tarbiyalash. Qurolli Kuchlarning uchta belgisini bilishimiz kerak:
Birinchidan, Qurolli Kuchlar qonunchilikda mustahkamlangan o‘z tuzilishi va vazifalariga ega
boTgan davlat tashkilotidir. Ikkinchidan, Qurolli Kuchlar harbiy tashkilot bo Tib, harbiylarni
birlashtiradi, qurol kuchiga ega boTadi. Uchinchidan, Qurolli Kuchlar taktik tezkorlik va strategik
miqyoslarda urush va harbiy harakatlar olib borishga moTjallangan maxsus harbiy tashkilotdir.
0‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari 0‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini
va hududiy yaxlitiligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlar davlat harbiy tashkilotining va mamlakat mudofaa tizimining negizi boTib, harbiy
mojarolarni jilovlash hamda ularning oldini olish, shuningdek, davlatning harbiy xavfsizligini
ta’minlash uchun tashkil etiladi. Qurolli Kuchlarning faoliyati, vazifalari, 0‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa huquqiy hujjatlar bilan
tartibga solinadi. Qurolli Kuchlar tarkibiga 0‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar,
Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va boshqa idoralarning
tegishli boshqaruv organlari, qo‘shinlari, harbiy tuzilmalar, shuningdek Milliy gvardiya kiradi.
Mamlakat mudofaasiga va Qurolli Kuchlariga rahbarlikni 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti -
0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qo‘mondoni, amalga oshiradi. Harbiy
xizmat - 0‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Qurlli Kuchlar safi da umumiy harbiy
majburiyatini bajarishdagi davlat xizmatining alohida turidir. Harbiy xizmatga o‘n sakkiz yoshga
toTgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli
Kuchlar safi da harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli fuqarolar chaqiriladilar. 0‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, 0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy bosh qo‘mondoni
Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan “Armiya va xalq birligi” tamoyiliga tayanib,
respublika maktablaridan tortib oliy ta’lim muassasalarigacha o‘ziga xos noyob — uzluksiz harbiy
— vatanparvarlik taTimining yaxlit tizimi yaratildi. Yangi Qurolli Kuchlar akademiyasi
shakllantirildi, harbiy bilim yurtlari faolyati takomillashtirildi. Qurolli Kuchlar tizimida Yoshlar
Ittifoqi birlamchi boTinmalari tuzildi.
Bu vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida
tariyalash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 23- fevraldagi qarori qabul qilindi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasining mazmunini ona Vatanimizni
ko‘z qorachig‘idek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish, 0‘zbekistonning haqiqiy
vatanparvar fuqarolarini voyaga yetkazish tashkil etadi. Har bir yosh fuqaro ongida Vatanga sadoqat,
Vatan himoyasi sharafl i va muqaddas burch ekani, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi
yoTida fi dokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan fi krlashish, milliy armiyamizga
jismonan baquwat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi va harbiy xizmat har bir 0‘zbekiston fuqarosi
uchun muqaddas burch ekanligini anglash har bir yosh fuqaroning asosiy vazifasidir. Yoshlarni
harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich, 3-17 yoshdagi bolalarga atrofi mizdagi olam, Vatan haqidagi dastlabki
tushunchalar oilada va maktabgacha taTim muassasalarida she’r, qo‘shiqlar, multfi lm, o‘yinlar
Do'stlaringiz bilan baham: |