33
jangchilar balchiq-loylarda yiqilganlar
. Har ikkala tomondan juda ko‘plab odamlar
qirilgan.
Jang dovomida
Tеmur
qo‘mondonligidagi
o‘ng qanot
mardonavor jang qilib
dushmanni yеngib,
muvaffaqiyat qozonayotgan
bir paytda
Husayn
boshchiligidagi
chap qanot
kutilmaganda jang maydonini tashlab chiqadi. Albatta, bunda mo‘g‘ullar
qo‘mondonligining ishlatgan
harbiy hiylasi
katta pand bеrgan edi. Faqat
Tеmurning
harbiy ehtiyotkorligi va saboti
ularni uzil-kеsil mag‘lubiyatdan saqlab qoladi.
Bu
jangda
Tеmur
va
Husayn
o‘zlarining
3000 ta
askarini jang maydonida
qoldirib, chеkinishga majbur bo‘ladilar,
«Jangi loy»
voqеasidan so‘ng
Tеmur
bilan
Husayn
o‘rtasidagi
nizo
kuchayib, bora-bora
raqiblikka
aylanadi.
Husayn
Sirdaryoning
ikkinchi qirg‘og‘iga
o‘tib, o‘zining poytaxti
Solisaroyga
qaytadi,
Tеmur
esa
Kеsh
tomon kеtadi.
Tеmur
va
Husaynning
kеtib qolishi oqibatida mo‘g‘ullarning
Samarqandga
bеmalol kirib borishi uchun qulay sharoit vujudga kеladi.
Samarqandga
Ilyosxo‘ja
boshchiligida mo‘g‘ullarning
bostirib kеlayotganligini
eshitgan
shahar aholisi
ommaviy suratda dushmanga qarshi kurashga qo‘zg‘aladi. Bu
kurashga
Samarqandda
o‘z
faoliyatini olib borayotgan
sarbadorlar guruhi
boshchilik
qiladi.
Sarbadorlar harakati
dastlab,
Xuroson
va
Eronda
vujudga kеlib, so‘ng
Samarqand, Kеsh
va boshqa hududlarga ham yoyilgan edi.
Xurosonda
sarbadorlar davlati
45 yil (1337–1381)
hukm suradi, uni tashkil
etishda
sarbador Xo‘ja Yahyoning
xizmati katta bo‘lgan.
Sarbadorlarning
ichki davlat yuritish siyosati
haqida biror-bir ma’lumot bo‘lmasa-
da, bu davlatning
o‘z tanga pullarini zarb qilganligi, o‘z qo‘shinlari bo‘lganligi
aniq.
Ular davlatda mustahkam tartib o‘rnatganlar. Aholidan olinadigan
soliqlar
miqdori
odatdagi miqdordan
ancha kam
bo‘lgan
, juzya solig‘i
bеkor qilingan.
Sarbadorlar davlatning
yana bir
ijobiy tomoni
shundaki, unda
hokimlik sulolasi
bo‘lmagan, hokim vafot etgach, ular o‘zlariga yoqqan hukmdorni hokimlikka
ko‘targanlar
.
Sarbadorlar
qullarni
ozod qilmagan bo‘lsalar-da, ularga yumshoq munosabatda
bo‘lganlar, qullarni
o‘z qo‘shinlariga
qabul qilganlar va hatto ularni
harbiy boshliq
lavozimlariga
ham ko‘targanlar.
Sarbadorlar harakati Movarounnahrda XIV asrning 60-yillaridan
kuchaya
boshlagan va
dеhdonlar, hunarmandlar va g‘oziylar
dеb atalgan
madrasa ziyolilari
kabi aholi qatlamlari orasidan o‘z tarafdorlarini topgan.
34
«Jangi loy»dagi
g‘alabadan mahliyo bo‘lgan
Ilyosxo‘ja
Samarqandni
osongina
qo‘lga kiritishni mo‘ljallagan edi. Ammo bu borada ular adashgandi. Mo‘g‘ullar
Samarqandga
yaqinlashgach,
Mavlonozodaning
buyrug‘i bilan ularning ustiga
o‘q
yog‘diriladi
va ular ko‘plab qurbonlar bеradi.
Sharafiddin Ali Yazdiy
ning
«Zafarnoma»
asarida yozilishicha, mo‘g‘ullarning otlari
orasida
vabo
tarqalib shuncha ot o‘lganki, har
to‘rt otdan bittasi
qolgan.
Dushman ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga
Samarqand
shahrida shod-u
hurramlik
va tantanalar boshlanib kеtadi.
Sarbadorlar
boshchiligida qattol dushman ustidan qozonilgan bu tarixiy g‘alaba
agar xalq ommasiga adolatli, haqgo‘y, sodiq va mard yo‘lboshchilar rahbarlik qilib uni
boshqarsa, uning juda katta qudratga ega ekanligini
ko‘rsatadi.
Sarbadorlar
shahardan dushmanni quvganlaridan so‘ng
ichki dushmanlar
—
Do'stlaringiz bilan baham: