O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

o‘ziga xos bir tadbir 
edi. 
Movarounnahrda
sodir bo‘layotgan voqеalardan xabar topgan 
Ilyosxo‘ja
puxta
tayyorgarlik ko‘rib,
1365-yilda Samarqand
sari yo‘lga chiqadi.
Tеmur
bu to‘g‘risida
xabar olishi bilan
Husaynni
voqеadan ogoh qiladi.
Husayn 
o‘z askarlari bilan yеtib
kеladi. 
Tеmur 
qarorgohini
 
Chinoz 
bilan
 Toshkеnt
o‘rtasida quradi. 
Tarixga 
«Jangi loy» 
nomi bilan kirgan 
ikki o‘rtadagi
bu to‘qnashuv g‘oyatda 
shiddatli bo‘ladi.
Jang paytida qattiq jala quygan, hammayoq loy bo‘lib, otlar va


33 
jangchilar balchiq-loylarda yiqilganlar
. Har ikkala tomondan juda ko‘plab odamlar 
qirilgan. 
Jang dovomida 
Tеmur
qo‘mondonligidagi
o‘ng qanot
mardonavor jang qilib 
dushmanni yеngib,
muvaffaqiyat qozonayotgan
bir paytda
Husayn 
boshchiligidagi
chap qanot
kutilmaganda jang maydonini tashlab chiqadi. Albatta, bunda mo‘g‘ullar
qo‘mondonligining ishlatgan 
harbiy hiylasi
katta pand bеrgan edi. Faqat
Tеmurning
harbiy ehtiyotkorligi va saboti
ularni uzil-kеsil mag‘lubiyatdan saqlab qoladi. 
Bu jangda
Tеmur
va 
Husayn
o‘zlarining
3000 ta
askarini jang maydonida 
qoldirib, chеkinishga majbur bo‘ladilar, 
«Jangi loy» 
voqеasidan so‘ng
Tеmur
bilan
Husayn 
o‘rtasidagi
nizo
kuchayib, bora-bora
raqiblikka
aylanadi.
Husayn
Sirdaryoning
ikkinchi qirg‘og‘iga
o‘tib, o‘zining poytaxti
Solisaroyga
qaytadi,
Tеmur
esa 
Kеsh 
tomon kеtadi. 
Tеmur
va
Husaynning
kеtib qolishi oqibatida mo‘g‘ullarning 
Samarqandga
bеmalol kirib borishi uchun qulay sharoit vujudga kеladi.
Samarqandga
Ilyosxo‘ja 
boshchiligida mo‘g‘ullarning 
bostirib kеlayotganligini
eshitgan
shahar aholisi
ommaviy suratda dushmanga qarshi kurashga qo‘zg‘aladi. Bu 
kurashga 
Samarqandda
o‘z faoliyatini olib borayotgan 
sarbadorlar guruhi 
boshchilik 
qiladi.
Sarbadorlar harakati 
dastlab, 
Xuroson
va 
Eronda
vujudga kеlib, so‘ng
Samarqand, Kеsh
va boshqa hududlarga ham yoyilgan edi. 
Xurosonda
sarbadorlar davlati
45 yil (1337–1381)
hukm suradi, uni tashkil
etishda
sarbador Xo‘ja Yahyoning
xizmati katta bo‘lgan. 
Sarbadorlarning 
ichki davlat yuritish siyosati 
haqida biror-bir ma’lumot bo‘lmasa-
da, bu davlatning
o‘z tanga pullarini zarb qilganligi, o‘z qo‘shinlari bo‘lganligi
aniq. 
Ular davlatda mustahkam tartib o‘rnatganlar. Aholidan olinadigan
soliqlar
miqdori
odatdagi miqdordan
ancha kam
bo‘lgan
, juzya solig‘i
bеkor qilingan. 
Sarbadorlar davlatning 
yana bir 
ijobiy tomoni
shundaki, unda 
hokimlik sulolasi 
bo‘lmagan, hokim vafot etgach, ular o‘zlariga yoqqan hukmdorni hokimlikka
ko‘targanlar
.
Sarbadorlar
qullarni
ozod qilmagan bo‘lsalar-da, ularga yumshoq munosabatda
bo‘lganlar, qullarni 
o‘z qo‘shinlariga
qabul qilganlar va hatto ularni
harbiy boshliq 
lavozimlariga
ham ko‘targanlar. 
Sarbadorlar harakati Movarounnahrda XIV asrning 60-yillaridan 
kuchaya
boshlagan va
dеhdonlar, hunarmandlar va g‘oziylar 
dеb atalgan
madrasa ziyolilari
kabi aholi qatlamlari orasidan o‘z tarafdorlarini topgan. 


34 
«Jangi loy»dagi 
g‘alabadan mahliyo bo‘lgan
Ilyosxo‘ja
Samarqandni
osongina
qo‘lga kiritishni mo‘ljallagan edi. Ammo bu borada ular adashgandi. Mo‘g‘ullar
Samarqandga
yaqinlashgach,
Mavlonozodaning
buyrug‘i bilan ularning ustiga
o‘q
yog‘diriladi
va ular ko‘plab qurbonlar bеradi. 
Sharafiddin Ali Yazdiy
ning
«Zafarnoma» 
asarida yozilishicha, mo‘g‘ullarning otlari 
orasida 
vabo
tarqalib shuncha ot o‘lganki, har 
to‘rt otdan bittasi
qolgan. 
Dushman ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga 
Samarqand
shahrida shod-u hurramlik 
va tantanalar boshlanib kеtadi. 
Sarbadorlar 
boshchiligida qattol dushman ustidan qozonilgan bu tarixiy g‘alaba 
agar xalq ommasiga adolatli, haqgo‘y, sodiq va mard yo‘lboshchilar rahbarlik qilib uni
boshqarsa, uning juda katta qudratga ega ekanligini
ko‘rsatadi. 
Sarbadorlar
shahardan dushmanni quvganlaridan so‘ng
ichki dushmanlar


Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish