105
10-mavzu:
Buxoro amirligining tashkil topishi va siyosiy
tarixi (2 soat)
Reja:
1.
Muhammad Raximxon Mang’itning hokimiyatga kelishi.
Markaziy davlat
hokimiyatini mustahkamlanishi va viloyatlarning bo’ysundirilishi.
2.
Doniyolbiy davrida ichki nizolar.
3.
Shohmurodning hokimiyatga kelishi. Markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi.
Moliya, sud, ma’muriy va harbiy islohatlar.
4.
Amir Haydar davrida siyosiy keskinlik va qo’zg’olonlar.
5.
Amir Nasrullo davrida harbiy islohotlar va davlat hokimiyatining mustahkamlanishi.
6.
Amirlikning ma’muriy tuzilishi. Harbiy va sud ishlari.
7.
Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo.
8.
Madaniyat va din. Ta’lim, ilm-fan, adabiyot va tarixnavislik.
Tayanch tushunchalar:
Markaziy hokimiyat, Miyonqol, otaliq, Amiri ma’sum, toqi
musaddas, qozi askar, rais, shayxulislom, inoq, parvonachi, Dinnosirbek,
qoracherik, navkariya, sarboz, to’pchi, tanob, mutavalli, tanobona, qo’shpuli,
arkoni davlat, chaqirim, Xurmo, Sarazm, Qozonariq, To’g’uzariq, Toymanariq
Ashtarxoniylardan bo`lgan so`nggi Xon Abulfayzning o`zbeklar
davlatining azaliy
dushmani Eron shohlari xomiyligi va hukmronligini tan olishi amalda Ashtarxoniylar sulolasi
hukmronligini tugaganligini bildirar edi. XVIII asr boshlarida tashkil topgan Ashtarxoniylar
sulolasi ikkinchi o`ringa tushib o`z o`rnini yangi hokimlar, birinchi o`ringa ko`tarilgan
o`zbeklar urug`i-mang`itlarga bo`shatib beradi. Butun hokimiyat
Eron shohi tomonidan
tayinlanadigan va keyingi yillarda forscha ulug` amir (amiri kabir) degan unvonni olgan
Muhammad Hakimbiy otaliq qo`liga o`tib ketadi. Otaliq 1743 yilda vafot etgach o`zbek
amirlari davlatning turli yerlarida isyonlar ko`taradilar. Ana shunday isyonlardan biriga
Ibodulla xitoy (xitoy-qipchoqlaridan chiqqan) boshchilik
qiladi va Buxoro devorlari
atroflarigacha bostirib keladi. Har yilgi odatga ko`ra Buxoro xalqi 1745 yilning aprel oyi
oxirlarida Bahovuddin Naqshband mozori atrofidaan`anaviy «Qizil gul» bayramiga chiqqan
edi. Ana shu fursatdan foydalangan Ibodulla xitoy Buxoroga bostirib kirdi va juda ko`p
o`ljalar bilan birga qo`shinlarning ham kattagina qismini asir qilib olib ketadi. Bu voqeadan
xabar topgan Nodirshoh sinalgan
askarlardan otryad tuzib, uni Muhammad Hakimbiyning
o`g`li Muhammad Rahimbiyga topshiradi. U ana shu qo`shin bilan Buxoroga jo`naydi.
Marvda unga Rizaquli ham o`g`li o`z askarlari vaartileriyasi bilan birga qo`shiladi.
Chorjo`yga yetganda turkmanlar otryadi ham qo`shiladi. Katta kuch bilan Muhammad
Rahimbiy Buxoroga kirib keldi, unga «amirlar amiri» unvoni (amirulumaro) berildi.
U otasiga
qarashli Buxoroga yaqin G’oziobod qishlog`ini o`ziga makon qiladi. Davlatning barcha
yuqori mansablariga o`z qarindoshlari va tarafdorlarini tayinladi. Xonlikning-marakazida o`z
mavqeini mustahkamlab olgan Muhammad Rahimbiy Eron qo`shinlari yordamida ko`tarilgan
xalq qo`zg`olonini bostirishga muvaffaq bo`ldi. Qattiq janglardan so`ng Ibodulla xitoy
Miyonqal`adan qochib Toshkentga boradi va shu yerda qo`lga olib o`ldiriladi. So`ng
Shahrisabzda ko`tarilgan qo`zg`olon ham bostiriladi.
Muhammad Rahimbiyning ta`sir doirasi kengayib va kuchayib bordi. U kuchli qo`shin
tuzdi va bu qo`shin tepasiga o`ziga sodiq kishilarni qo`ydi. 1747 yil 14
iyunda nodirshoh
suiqasd oqibatida o`ldiriladi. U tuzgan davlat bo`linib tarqab ketdi. O`zaro taxt uchun kurash
boshlandi. Bu kurashdan Muhammad Rahimbiy ham chetda turmadi. U 1747
yildaAbulfayzxonni Mirarab madrasasi xujralaridan birida o`ldirtiradi. Shundan keyin
Muhammad Rahimbiy xonning birin-ketin ikki o`g`li Abdulmo`min vaAbdullani qatl etib
1753 yildaamir unvoni bilan Buxoro taxtiga o`tiradi. Muhammad Rahim Buxoro taxtiga xon
sifatida o`z da`vogarligini qonunlaShtirish maqsadidaAbulfayzxonning qiziga uylandi hamda
xon deb e`lon qilingan xuquqni oladi.
Lekin
Do'stlaringiz bilan baham: