To ‘qima gormonlari.
Biologik faol moddalar, faqat maxsus endokrin
bezlarda emas, balki organizmda to ‘qima va a ’zolarda sintezlanishi ham
m um kin. H ozirda to ‘qim a va a ’zolarda 50
xilga yaqin sintezlash
qobiliyatiga ega hujayralar topilgan. Bu hujayralarning ko‘p qismi hazm
tizimi a ’zolarida, o ‘pka, buyrak, yurak va boshqa endokrin tizim iga
kirmaydigan a ’zolarda uchraydi. Gormon sintezlovchi hujayralami maxsus
imunogistokimyoviy usullar yordamida aniqlash mumkin.
Bu hujayralarning m odda almashinuvi o ‘ziga xos b o ‘lib, biogen
am inlaming o ‘tmishdoshlarini karboksilsizlashtirish va ular qoldig‘idan
peptid gorm onlam i sintezlash qobiliyatiga ega.
Bu hujayralar APUD-
tizimni tashkil qiladi.
Apudotsitlar sintezlaydigan gormonlar juda ko‘p. Ular serotonin va
melatonin, katexolaminlar va gistamin, gastrin, sekretin, motilin va boshqa
m oddalam i ishlab chiqaradi.
Bu borada hazm tizimining faolligi yuqori, undagi apudotsitlar 20 xil
gormon ishlab chiqaradi. Bu gormonlar asosan
ingichka ichak shilliq
pardasidagi hujayralarda sintezlanadi, shu tufayli ularni m axsus bir
gum hga-enterin tizimi gormonlari gum higa birlashtiradilar. Ularni yana
g astrointestinal
gorm onlari deb atashadi, bu gorm onlari sekretin,
xolesistokinin-pankreozim in, gastrin, bembezin, motilin, somatostatin,
enkefalin va boshqalar kiradi. Ulardan eng muhimlari xususida to ‘xtalib
o ‘tamiz. Sekretin birinchi kashf etilgan gastrointestinal gormon. Sekretinni
o ‘n ikki barm oqli ichakning shilliq pardasidagi m axsus hujayralar
sintezlaydi. M olekulasi 27 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan.
M olekulyar massasi 3035. Sekretin ta’sirida m e’da osti bezidan shira
ajralishi keskin k o ‘payadi, shira tarkibidagi bikarbonatlar ortadi. Bundan
tashqari, bu gormon o‘t-safro va ingichka ichak shirasi bilan suv hamda
tuzlar ajralishini k o ‘paytiradi. Sekretin ta ’sirida
oshqozon bezlarida
ferm entlar ajralishi k o ‘paysa, ayni vaqtda xlorid kislota sekresiyasi
to ‘xtaydi. U hazm tizimi a’zolarining silliq muskullarini ham tormozlaydi.
Sekretin
hazm tizimida boim agan a’zolar faoliyatini ham o ‘zgartiradi:
yurakdan tomirlarga chiqadigan qon miqdorini, siydik hajmini va undagi
natriy, kaliy, bikarbonatlar miqdorini oshiradi.
Xolesistokinin
ham asosan hazm tizimi a’zolarining sekretor va motor
faoliyatini boshqarishda ishtirok etadigan gastrointestinal gormondir. Birinchi
galda bu gormon o ‘t pufagini
qisqartiradi, undagi o ‘tni o‘n ikki barmoqli
ichakka chiqaradi, oshqozon osti bezidan fermentlar ajralishini kuchaytiradi.
Xolesistokinin faqat o ‘n ikki barmoqli ichakda emas, balki markaziy
va periferik neyronlarda ham sintezlanadi. Xolesistokininni sintezlovchi
225
neyronlar katta yarim sharlar p o ‘slog‘ida, limbik tizim va gipofizning
orqa bo‘lagida k o ‘proq uchraydi.
G astrin
oshqozonning
p ilo rik qism ida sintezlanib, qon orqali
oshqozon bezlari faoliyatini rag ‘batlantiradigan gormondir. M e’daning
pilorik qismi shilliq pardasiga berilgan kimyoviy va mexanik ta’sirlar uning
qo n g a o ‘tis h in i t a ’m in la y d i. K im y o v iy m o d d a la rd a n o q siln in g
parchalanish mahsulotlari va ovqatning ekstraktiv
moddalari gastrinni
erkin holda o ‘tishini ancha tezlashtiradi. Plorik qismdagi ovqat va shira
aralashm asida xlorid kislota m iqdorining k o ‘payib ketishi gastrin
inkresiyasini torrnozlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: