o'xshash. Ichak devorining nerv chigallaridan xalos qilingan muskul bo'laklari
ustidagi tajribalar avtomatiyaning miogen tabiatiga ega ekanligini isbot qildi. Ringer-
Lokk eritmasiga shunday muskul bo‘Iagi solinganda ular avtomatik ravishda qisqara
oladi. 0 ‘sha muskul boMaklarida nerv hujayralariningyo‘qligi gistologik tekshirishda
aniqlangan.
Silliq muskul tolalarida membrana potensialining quyidagi (o ‘z-o‘zidan) spontan
tebranishlari tafovut qilinadi: 1) depolyarizatsiyasining sust to'lqinlari - sikl
uzunligi
bir necha minut va amplitudasi 2 0
m v chamasi; 2) harakat potensiallari yuzaga
kelishidan oldin potensialning kichik tez-tez tebranishlari; 3) harakat potensiallari.
^
Plastiklik ~ siUiq muskulningyana muhim xossalaridan b in bo‘lib hisoblanadi,
ya’ni cho‘zilishdan keyingi o‘ztarangligini o'zgartirmay saqlay olish qobiliyatidir!
^ Plastikligi kam skelet muskuli bilan plastik silliq muskul o*rtasidagi lafovutni
aniqlash uchun ularga yuk osiladi, muskul yukning hisobiga cho‘ziladi, shundan
so‘ng, yuklar olib tashlanadi. Yuk olingandan so‘ng, skelet muskuli darhol qisqaradi,
y a’ni dastlabki holatiga qaytadi. Bunga qarama-qarshi o 'laro q , silliq muskul biror
t a ’s ir tu fay li faol ravishda q isq a rm a g u n c h a yuk o lin g a n d a n keyin ham
cho'zilganicha qolaveradi.
Plastiklik xossasi kovak a'zolar, masalan, qovuq devoridagi silliq muskullaming
normal faoliyati uchun juda katta ahamiyatga egadir: qovuq devorlaridagi silliq
muskullar plastik boMganligi uchun qovuq ozmi-ko‘pmi to lg a n d a ichidagi bosim
nisbatan kam o (zgaradi.
Xulosa qilib aytganda, silliq m uskullam ing plastikligi ichki a ’zolam ing normal
faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydi.
17-rasm. Baqa oshqozonining silliq muskuügayakka ta’sir berilganda qisqarishi (o‘ngda)
va taqqoslash uchun boldir muskulini qisqarishi (chapda).
t
Silli(t muskulning qisqarishi. Silliq muskulga berilgan yakka ta ’sir kuchi katta
boMganda silliq muskul qisqarishi mumkin. Bu muskulningyakka qisqarish yashirin
davri skelet muskulnikiga qaraganda kattaroq boMadi, masalan, quyonning ichak
muskullarida 0^25—1 soniyagacha yetadi. Muskulning qisqarish davri ham uzoqroq
bo‘ladi, masalan, baqa oshqozonida 1 daqiqagacha yetadi.
Silliq muskul larda qisqarish sekin ketadi, biroq kam berilayotgan stimullarga
ham (baqa oshqozoni uchun minutiga 10-12 ta ’sir yetarli) uzoq muddat turg‘un
qisqarib tura oladi, skelet muskuldagi tetanusni eslatadi. M uskulning bunday uzoq
turg‘un qisqarib turish chog‘ida ju d a kam energiya sarflanadi, bu skelet muskulda
yuz beradigan tetanusdagi asosiy xarakterli farqidir.
53
www.ziyouz.com kutubxonasi
Silliq muskulning qisqarish mexanizmi skelet muskulning qisqarish mexanizmidan
farq qiladi. Bu farq shunda ko‘rinadiki, silliq muskul miozini ATF aza faolligini
namoyon q ila olishi uchun u fosforlangan holatida bo lishi kerak.
M iozinning fosforlanishi va defosforlanishi skelet muskulida ham ro‘y beradi,
lekin bu muskulda miozinning ATF aza faolligini namoyish qilishi uchun fosforlanish
muhim emas. Silliq muskullarda miozin fosforlanish mexanizmi quyidagicha amalga
oshadi: C a+2 ioni kalmodulin bilan birikadi (kalmodulin -Ca*2 ioni uchun retseptor
oqsili). Hosil b o ‘ Igan kompleks miozin zanjiridagi ferment kinazani faollaydi, b u o ‘z
navbatida
m i o z i n n i n g
fosforlanish jarayonini katalizlaydi. Keyin aktin miozin tomon
sirpanadi. Shuni aytish kerakki, silliq muskulning qisqarishini ishga tushiruvchi
mexanizm bu C a+2 ionining kalmodulin b ilan kompleks hosil qilishidir, skelet va
yurak m uskullarida esa ishga tushiruvchi mexanizm asosida Cai+ ionining troponin
bilan birikishi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: