98
Farg’ona viloyatlarida ocharchilikka sabab bo’ldi. Manba tili bilan aytilganda , “dehqonlarda
tariq va bug’doy noni yo’q edi”.
Shayboniylar davrida bo’lgani kabi ashtarxoniylar davrida hamdavlat yerlari
mamlakai devon, mamlakai podshohi, zamini mamla, mamlakai sultoni, mamlaka
kabi
nomlar bilan atalgan.Oliy hukmdor yernisotish, hadya etish yoki vaqf mulkiga o’tkazish
huquqiga ega bo’lgan. Shartli yeregalari
suyurg’ol, iqta, tanho, tiul
kabi
nomlar bilan
atalgan.XVII-XVIII asrlarga kelib suyurg’olning mazmuni o’zgaradi. Budavrga kelib
suyurg’ol asosan hukmdor xizmatida bo’lgan ruxoniylar-sayidlar, xo’jalar, shayxlar,
ulamolar, shuningdek shoirlarga hadya qilingan.Mahmud ibn Vali shunday ma’lumot beradi :
“Agar podsho yerni
kimgadirhadya tariqasida bersa, bunday yerlar ulamolar va sayidlarga
berilsa,suyurg’ol deyiladi, agar harbiylarga berilsa, u holda tanho deyiladi.”
Bu davrda Toshkent mamlakatining ma’muriy boshqaruv vaiqtisodiy hayotida muhim
rol o’ynagan bo’lib , bu yerda ichki va tashqi bozoruchun ko’plab
mahsulotlar mavjud
edi.Toshkent , ayniqsa , tog’-kon sanoati
mahsulotlari , qozoq dashtlari bilan savdo-sotiq munosabatlarida mashhurbo’lganligi
manbalarda eslatib o’tiladi ..Toshkent atroflarida bog’lar va uzumzorlar mavjud bo’lgan
.Toshkent qa’lasi tashqarisida Kaykovus chorbog’ijoylashgan. Manbalar bu chorbog’ni “ulug’
sultonlar taxtining joyi” va Toshkent hokimlarining qarorgohi sifatida eslatadilar.Toshkentda
va uning atroflarida turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar to’xtashlari uchun
karvonsaroylar mavjud bo’lgan . Shuningdekkarvonsaroylar Chirchiq daryosi bo’ylab
ketuvchi tog’ yo’li bo’ylarida ham qad ko’targan.Toshkentning
keng dasht hududlari
chegarasidagi vohada joylashganligi bu davrda ham shahar xo’jaligining rivojlanishi uchun
katta ahamiyatga ega bo’lgan bo’lsada, manbalar ko’chmanchilarning ko’plab
hujumlaruyushtirganliklari haqida ham ma’lumotlar beradilarilar.
Shunday qilib, O’zbekiston davlatchiligi tarixidagi Ashtarxoniylar davri (1601-1736)
boshboshdoklik, o’zaro kurashlar, mahalliy hokimlarning markazga bo’ysunmasligi davri
bo’lib, A.Ziyo ta’biri bilan aytganda, siyosiy bekarorlik taxminan yuz yil o’tib sulola inqirozi
hamda davlatning uchga bo’linishi bilan tugadi. Tashqi aloqalar asosan qo’shni hududlar bilan
cheklanib qolib, mamlakat jahon texnikaviy taraqqiyotida ro’y berayotgan ko’pgina
yangiliklardan chetda qoldi shunga qaramasdan madaniy xayotning ba’zi
sohalarida
(me’morchilik, tarixnavislik, adabiy muhit, islom huquki) taraqqiyot jarayonlari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: