O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QIVCHILARIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QIVCHILARIDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH 
Baxtiyorov A.I.,
 BuxDU talabasi 
Jismoniy tarbiya amaliyotida sportdagi natijalarining o‗sishini ta‘minlash dastlabki
tayyorgarlik bosqichida olib boriladigan o‘yin mashg‗ulotlari samaradorligini oshirish zarurligiga
e‘tiborni qaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish,
tayyorgarlik jarayonini tashkil etish yuksak pedagogik mahorat talablari doirasida amalga oshirilishi 
lozim. Buning uchun esa o‘qituvchilardan o‘quvchilarda yosh davrigacha harakat qobiliyatlarini


239 
takomillashtirishga qaratilgan uslub va vositalardan unumli foydalanishni taqozo etadi. Zamonaviy
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‗rgatilishi zarur bo‗lgan harakat malakalariga xos jismoniy
sifatlarni qisqa muddat ichida rivojlantirish imkoniyatini yaratuvchi uslub va vositalar qo‗llaniladi. Bu 
esa o‗z navbatida mashg‘ulotlarda bajariladigan mashqlarni tezroq o‗zlashtirish va bu masalaga ko‗proq 
vaqt ajratishni talab etadi. O‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotiga texnik tayyorgarligi
ularning jismoniy sifatlariga asoslanadi. Agar o‘quvchining jismoniy imkoniyati ma‘lum bir sport
elementi texnikasi talablariga javob bermasa, birorta mashqni maromida bajarish mumkin bo‗lmaydi.
Buning ustiga, texnik mahoratni takomillashtirish nuqtayi nazaridan kuchga oid tayyorlov mashqlari 
tarbiyalanayotgan sifatni yuksak darajada shakllanishini ta‘minlashi kerak. Bu borada o‘quvchilarda
maxsus yo‗naltirilgan mashg‗ulotlar foydali hisoblanadi. Ayniqsa, musobaqa jarayonida o‘quvchilar
uchun o‗rganilayotgan sport elementlariga xos sifatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shuning 
uchun o‘quvchilarni, har bir muayyan vaziyatda harakat malakasiga o‗rgatish jarayoni o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‗lishi zarur. Mashg‘ulotlarda muayyan murakkab mazmunga ega elementlarni ijro
etish harakat analizatoriga, jumladan, o‘quvchilarda mushak kuchlanishiga xos qobiliyat shakllangan
bo‗lishini talab etadi. O‘quvchilarning kuch va tezkorlik sifatlari shunday shakllanishi muhimki, 
ular o‗z mohiyati bilan o‗rganilayotgan element koordinatsiyasiga mos va aniq me‘yorlangan bo‗lishi 
zarur. Harakatli san‘at darajasida ijro etish zarur bo‗lgan sport turlarida (sport gimnastikasi, badiiy 
gimnastika, harakatli o‘yin, suvga sakrash va h.) harakat texnikasi hal qiluvchi omil bo‗lib 
hisoblanadi. Lekin, baribir ushbu sport turlarida yuksak natijalarga erishish uchun ularni harakatlarga 
mos jismoniy sifatlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida Jismoniy sifatlarni 
rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tanlashda mushaklar kuchi topografiyasi va harakat mashqlari
xususiyati e‘tiborga olinishi darkor. Ayrim tadqiqot natijalari jismoniy sifatlar darajasi bilan turli
sport turlari bo‗yicha o‗tkaziladigan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi o‗rtasida uzviy 
bog‗liqlik mavjud ekanligini isbotlaydi. Bir guruh olimlarning fikriga qaraganda, hatto yangi harakatlarga 
o‗rgatishda ham mazmun va amplitudaga muvofiq xos mushak kuchlanishini ta‘minlovchi mashqlarni
tanlash o‗ta dolzarb ahamiyatga ega. Borgan sari chuqurlashib boradigan sport ixtisosligi harakat
malakalarini takomillashtirishning jismoniy sifatlarni rivojlantirish bilan birikib ketishini talab qiladi. 
Mazkur bog‗liqlikni inobatga olgan holda, o‘quvchilarda harakat malakalari va ko‗nikmalarini 
shakllantirishda jismoniy sifatlarning bog‗liqligi va ustivorligini ta‘minlash zarurligiga e‘tiborni 
qarataishi lozim. Harakat malakalarini shakllantirishdan avval shu malaka va ko‗nikmalarni
bajarishda yondoshtiruvchi jismoniy sifatlar rivojlantirilishi lozim. Tayyorlov jarayonining
samaradorligini baholashda nafaqat jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi e‘tiborga olinishi,
balki shu sifatlarni muayyan vaziyatlarda samarali bajarish qobiliyatiga asoslanish ham muhim 
ahamiyatga ega. Asosiy jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi bilan gimnastikaga o‗rgatish 
jarayoni o‗rtasida chambarchas bog‗liqlik borligiga ahamiyat qaratadi. Turli o‗quv yillarida olingan
texnik va jismoniy tayyorgarlik ko‗rsatkichlari jismoniy tayyorgarlikni har bir o‘quvchi texnik 
natijasiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etishi aniqlangan. Agar birinchi o‗quv (o‗rgatish) yilida bunday holat
keskinlik bilan namoyon bo‗lmasada, ikkinchi va uchinchi o‗quv yillaridan boshlab mazkur bog‗liqlik 
to‗la-to‗kis o‗z ifodasini topadi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‗lgan o‘quvchilar gimnastik
mashqlar texnikasini tez va muvaffaqiyatli o‗zlashtirishlari aniqlangan. Kuzatilgan sportga oid ilmiy-
uslubiy adabiyotlarda yana shunday ma‘lumotlar mavjudki, bajarilgan gimnastik mashqlar texnikasi
mushaklar faoliyatiga xos jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasiga muvofiq holda bog‘liqligini 
ko‘rsatadi. Ko‗pgina tadqiqotchilar sport mashg‘ulotlariga tezkorlik-kuch tayyorgarligining ustuvor 
ahamiyatini qayd etish bilan birga, shu tayyorgarlikni mashqlar texnikasiga to‗g‗ridan -to‗g‗ri 
bog‗liqligini ochib berganlar. Tezkorlik-kuch sifatlarini rivojlanish darajasi mashg‘ulot jarayonida 
aksariyat hollarda uchraydigan yoysimon harakat sifatiga ta‘sir etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda,
jismoniy sifatlarni rivojlantirish, bir tomondan, murakkab, keng qamrovchi jarayon bo‗lsa, ikkinchi 
tomondan sport mahoratining tarkibiy qismi va uni shakllantirishda poydevor bo‗lib xizmat qiladi. 
Shuning uchun o‘quvchilarda faqat jismoniy sifatlarni rivojlantirish emas, balki ushbu sifatlarni
o‗rganilayotgan mashqlar texnikasiga xos tarzda shakllantirish zarurligini inobatga olish zarur. Bu 
jarayonga ijodiy yondashish, jumladan o‗rganiladigan yangi mashq yoki elementlarga mos bo‗lgan
uslub va vositalarni to‘g‘ri tanlay bilishni ham talab etadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, 
o‘quvchilarning jismoniy tayyrgarligi ularning texnik mahoratini oshirish uchun asosiy poydevor bo‗lib 
xizmat qiladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish