Tetanus qisqarishlari qo ‘shilishining mexanizmi. Tetanik qisqarish balandligi
yakka qisqarishning maksimal amplitudasidan ancha ortiq boMadi. Gelmgols (1847-
y.) fikricha, navbatdagi har bir im pulsda muskul shu payt bo‘shashib turganday
kaltalanadi, deb faraz qildi va bu jaray o n g a superpozitsiya, y a’ni «qisqarishlarning
taxlanishi» deb nom berdi.
A m m o keyingi tad q iq o d lar shuni k o ‘rsatdiki, tetanusda superpozitsiya
hodisalarini ikkita mexanikeffektini oddiy qo‘shilishi deb q arab b o ‘lmaydi. Ketma-
ket keluvchi ikki ta’sir effekti yakka qisqarishlarning arifmetik yig‘indisiga teng
bo'lm aydi, bu yig‘indidan goh katta, goh kichik bo‘lishligi hozirda ma’lum. Bundan
shuni anglash qiyin emas, ya’ni q o ‘zg ‘alishning har bir avvalgi to ‘lqinidan keyin
m uskulning yangidan qisqarish xossasi ancha o ‘zgaradi.
N. Y e. Vvedenskiy qo‘zg'alish va qisqarishning har bir to ‘lqini to ‘qim ad ao ‘ta
q o ‘z g ‘aluvchanlik shaklida iz qoldiradi, deb tushuntirdi. Ikkinchi ta ’sir muskulning
q o ‘z g ‘aluvchanligi oshib turgan paytda kelsa, ikkinchi qisqarish amplitudasi, ritmik
46
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta ’sirlarda tetanik qisqarish am plitudasi ham yakka qisqarishdagiga nisbatan
kattaroq boMadi,
Ye.B. Babskiyning fikricha, m uskulda tetanik qisqarishga asos boMadigan
o ’zgarishlar bu muskulda har bir yangi qisqarishda adenozin uch fosfat kislotasining
ajralib chiqishiga bog‘liq. Ta’siming navbatdagi to lq in i boshlanguncha A T F to ‘la
p a r c h a la n ib u lg u rm ay d i. Bu m o d d a o z k o n s e n tra ts iy a d a h am m u sk u l
q o ‘zg‘aluvchan!igi vaqisqaruvchanligiga katta ta ’sir ko'rsatadi, natijada muskulga
kelayotgan navbatdagi har bir impuls a w a lg ilarig a nisbatan kattaroq natija bera
oladi.
15-rasm. Yakka qisqarishlaming qo'shilishi (summatsiya):
T1; Tj - birinchi va ¡kkinchi ta’sirlar.
M otor birligi. Muskul tolalari sk elet m uskulining funksional birligi b o ‘la
olmaydi. Bu vazifani neyromotoryoki m otor birligi amalgaoshiradi. O rqam iyaning
oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi har b ir motor nerv tolasi m uskulning bitta
tolasini emas, balki muskul tolalarining butun bir guruhini innervatsiya qiladi. Bu
guruh harakatlantiruvchi neyron bilan birgalikda m otor birligi deb ataladi. M otor
birligi tarkibiga kiradigan muskul to la larin in g soni turlicha, bu m uskulning
bajaradigan vazifasidan kelib chiqadi.
Odamning turli muskullarida m otor birlik tarkibiga kiruvchi muskul tolalarining
soni lOtadan 3000 tagacha boradi. Aniq harakatlam i bajaruvchi tezm uskullam ing
motor birligida tolalar soni ancha kam bo‘lad¡. Masalan, ko‘z v a q o ‘l barmoqlarining
muskullarida motor birliklari 10-25 ta, bunga qarama-qarshi oMaroq, gavda holatini
to ‘g ‘rila sh d a qatnashadigan va a n iq n a z o ra tg a ehtiyoj se zm ay d ig an su st
muskullaming motor birligida 2000 tagacha tola bor.
Harakatlantiruvchi nerv tolalari b o ‘y!ab muskulga kelgan harakat potensiali
motor birliginingtarkibiga kirgan muskul tolalam i b irvaqtdaqo‘zg‘atadi. S og‘lom
o d am lar m uskullari bo'shashgan d a v rd a , e le k tr faollikka ega boM m aydi,
muskullam ing biroz taranglanishi esa (m asalan, gavda holatini to ‘g ‘ri!ashda) mo-
47
www.ziyouz.com kutubxonasi
to r b irlik larid a sekundiga 5 - 1 0 chastotali razryadlar hosil b o ‘ladi, muskul
qisqarishining kuchi ortishi bilan im pulslar chastotasi ham shunga muvofiq ortib
boraveradi.
Insonlar skelet muskulida ikki xil: tez va sekin motor birliklari tafovut etiiib, ular
sekin va tez muskul tolalaridan tashkil topadi. Sekin m otor birliklarida muskul
qisqarishining davomiyligi 100 m s va undan ko‘p bo‘lsa, tez motor birlikda esa -
10 -3 0 ms ni tashkil qiladi. Shunday muskullar borki, ular faqat tez motor birliklaridan
tashkil topgan bo‘ladi (m asalan, k o ‘z olmasining muskullari). Bundan tashqari,
faqat sekin motor birliklaridan tashkil topgan muskullami ko‘rsatishimiz mumkin
(m asalan, boldir muskullari). Lekin, ko‘pgina muskullar aralash, y a’ni ham sekin,
ham tez motor birliklaridan tashkil topadi.
M otor birliklarining fiziologik xossalari ular tarkibidagi tolalam ing qisqarish
tezligiga bog‘liq. Asosan, sekin m otor birliklaridan tashkil topgan boldir muskul
unga ta ’sir qiluvchi impulslar chastotasi sekundiga 10-15 marta boMganda silliq
tetanik tarzda qisqaradi. Tez m otor birliklardan tashkil topgan barmoq muskullarining
tetanik holda qisqarishi uchun chastotasi yuqoriroq, taxminan sekundiga 50 mat ¡a
b o ‘lgan impulslar zarur.
Harakat birtiklan
Muskul tdalart
16-rasm. Harakat bniigining tuzilishi.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi
Muskul tolalarda tinchlik potensialining kattaligi -9 0 mv, harakat potensiali
esa -1 2 0 -1 3 0 m v ga teng, harakat potensialining davomiyligi 1-3 m s ni tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |