O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Mavzu bayoni 


184 
o’ymakorlik, zardo’zlik, tegirmonchilik, ko’nchilik, to’quvchilik, temirchilik, kulolchilik, 
beshikchilik, sandiqchilik, etikdo’zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng tarqalgan edi. Amirlik 
iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg’unlik hollari mavjud edi, aholining turmushi past darajada 
edi. Yerga egalik shakli ming yillar davomida o’zgarmay kelmoqda edi, aholiga solinadigan 
o’lpon va soliqlar haddan tashqari ko’p edi. Aholi sotib olish qobiliyatining pastligi 
hunarmandchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilardi. Buxoro amirligi monarxiya tipidagi 
davlat bo’lib, amir cheklanmagan hokimiyatga ega edi. Amir o’z fuqarolarini o’ldirishi yoki 
hayotga qoldirishi, butun aholi mulkiga ega bo’lishga ham haqli edi, ko’ngli tusaganini 
qilardi. Mang’itlar sulolasi (1753-1920) yillar hukmronlik qilgan.
1.Muhammad Rahim –(1756-1758) y 
2.Doniyolbiy (otaliq) –(1758-1785)y. 
3. Shohmurod –(1785-1800 )y. 
4.Haydar –(1800-1825)y.
5.Nasrullo –(1826-1860)y. 
6.Muzaffar –(1860-1885)y. 
7. Abdulahad –(1885-1910)y. 
8. Olimxon –(1910-1920)y. 
XIX asr boshlariga kelganda, amirlikda xizmatkor amaldorlar tabaqasi shakllandi. 
Faqat amir saroyining o’zida 300 ga yaqin amaldor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat 
xazinasidan maosh olar, amirga batamom qaram bo’lib, ularni amirning o’zi tayinlar yoki 
egallab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir farmoyishini bajaribgina 
qolmay, uning istak-xohishi va ko’nglini topa bilishlari, unga doimo xushomad qilishlari 
kerak edi. Shu bois saroyda xushomadgo’ylik, amir shaxsini ulug’lash rasm bo’lib qoladi. 
Amir va uning oilasigagina emas, quyi mansabdagilar yuqori amaldorlarga ham 
xushomadgo’ylik qilardilar. O’z mavqei, turmushi, oilasining omonligi, mulki uchun 
qo’rqish, ertangi kunga ishonmaslik kabi og’ir vaziyat vujudga keladi. Qisqasi, 
mansabdorning taqdiri to’lig’icha yuqori amaldor qo’lida edi. Mansabni sotish, poraxo’rlik 
keng tarqaldi. Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari Qushbegi, dargoh vaziri, 
ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Davlatning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir 
so’z bilan aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo’lida edi. Viloyat va tuman 
hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. Qushbegi xon istiqomat qilib 
turgan arki oliyda turar edi. 
Devonbegi - xonlikning moliya-xazina ishlarini boshqargan. Soliq va jarimalarning 
undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amalga oshirgan. Devonbegi arki oliyning bir 
chetida yashagan. 
Ko’kaldosh -(xon bilan bir onadan sut emgan kishi) butun amirlik hududida amirga va 
amirlikka nisbatan do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqidagi 
ma’lumotlarni to’plab hukmdorga etkazib turgan. 
Mushrif - lavozimida ishlagan amaldorlar xonga in’om etilgan buyumlarni hamda 
harbiy anjomlarni ro’yxatga olish bilan mashg’ul bo’lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus 
daftarga yozib borgan 
Mirshab - tungi qorovullar boshlig’i vazifasini bajargan. 
Dodxoh - fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal etuvchi mansabdor 
bo’lgan, bularni kerak bo’lsa xon yoki qushbegiga etkazib turgan. 
Inoq - bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir farmoyishlarini bek va 
boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga etkazishdan iborat bo’lgan.
Miroxo’r - amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilar ustida turgan, xon ovlarini 
uyushtirish ishiga mutasaddi bo’lgan.


185 
Dasturxonchi - amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor. 
To’qsobo - amir tug’i sohibi bo’lgan harbiy mansabdor 
Parvonachi - biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi haqidagi yorliqni o’sha 
shaxsga etkazuvchi amaldor. 
Sadrlar - vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf muassasasining boshliqlari 
bo’lgan mutavallilar sadrlarga bo’ysunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig’i 
shartlarida qayd etib qo’yilgan. Sadrlar vaqf xo’jaligi daromadining ma’lum qismini olardilar. 
Shayxulislom - musulmon jamoasi boshlig’i. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda 
qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi amaldor. Bu lavozim avloddan-avlodga meros bo’lib 
ham o’tgan. 
Katta qozi (Qozi kalon) - davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir aralashmaydigan 
barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh» 
deb atalardi. Qozi kalon huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning 
vazifasi jinoiy ishlarni har tomonlama ko’rib chiqishdan iborat bo’lgan. 
Muftiy - qozi kalon murakkab deb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo’yicha, 
shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning 
muhri bilan tasdiqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda hukm 
chiqarardi. Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, eshik og’asi kabi 
e’tiborli unvonlar berilgan. Xonning, uning o’g’illarining ham otalig’i bo’lgan. Amaldorlar 
harbiy yurishlarda ham qatnashgan. Xon yig’inida amaldorlarning amaliga qarab o’rni bo’lar 
edi. Shunga ko’ra ular xonning o’ng va so’l tomonida, unga yaqinroq va uzoqroq erda 
o’tirardilar. Ba’zilari o’tirishar, ba’zilari esa tik turishardi. Kattaroq amaldor saroyga ot minib 
kirsa, ba’zilari piyoda kirardi. Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham hukmron 
mavqega ega edi. Ular o’zlarini Muhammad payg’ambarning avlodlarimiz deb hisoblovchi 
sayyidlar hamda choriyor halifalar - Abubakr, Umar, Usmon va Ali avlodlaridanmiz 
deyyuvchi xo’jalardan iborat edi. Ular katta yer-suvga, savdo do’konlariga, hunarmandchilik 
ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo’ybor shayxlari alohida mavqega ega bo’lib, XIX asrda 
ular Buxoroda 16 mahalla bo’lib yashardi. Sudlov ishlarida shariat qonun - qoidalariga rioya 
etilishini ta’minlashda shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordamchilari edi. 
Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon hisoblanardi. Uning mahkamasida har 
bir viloyatdan bittadan qozi ish olib borardi. Ularni amirning o’zi tayinlardi. Qozi din 
masalalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo’yicha hukmlar qabul qilardi. Buxoro 
amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nurota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, 
Chiroqchi, Yakkabog’, G’uzor, Boysun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Xisor, Ko’lob, 
Qorategin, Darvoz, Baljuvon, Sho’g’non-Rushon, Qo’rg’ontepa, Qobodiyon, Kalif, Bo’rdalik, 
Qoboqli va Norazm bekliklaridan iborat edi. Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab 
qo’yiladigan hokimlar beklar idora qilardi. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar 
xizmat qilardi. Manbalar amirlikda mahalliy ma’murlar shtati 30000 kishini tashkil 
etganligidan guvohlik beradi. Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan 
berilmas edi, ular mahalliy aholidan olingan turli - tuman soliq va to’lovlar hisobiga 
tirikchilik qilishardilar. Hokimlar, soliq yig’uvchilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, 
ularning faoliyatini belgilovchi qonun qoidalar yo’q edi. Ularning suiste’mollari xalq 
gardaniga og’ir yuk bo’lib tushardi. XIX asr 30 yillarida amir qo’shinida 19 mingga yaqin 
yollangan askarlar bo’lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xizmatni o’taganlar. 
Qo’shin askarlari, asosan, o’q-yoy, nayza, qilich, xanjar, oybolta kabilar bilan qurollangan. 
Manbalar amir qo’shinida piltali miltiqlar va kichik to’plar ham bo’lganligidan guvohlik 
beradi. Amir qo’shinining jangovorlik darajasi past edi. Askarlar harbiy mashqlarga nisbatan 
ko’proq mehnat bilan band bo’lardi. Sipohlikka 15 yoshdan 70 yoshgacha erkaklar olinardi, 


186 
qo’shin safida keksayib qolganlar anchagina bo’lardi. Amirlikning yillik daromadi 2 mln. 300 
ming so’m bo’lgani holda, uning 1 mln. 300 ming so’mi qo’shinni saqlashga sarflanardi. 
Oziq-ovqat etishmasligidan sipohlar qochardi, kiyimi yupun edi. XIX asr o’rtalarida askarlar 
soni, piltali miltiq va to’plar ham anchagina ko’paygan. Qo’shinda yuz boshi, ming boshi 
singari harbiy lavozimlar bo’lib, umumiy qo’mondonlikni lashkarboshi boshqargan. 
Amirlikning qo’shini muntazam bo’lmay, zaruriyat bo’lganda to’planardi, ularni to’plash 
qiyin kechardi. Bu amirlikning zaiflik omillaridan biri edi.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish