O ’qu V u sl ubiy m a jmu a



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/299
Sana11.06.2022
Hajmi7,33 Mb.
#656484
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   299
Bog'liq
Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)

Savol va topshiriqlar: 
1.
Ashtarxoniylar sulolalasining haokimiyat tepasiga kelishiga nima sabab bo’ldi? 
2.
Imomqullixon davri ichki siyosati nima bilan xarakterlanadi? 
3.
XVII asr o’rtalarida Buxoroxonligida ichki vaziyatning keskinlashuviga nimalar 
sabab bo’lgan? 
4.
Buxoro-Eron Hindiston davlatlarining o’zaro munosabatlari qanday kechgan? 
5.
Ashtarxoniylar sulolalsi shajarasini tuzing. 
6.
Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligining xronologiyasini tuzing. 
B/B/B jadvali 
Bilaman 
Bilmoqchiman 
Bilib oldim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


95 
 
 
 
9-mavzu: Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligida ijtimoiy-
iqtisodiy hayot. (2 soat) 
Reja: 
1.
 
Davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi 
2.
 
Ashtarxoniy davlatida iqtisodiy munosabatlar. 
3.
 
Yer egaligi munosabatlarida jo’ybar xo’jalarining mavqei 
4.
 
Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayot 
5.
 
Me’morchilik. 
 
Davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi
Ashtarxoniylarning davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi o’z tuzilishi hamda 
mazmun-mohiyatiga ko’ra, Shayboniylar davri davlatchiligidan deyarli farq qilmas edi. 
Manbalarning ma’lumot berishicha XVII – XVIII asrning birinchi yarmi davlat boshqaruvida 
hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham asosan bir idora – dargohda mujassamlashib 
borgan. Shunigdek, Shayboniylar davrida bo’lgani kabi ashtarxoniylar davrida ham davlat 
tizimida o’troq turmush tarzi an’analari bilan birga ayrim yarim ko’chmanchilarga xos 
udumlar ham saqlanib qolgan. 
Bu davrda ham xon rasman oliy hokimiyat boshlig’i bo’lib, davlatdagi ichki va tashki 
siyosatga bog’liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal etilgan. Barcha oliy farmonlar xon 
tomonidan joriy etilib, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi xutbaga qo’shib 
o’qilardi. Ammo, amaldagi boshqaruvda ko’pgina ashtarxoniy hukmdorlari saroydagi katta 
mavqega ega bo’lgan amaldorlar hamda yirik ulamolar qo’lida qo’g’irchoq edilar. 
Nodirmuhammad, Subxonqulixon, Ubaydullaxon kabi xonlar markaziy hokimiyat obro’sini 
ko’tarishga, bebosh amirlar mavqeini cheklashga harakat qilgan bo’lsalar-da, ularning bu 
harakatlari deyarli samara bermadi. Bu davrda markaziy davlat boshqaruvi saroy amaldorlari 
ko’lida to’plangan bo’lsa, joylardagi mahalliy hokimiyat viloyat hokimlari ixtiyorida 
bo’lgan.Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham naqib, otaliq, parvonachi, dodxoh, 
devonbegi, qushbegi, chuhraboshi, yasovul, inoq, qurchi, harbiy qozi, harbiy mufti, eshik og’a 
boshi, mirzaboshi, saroy kutubxonasi boshlig’i, dasturxonchi kabi lavozimlar mavjud 
bo’lgani ma’lum. Shu bilan birga ularning ayrimlarida sifatiy o’zgarishlar Yuz berganini ham 
ta’kidlash lozimdir.Otaliqning vazifasi XVI asrda asosan joylardagi boshqaruv tizimi bilan 
bog’lik bo’lsa, ashtarxoniylar davrida, ayniqsa Abdulazizxondan boshlab, otaliqning 
markazdagi mavkei kuchaya boshladi. Masalan, Abdulazizxon Buxoro taxtiga chiqqach 
poytaxtdagi otaliq vazifasini o’sha paytda eng kuchli mavqega ega bo’lgan Yalangto’shbiyga 
taklif qilgan. Otaliqning mavkei Subxonqulixon davrida ham baland bo’lib, eng muhim 
harbiy ishlar (masalan, xivaliklarning Buxoroga taxdidini qaytarish, Xuroson yurishi) otaliqqa 
yuklatilgan.”Ubaydullanoma” asarida otaliqqa “umdat al-umaro”, ya’ni “butun amirlar 
tabaqasining tayanchi” degan ta’rif berilgan. Abulfayzxon davridagi otaliq mansabida
bo’lgan Hakimbiy va uning o’g’li Rahimbiylar juda katta mavqeiga ega bo’lib, ular oxir-
oqibat 
sulola 
vakillaridan
hokimiyatni 
butunlay 
tortib 
olishga 
muvaffaq 
bo’ldilar.Ashtarxoniylar, xususan Ubaydullaxon va Abulfayzxon davrlarida qo’shbegi 
lavozimidagi amaldorlarning ham mavqei o’sgan. Aniqrog’i shu mansabdagi shaxsning 
mavqei ko’tarilishi bilan u egallab turgan lavozimning ham ahamiyati yuksalgan.Bu davrda 
Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo’lib, uni taxt vorisi boshqarar edi. Rasmiy 
darajadagi davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo’lib, markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga 
ega edi. Viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga bo’ysunishi belgilangan yillik 
soliqlarni to’plab xon xazinasiga yuborib turishi, xon farmoniga ko’ra, harbiy yurishlarda o’z 
qo’shinlari bilan qatnashishdan iborat bo’lgan xolos. Ko’p hollarda o’zlarini markaziy 
hokimiyatdan mustaqil deb hisoblagan viloyat amirlari va hokimlari ham o’z boshqaruv 
tizimiga va harbiy kuchlariga ega bo’lgan. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish