Gigroskopik suv – kuchli bosim natijasida tuproq zarrachalari
yuzasiga singdirilgan suv. Uning miqdori tuproqning mexanik tarkibiga,
organik moddaning miqdoriga, namlik va issiqlik darajasiga bog‘liq.
Gigroskopik suv tuproq zarrachalari yuzasidan juda mahkam ushlab
turilganligi sababli, uni ajratib olish uchun tuproqni 105-110
0
C gacha
qizdirish kerak. Tuproqdagi suvning miqdori maksimal gigroskopik suvga
nisbatan ikki marta ko‘p bo‘lsa, o‘simlik so‘liy boshlaydi. Har bir
tuproqdagi maksimal gigroskopik suvning ikki hissasiga teng bo‘lgan
namlik o‘simlikning so‘lish koeffitsienti deyiladi. Bu miqdordagi suv
o‘simlik uchun foydasiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |