Maktabda faoliyat olib borayotgan ilg‘or tajribali o‘qituvchilarning ish faoliyatini ommalashtirish to‘g‘risida X.Allamurodovning MA’RUZASI O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini tasqidlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining mazmun-mohiyatini o‘rganish yuzasidan Navoiy viloyati XTB boshlig‘ining 2022-yil 7-dekabrdagi 187-sonli buyrug‘i hamda Karmana tumani XTB mudirining 2022-yil 15-dekabrdagi 64-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Mazkur buyruqqa ko‘ra ommalashtirish ishlari endilikda maxsus platformada amalga oshiriladi. Ommalashtiriladigan materiallar uch xil yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. O‘quv metodik qo‘llanmalar, dars ishlanmalar va video mahsulotlar. Endilikda ish tajribalarini ommalashtirish istagida bo‘lgan talabgorlarning ommalashtirish ishlari platforma orqali amalga oshiriladi.Bunda talabgor maxsus platformada o‘zining shaxsiy kabinetini yaratadi hamda ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron shaklda joylashtiradi.Tayyorlagan metodik ishini maktabda ommalashtirish uchun metodbirlashmaga ariza bilan murojaat qiladi. Tarix fani o‘qituvchisi F.Qo‘ldosheva 6-sinflar uchun tarix fanidan “Qadimgi Yunoniston afsonalari” mavzusida dars ishlanmasini ommalashtirish uchun metodbirlashmaga ariza bilan murojaat qildi. Ushbu dars ishlanmada barcha o‘quvchilarni darsga jalb qiladigan “Kichik ma’ruza”, “Qal’a qamali”, “ Xazina”, “O‘ylaganimni top”, “Birgalikda konspekt”, metodlaridan foydalanilgan. Ushbu metodlardan foydalanib dars o‘tilganda barcha o’quvchilar darsda qatnashishga, o‘z fikrini aytishga, yangi ma’lumotlarni o‘ylab topishga harakat qiladilar. Ushbu arizani o‘rganib chiqilib, metodbirlashma a’zolari tomonidan ko‘zdan kechrildi. Tajribali ustozlarimiz Z.Bo‘ronov, G.Jabborova tomonidan turli tavsiyalar berildi. Ijobiy xulosani olgan dars ishlanma maktabmiqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik kengashiga tavsiya etildi. Mazkur dars ishlanma tarix fanini o‘qitish bo‘yicha turli usullar, interfaol metodlar,darslarning mazmunli va sifatli bo‘lishida o‘z samarasini bera oladigan metodik tavsiyalarni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Ijtimoiy fanlar metodbirlashma rahbari: G.Jabborova