O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

Muloqot savollari: 
            1.  Yer  yuzidan  qanday  tuproq  bioiqlim  mintaqalari  va  oblastlari 
mavjud? 
2. MDH hududida qanday tuproq mintaqalari mavjud? 
3.  Tuproq  va  o‘simliklarning  yer  yuzida  gorizontal  tarqalishi 
deganda nima tushuniladi? 
4. Tuproq va o‘simliklarning yer yuzida vertikal tarqalishi deganda 
nima tushuniladi? 
5.  Tuproqlarni  geografik  va  agrotuproq  rayonlashtirish  haqida 
tushuncha bering. 
 
1.10. Tuproq xaritalari  
 
Tuproq  xaritasi  –  ma’lum  hudud  tuproq  qoplamining  ma’lum 
masshtabda  kichraytirilgan  holda  qog‘ozdagi  aks  ettirilgan  tasviridir. 
Tuproq xaritasi tuproqlarning tarqalish xususiyatlari,  mazkur  maydondagi 
tuproq  tiplari  va  ularni    izohlovchi  barcha  ko‘rsatkichlarni  aks  ettiradi. 
Xaritada  keltirilgan  barcha 
ma’lumotlarning  qisqacha  mazmuni, 
eksplikatsiyada  qishloq  xo‘jaligida  foydalaniladigan  barcha  tuproqlarning 
maydoni  ko‘rsatilgan  bo‘ladi.    Tuproq  xaritasiga  ilova  qilinadigan 
tushuntirish  xatida  hududning  tabiiy  sharoitlari,  tuproqlarning  tarqalish 
qonuniyatlari,  ulardan  maqbul  foydalanish,  tuproq  holatini  yaxshilash 
uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlar yoritiladi. 
Xaritaga 
tushirilayotgan 
tuproqlarning 
aniqlik 
darajasi 
tekshirishlarning  masshtabiga  bog‘liq  bo‘lib,  uning  kattaligiga  qo‘yilgan 
maqsad  va  vazifalar  xo‘jalikning  ixtisosiga,  tabiiy  sharoitlarga  qarab 
belgilanadi. Hududning rel’yefi, o‘simlik qoplami qancha xilma-xil bo‘lsa, 
tuproqlari  ham  shunchalik  xilma-xil  bo‘ladi.  Ularni  tekshirish  shunchalik 
katta  masshtabda  olib  boriladi.  Tuproq  xaritalari  quyidagi    xillarga  
ajraladi: 
1. Mukammal xaritalar, masshtabi — 1:200 dan 1:5000 gacha; 
2. Yirik masshtabli xaritalar, masshtabi — 1:10000 dan 1:50000gacha; 
3.  O‘rta  masshtabli  xaritalar,  masshtabi  —  1:100000  dan  1:300000 
gacha; 
4. Mayda masshtabli xaritalar, masshtabi —1:300000 dan kichik. 


39 
Mukammal  (batafsil)  xaritalar  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  o‘tkazishda 
qo‘llaniladi.  Ular  asosida  xo‘jalikning  ayrim  dalalarida  zax  qochirish  va 
sug‘orish,  har  xil  ekin  maydonlari  barpo  etish,  tajriba  va  nav  sinash 
maydonlarini tashkil etish kabilar loyihalanadi. 
Yirik  masshtabli  xaritalar  shirkat  uyushmalari,  fermer  xo‘jaliklari  va 
boshqa ishlab chiqarish shakllari uchun tuziladi. Bunday masshtab tanlash 
(1:10000 - 1:50000) o‘rganilayotgan (tekshirilayotgan) hududning rel’yefi, 
tuproq  qoplamining  murakkabligi  va  xo‘jalikning  yo‘nalishiga  bog‘liq. 
Respublika  hududida  qishloq  xo‘jaligi  tarmoqlarini  tashkil  etish,  qayta 
tiklash va ekin turlarini joylashtirish aksariyat ko‘p holda 1:10000   (1 sm 
100 metrni ko‘rsatadi) masshtabli tuproq xaritasi asosida olib boriladi. 
O‘rta  masshtabli  xaritalar  axborot  tarzida  tuziladi  va  hudud 
tuproqlarining  agronomik  nuqtai  nazardan  qishloq  xo‘jaligi  uchun 
yaroqliligini  aniqlash  uchun  tuziladi.  Bunday  xaritalar  qishloq 
xo‘jaligining  rivojlanishini,  takomillashtirish  yo‘llarini  rejalashtirishda 
qo‘llaniladi. 
Mayda  masshtabli  xaritalarda  viloyat,  o‘lka,  respublika  (mamlakat) 
tuproqlarining  qoplami  aks  ettirilgan  bo‘ladi.  Ulardan  mavjud  yer 
zaxiralarini  hisobga  olib  borish  (tuproq-geografik  rayonlashtirish  va  h.k.) 
uchun foydalaniladi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish