255
tomondan bu davlatlar xalqlari uchun ayanchli oqibatlar va fojealarga olib keldi.
Rossiyada mutlaq hokim – samoderjaviening ag‘darib tashlanganligi haqidagi xabarni
ayniqsa, Buxoro va Xiva jadidlari katta umid bilan qarshi oldilar. 1917 yil fevral inqilobi
Yosh buxoroliklar orasida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi. Asta-sekin
islohatchilik tarafdorlari bo‘lgan jadidlarga Abdulvohid Burxonov va S. Ayniy, islohat
sohasidagi faol harakatlarni qo‘llovchi, nisbatan oz sonli Yosh buxoroliklarga A. Fitrat va
F. Xo‘jaev etakchilik qildi.
Yosh buxoroliklar amir hokimiyatiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish
maqsadida 150 ta partiya yacheykasi tuzib, har bir yacheykada 12 kishidan iborat kichik-
kichik guruhlar tashkil qilganlar. Faqat Buxoro shahrining o‘zida 50
ta yacheyka paydo
bo‘ldi. Ular Chorjo‘y, Karki, SHahrisabz va boshqa shahaarlarda ham tuzildi.
Shu erda ta’kidlash lozimki, Petrograddagi Muvaqqat hukumat rahbarlari orasida
Buxorodagi islohatlarga nisbatan turlicha qarashlar mavjud bo‘lgan. Masalan, Rossiya
Tashqi ishlar vaziri P. Milyukov amirlikda islohatlar o‘tkazish tarafdori bo‘lsa, keyinchalik
bosh vazir bo‘lgan A. Kerenskiy esa Buxoro davlatini Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni
qattiq turib yoqlagan.
Yosh buxoroliklar murojaatidan so‘ng, rezident Miller amir va qo‘shbegi tomnidan
e’lon qilinadigan farmon (manifest)ni yana bir bor tahrir qilib, 20
mart kuni Muvaqqat
hukumatning tashqi ishlar vaziriga yuboradi. “Yosh buxoroliklar”ning qat’iy talablari
asosida Buxoro amiri Sayyid Olimxon 1917 yil 7 aprelda mamlakatda islohotlar o‘tkazish
to‘g‘risida farmon e’lon qilinadi. Amir manifestida – nufuzli kishilardan iborat Majlis
tuzish, davlat xazinasini ta’sis etiish va mamlakat byudjetini belgilash, poytaxtda
bosmaxona ochish, sanoat va savdoni rivojlantirish,
soliqlarni tartibga solish, amaldorlar
ustidan nazorat o‘rnatish va ularga moyana to‘lash kabilar tilga olingan edi. Demak
farmonga binoan, buxoro tarixida ilk bor ba’zi demokratik islohatlarni amalga oshirish
belgilangan.
YOsh buxoroliklarning Fitrat, F. Xo‘jaev, Usmon Xo‘ja boshchiligida so‘l qanoati
farmon e’lon qilingan kunning ertasiga – 1917 yil 8 aprelida Buxoro shahrida katta
namoyish uyushtiradi va Registonda miting o‘tkazadi. Biroq Amir Olimxon
namoyishchilarni
kuch bilan tarqatib yuboradi, ularning rahbaralarini zindonga tashlaydi.
Oktyabr inqilobidan so‘ng sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o‘rtasidagi
munosabatlar keskinlashib ketdi. Turkiston Respublikasining bolsheviklardan iborat
rahbariyati Buxoro amirligining mustaqilligini rasman tan olishiga qaramay, amalda uning
ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi. 1917 yil 2 dekabrda amirlikning rus
posyolkalari vakillarining 1-Oblast s’ezdida Rossiya va Turkiston hukumatining Buxoro
ishlari bo‘yicha hay’ati saylanadi. Oradan ko‘p vayt o‘tmay Yosh buxoroliklar partiyasi
F.Xo‘jaev boshchiligidagi delegatsiyani keskin va qat’iy chora ko‘rish uchun Toshkentga
jo‘natishadi.
1917-yil 7-aprelda, boshqozi hukmdor qabulxonasida Rossiya rezidenti ishtirokida
mamlakatda islohotlar o`tkazishga va’da bergan, arrtmo amirning mavjud
tuzum asoslariga
daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini o`nglamaydigan
Do'stlaringiz bilan baham: