O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

1.Tashkiliy qism:
a)Salomlashish,
b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash
c) baholash tizimini tushuntirish 
d) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi: Bugungi mavzu doskada yozilgan, o`qituvchi mavzu va 
rejalar bilan o`quvchilarni tanishtiradi. 
e) o`quvchilarni guruhlarga ajratish. 
O‟tgan mavzuni so‟rash. 
O`tilgan mavzu: Insho tahlili bo`lgani uchun o`quvchilar ―Ha-Yo`q‖ usuli orqali savol-javob 
qilinadi, ya`ni o`qituvchi har bir o`quvchiga berayotgan savolga o`quvchi ―ha‖ yoki ―yo`q‖ javobini 
berishi kerak. 
Doskada yozilgan ―G`azal mulkining sultoni‖ tavsifiga ta`rif beriladi. Tilimizning 30 yilligi 
munosabati bilan til haqidagi savol-javob va sahna ko`rinishi namoyish etiladi. 
Yangi mavzu:
O‗zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan vakillaridan biri Maqsud Mas‘um o‗g‗li Shayxzodadir. U 
1908-yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug‗ilgan. Otasining kasbi shifokorlik 
bo‗lib, she‘riyatni nihoyatda sevgan, farzandlariga ham adabiyotga muhabbat tuyg‗usini singdirgan inson 
edi. Shayxzoda tug‗ilgan shahrida maktab ta‘limini olgach, Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Oliy 
pedagogika institutiga sirtdan o‗qishga kiradi. 1925-yildan muallimlik qila boshlaydi. 1928-yili u 
hurfikrliligi, ya‘ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, 
Toshkentga badarg‗a qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so‗ngiga qadar Shayxzodaning 
butun hayoti O‗zbekiston bilan bog‗lanadi. U avval turli gazeta va jurnallar tahririyatlarida muharrir, 
1935-1938-yillarda O‗zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 
1938-yildan hayoti so‗ngigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti o‗zbek mumtoz 
adabiyoti kafedrasi o‗qituvchisi bo‗lib ishladi. 
Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e‘lon qilina boshlandi. 30-yillarda 
shoirning «O‗n she‘r», «Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat» nomli to‗plamlari dunyo yuzini 
ko‗radi. Ana shu to‗plamlari bilan Shayxzoda o‗zbek adabiyotida o‗ziga xos shoir sifatida tanildi va tan 
olindi. 
Uning ijodi 40-yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida ayniqsa avj pardalarga ko‗tarildi. Butun 
insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo‗q qilish, hayotni, tiriklikni, shon-u sharafni saqlash, xalqni 
ruhan yengilmaslikka, matonatga da‘vat etish shoirning o‗sha yillari chop etilgan «Kurash nechun», 
«Jang va qo‗shiq», «Kapitan Gastello», «Ko‗ngil deydiki» kabi to‗plamlarining bosh mavzusi bo‗ldi. Shu 
yillarda Shayxzoda ijodining yana bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi 
yaratildi. 
Siz tariximiz to‗g‗risidagi hikoyalardan yaxshi bilasizki, o‗lkamizni XIII asrlarda Chingizxon 
qo‗shinlari bosib olmoqchi bo‗lganida, xalqimizning mard o‗g‗lonlaridan Jaloliddin Manguberdi 
dushmanga qarshi qattiq kurash olib boradi, o‗z vatani mustaqilligini saqlash uchun mardonavor turib 
jang qiladi. Mana shu tarixiy shaxs siymosi va shonli o‗tmish sahifalarini badiiy haqqoniylik bilan 
tasvirlash «Jaloliddin Manguberdi» dramasining muvaffaqiyatini ta‘minlaydi. Pesa Hamza nomidagi 
o‗zbek davlat akademik drama teatrida (hozirgi o‗zbek Milliy akademik drama teatri) sahnalashtiriladi. 
Botir lashkarboshi Jaloliddin siymosini sahnaga buyuk aktyor Shukur Burxonov olib chiqadi. 
Shayxzoda urushdan keyingi yillar tinch hayot va yaratuvchilik zavqini tarannum etgan 
she‘rlardan iborat «O‗n besh yilning daftari», «Olqishlarim», «Zamon torlari», «Shu‘la», «Chorak asr 
devoni» kabi to‗plamlarini nashr ettiradi. 1957-yili qadim poytaxtimiz Toshkent haqida teran falsafiy va 
nihoyatda ehtirosli tuyg‗ularga boy «Toshkentnoma» dostonini yozadi. Tarixiy mavzulardagi 
izlanishlarini davom ettirib, 1960-yilda «Mirzo Ulug‗bek» tragediyasini yaratadi. Bu asar o‗zbek 
dramaturgiyasi rivojida juda katta o‗rin tutadigan pesadir. Buyuk bobokalonimiz, dunyo falakshunos 
olimlari ichida e‘tirof topgan, ulug‗ Amir Temurdan so‗ng temuriylar nasabini olamga tanitgan Mirzo 
Ulug‗bek siymosi asarda muhabbat va ulug‗vorlik bilan tasvir etiladi. Uning inson va shoh, shoh va olim, 
ota sifatidagi siymosi falsafiy teranlikda, badiiy baquvvat she‘riy satrlarda ochib beriladi. Bu obrazni ham 
Shukur Burxonov katta mahorat bilan ijro etgan. 
Yangi mavzuni mustahkamlash 
1. Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodini tasvirlovchi videorolik namoyish etiladi. 
2. Shoir ijodidan namunalr aytiladi. 


262 
3. Klaster usulida mavzu mustahkamlanadi: 
4. ―IZOHINI TOP‖ o`yini orqali o`quvchilar Maqsud Shayxzoda hayoti va faoliyatida doir 
yillarning izohini topishga harakat qiladilar. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish