Telegram: @imtihonlar_kanali_uz Bot: @imtihonuzb_bot
Telegram: @imtihonlar_kanali_uz Bot: @imtihonuzb_bot
o‘ynash va rasmlar chizish orqali davlat ramzlariga hurmat va ona yurtiga muhabbat shakllantirilib
boriladi. Ikkinchi bosqich, 7-16 yoshdagi o‘quvchilarning Vatanga muhabbati va sadoqatini
mustahkamlash. Ularni ona yurti oldidagi farzandlik burchini bajarish uchun tayyorlash. Ularda
Qurolli Kuchlar safi da xizmat qilayotgan akalariga havas uyg‘otish. Harbiy xizmatni orzu qilgan har
bir yosh bolalikdanoq jismoniy baquvvat bo‘lishi, muntazam sport bilan shug‘ullanishi, maktabdagi
barcha fanlarni puxta o‘rganishi, bo‘sh vaqtdan unuinli foydalanishi va “Yosh kitobxon” kabi
tanlovlarga qatnashish, yutuqlarga erishishga intilishi lozim. 0‘quvchilarni “Temurbekning vorislari”,
“0‘zbekistonning farzandlari botir bo‘lur” kabi harbiy sport musobaqalarida faol ishtirok etishlari
talab etiladi. Uchinchi bosqich, 16-18 yoshdagi yoshlarni Vatanga va uning himoyasi uchun munosib
xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorlash. Ularga milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va
ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati hamda Qurolli Kuchlarda olib
borilayotgan islohotlar haqida ko‘rgazmali vositalar orqali ma’lumotlar berib borish. To‘rtinchi
bosqich, 18-30 yoshdagi yoshlarni har tomonlama yetuk, otaona va Vatanga sadoqatli insonlar etib
tarbiyalash, Vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lish va Qurolli Kuchlar safi da xizmat burchini
o‘tayotgan yoshlar bilan faxrlanish, konstitutsion burch va harbiy qasamyodga sodiqlik tuyg‘ularini
shakllantirib borish. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasida
belgilanganidek, o‘z tanlagan kasbingizni puxta egallashingiz va etuk mutaxassis bo‘lib, etishish
uchun bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishingiz lozim. “Yosh kitobxon” tanlovida qatnashishga harakat
qilib, ilmiy va badiiy adabiyotlarni mutolaa qilishingiz sizni vatanparvar, fi doyi, botir va xushyor
bo‘lishga undaydi. 0‘zbekiston Respublikasini himoya qilish 0‘zbekiston Respublikasi har bir
fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni
o‘tashga majburdirlar.52-modda 2. Mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquqlari.
0‘quvchlarning mehnat tarbiyasi, ularni asta-sekin mehnatga jalb etish maqsadida qonun
tomonidan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga ruxsat etiladi. Bunda sog‘lig‘iga ziyon
yetkazmaydigan va maktabdagi o‘qish jarayoniga xalaqit bermaydigan yengil mehnatni berish hamda
ota-onasidan birining yoki ularning о‘mini bosuvchi shaxsning roziligi albatta olinishi shart. So‘nggi
shartni shu bilan tushuntirsa boMadiki, ota-onasi o‘spirinni ishga joylashtirishdan oldin ish sharoitlari
bilan tanishishlari va uning sog‘lig‘iga xavf aniqlangan taqdirda, kontraktni tuzishdan
vozkechishlarikerak. 0‘spirinning o‘zi hayotiy tajribasi yo‘qligi sababli bo‘lajak ishning mavjud
bo‘lgan noma’qul sharoitlariga e’tibor bermasligi mum kin . Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish vaqti
16 yoshdan 18 yosh gacha bo‘lgan bolalarga haftasiga 36 soatdan, 15 yoshdan 16 yosh gacha bo‘lgan
o‘quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan osh maydi gan qilib belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |