayonida didaktik yondashuvning o‗zgarishiga asos bo‗ladi. Mazkur baholash 
dasturi o‗quvchilarning ijtimoiy holati va bilim darajalari o‗rtasidagi bog‗liklikni tahlil qilish imkonini 
ham yaratadi [1, 15]. Yuqorida ta‘kidlab o‗tilgan masalalar ta‘lim siyosatining yunalishlarini belgilab 
beradi. 
2000 yildagi PISA baholash dasturi natijalari Germaniya Federativ Respublikasida maktab ta‘lim 
tizimini isloh qilishga katta turtki bo‗ldi. Baholash dasturida Germaniya YeIXT davlatlari ichida 20-
o‗rinni egalladi va mazkur tashkilotga a‘zo davlatlar o‗rtacha natijalaridai past natijaga erishdi [2, 196]. 
Mazkur natija keng jamoatchilik tomonidan «PISA- shok» deya, ta‘riflandi. Ta‘lim muassasalari, ota-
onalar, ta‘lim, iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar bilan shug‗ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari, ta‘lim 
jarayoniga bog‗liq vazirliklar va tashkilotlar tomonidan ta‘lim tizimi ommaviy tanqid qilindi va islohotlar 
uchun zamin yaratildi. Amalga oshirilgan islohotlarning eng asosiylari quyidagilardan iborat bo‗ldi: to‗liq 
kunlik maktablarni shakllantirish, ta‘lim muassasalarini mustaqilligini hamda javobgarlikni oshirish, 
tashqi baholash, maktabgacha ta‘lim muassasalarining ta‘lim berish vazifasini oshirish, maktabga 
tayyorlash samaradorligini oshirish, boshlang‗ich maktablarda o‗zlashtirishi sust bo‗lgan o‗quvchilarni 
alohida qo‗llab-quvvatlash va shuningdek, o‗qituvchi va tarbiyachilarni malakasini oshirishni qamrab 
oldi. 
Germaniya Federativ Respublikasida ta‘lim siyosati yunalishini Germaniya Federal ta‘lim va 
madaniyat vazirligining doimiy konferensiyasi (KMK), Federal ta‘lim va tadqiqot vazirligi (BMBF) va 
Qo‗shma ilmiy konferensiya (GWK) belgilaydi. Germaniya Federativ Respublikasida 16 ta federal 
hududda ta‘lim tizimi turlicha bo‗lib, PISA baholash dasturi natijalaridan so‗ng federal hududlar ta‘lim 
tizimini standartlashtirish islohotlari boshlandi [3, 12]. 
Germaniya Federal ta‘lim va madaniyat vazirligining doimiy konferensiyasi (KMK) 2001 yil 4 
dekabrda PISA xalqaro baholash dasturi natijalariga asosan 6 ta ta‘lim islohotlari yunalishini belgilab 
chiqdi. Mazkur yunalishlar quyidagilardan iborat: o‗zlashtirishi sust bo‗lgan o‗quvchilarni qo‗llab-
quvvatlash, tayanch kompetensiya va ta‘lim standartlari bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan o‗quv jarayoni va 
maktab ta‘limi sifatini rivojlantirish, o‗zlashtirishi sust o‗quvchilar bilan shug‗ullunuvchi o‗qituvchilarni 


42 
malakasini oshirish, o‗quvchilarning ta‘lim bosqichlariga o‗tishini moslashuvchan bo‗lishini ta‘minlash, 
maktabgacha ta‘lim muassasalarining ta‘lim berish vazifasini oshirish va xodimlar va ta‘lim muassasalari 
tizimini takomillashtirishdir [1, 63]. 
Xulosa qilib aytganda, Germaniyada PISA baholash dasturi natijalariga ko‗ra, yuqori natijalarga 
erishgan davlatlar ta‘lim tizimini o‗rganish ham ta‘lim siyosatining muhim bosqichlaridan biri sifatida 
belgilab olindi. PISA baholash dasturida yuqori natijalarga erishgan Finlyandiya, Janubiy Koreya, Xitoy, 
Yaponiya, Kanada ta‘lim tizimi va mazkur ta‘lim tizimi mavjud jamiyat atroflicha ilmiy jihatdan 
o‗rganish ta‘lim siyosatining yo‗nalishlaridan biri sifatida ko‗rib chiqildi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish