O ramazonov, S. S. Buriyev meliorativ tuproqshunoslik


imkoniyat  darajasida  foydalanish



Download 1,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/113
Sana24.09.2021
Hajmi1,75 Mb.
#183968
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113
Bog'liq
hHOpaYdl1Jjcet1XdVw3UDl7jX150VP4wlatYbqC

imkoniyat  darajasida  foydalanish  deganda,  ularning  suv,  havo,  tuz  va 
ozuqa  tartibi  maqbul-yetishtirilayotgan  ekinlarning  biologik  talabiga  mos 
bo‘lganda olinishi mumkin bo‘lgan eng yuqori hosidorlik tushuniladi. 
         BMTning  FAO tashkiloti (1993 y) mutaxassislari tomonidan xalqaro 
miqyosda  foydalanish  uchun  tavsiya  etilgan  uslubiyatiga  ko‘ra,  har  bir 
iqlim sharoitda eng yuqori, sifatli hosildorlikka mazkur hududning quyosh 
radiatsiyasi 
bilan 
ta’minlanganlik  darajasiga  qarab  ekinlarning 
joylashtirish,  o‘sib  rivojlanish  davrida  irsiy  xususiyatlarini  saqlab  qolish 
nuqtai–nazaridan  tanlangan  maqbul ko‘chat  qalinligi  bo‘lganda  erishiladi. 
Chunki  o‘simlikning  hosildorligi  asosan  barglarning  umumiy  maydoni  va 
ular  faoliyatining  mahsuldorligi  -  fotosintetik  potensial  ko‘rsatkichi  bilan 
belgilanadi. Fotosintetik potensial, ya’ni kun davomida dalaga kelayotgan 
quyosh 
radiatsiyasidan 
yetishtirilayotgan 
o‘simlik 
foydalanishi 
(fotosintetik aktiv radiatsiya - FAR) asosida olinishi mumkin bo‘lgan hosil 
miqdorini aniqlash yoki bashorat qilish mumkin.  
Hisoblarga  qaraganda,  respublikaning  sug‘oriladigan  dehqonchilik 
mintaqasi  iqlim  sharoitida  tuproqlarning  suv  va  oziq  moddalar  bilan 
ta’minlanganligini  maqbul  darajaga  etkazilsa,  fotosintetik  potensial 


100 
ko‘rsatkichi  g‘o‘za  ekilgan  dalalarda  kun  davomida  3,3-3,5  mln  m

ni, 
fotosintetik  aktiv  radiatsiyadan  foydalanish  3,4  %  ni  tashkil  etishi  va 
rayonlashtirilgan  navlardan  51,4-53,5  s/ga  hosil  olish  mumkin.  Suv 
tanqisligi sharoitida tuproq unumdorligini imkoniyat darajasida etkazish va 
yoz davrida dalaga kelayotgan fotosintetik potensialdan to‘liq foydalanish 
hisobiga  yetishtirilayotgan  ekinlar  hosildorligi  oshirilsa,  xo‘jalikka 
ajratilayotgan  suvning  mahsuldorligi  ham  oshadi.  Chunki,  bir  xil  suv 
ta’minoti  sharoitida  unumdorligi  past  va  fotosintetik  potensialdan  to‘liq 
foydalanilmayotgan  dalalardan  nisbatan  kam  hosil  olinadi  va  unga 
sarflanayotgan suv miqdori ortadi. 
Hozirgi  davrga  qadar  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  asosiy 
vositasi  tuproq  va  uning  unumdorligining  huquqiy  mavqei,  ijtimoiy-
iqtisodiy  mohiyati  va  ahamiyatini  belgilovchi  me’yoriy  ko‘rsatkichlar 
qonuniy  ravishda  rasmiylashtirilmagan.  Shu  bois  ayrim  hududlar, 
fermerlar  uyushmasi  yoki  fermer,  dehqon  xo‘jaliklarda  mavjud  yer 
zaxiralaridan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan xatoliklar: qishloq xo‘jaligi 
ishlab  chiqarishi  uchun  yaroqli  yerlarni  qurilish  va  boshqa  korxonalarga 
ajratayotgan sohaga  ma’sul xodimlarni, biriktirilgan  yerlar unumdorligiga 
yetarli  e’tibor  bermayotgan  xo‘jalik  boshliqlari  va  shaxslarni  jazoga 
tortish,  foydalanayotgan  yerlarni  asosiy  daromad  manbai  tarzida 
e’zozlayotgan,  uning  unumdorligini  muntazam  ravishda  oshirayotgan 
fermer,  dehqon  xo‘jaliklarini  moddiy  va  ma’naviy  rag‘batlantirish  uchun 
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asos yo‘q. 
Bizning  fikrimizcha,  birinchi  navbatda,  qishloq  xo‘jaligida  asosiy 
ishlab  chiqarish  vositasi  -  tuproq  unumdorligi  va  uni  muhofaza  qilish 
bo‘yicha  rasmiy  qonun  yaratilishi  lozim.  Uni  saqlash,  qayta  tiklash, 
imkoniyati  darajasigacha  oshirish  va  foydalanishning  modernizatsiya 
qilishga  yo‘naltirilgan  maxsus  Davlat  dasturi  yaratilishi,  uning  moddiy-
texnik  ta’minoti  va  ajratilgan  mablag‘larni  maqsadga  yo‘naltirilgan  holda 
foydalanishni jiddiy nazorat qilish-davr talabi. 

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish