122
navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab
chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi.
Natijada, oddiy hunarmandchilik
ishlab chiqarishi manufaktura ushlab chiqarishi darajasiga ko’tarilmadi. Shuning uchun ham
ichki bozorda odatdagi hunarmandchilik va qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdosi yetakchi
o’rin egallagan.
Buxoroda bozordagi narx-navo, tosh-tarozining to’g’riligi qattiq nazorat qilinar edi.
Kimki xaridor haqqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi, xususan, bundaylar yarim
yalang’och holda aravada, bozor ahliga namoyish qilish uchun sazoyi qilinardi va ovozi
boricha: «Men shayton yo’liga kirib, xaridorni aldadim», deb jar solishga majbur etilardi.
O’rta Osiyo, xususan, Buxoro bozorlari faqatgina xo’jalik vazifasini o’tab qolmagan.
Ular ayni paytda o’ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o’tagan. Xususan,
bozorlarda hukmdorning farmonlari o’qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari esa
turli tomoshalar ko’rsatilar edi.
Mamlakatning tashqi savdo aloqalari to’xtab
qolgani yo’q. Buxoro Hindiston,
Afg’oniston, Eron, Xitoy bilan savdo aloqalarini olib bo’lgan. Bu davlatlarga xonlikda ishlab
chiqarilgan
ip gazlamalar, baxmal, qog’oz, egar-jabduqlar, qurollarning ayrim turlari, meva va
boshqa mahsulotlar ortilgan savdo karvonlari qamab turardi. Ba’zi savdo karvonlarining
tuyalari bir necha yuz boshga yetardi.
Mamlakatning Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga ko’plab chet ellik savdogarlar
kelib turishardi. Buxoroda hatto hind savdogarlari va sudxo’rlari yashaydigan alohida
mahallalar ham bor edi. Ular hind gazlamari, bo’yoqlari, shifobaxsh va ziravor o’tlar, dori-
darmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar.
Buxoro aholisini chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari,
tuyalar hamda
hunarmandchilik buyumlari bilan ta’minlovchi qozoq cho’llarining aholisi bilan keng savdo
olib borilardi. Ular xom teri, shuningdek, qo’y terisini turli ranglarga bo’yab tikkan
kamzullari bilan ham mashhur edilar. Bu mahsulotlar Buxoro bozorlarining eng xaridorgir
mahsulotlari edi. Qozoqlar bilan savdo aloqalarida qoraqalpoqlar vositachilik qilar edilar.
Turkmanlar Buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotardilar.
Buxoro amirligining Rossiya bilan savdo aloqalari o’sib bordi. Orenburgda 1804-yili
Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilib, unda 20 xonadon istiqomat qilgan. Ular
Rossiya bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi savdoda muhim o’rin tutganlar.
Qarorgoh ahli
1812-yilda Napoleon armiyasiga qarshi janglarda faol ishtirok etgan. 1825-yilga kelib
savdogarlar qarorgohi kengayib, xonadonlar soni 30 taga yetdi. Ularning ko’pchiligi
hunarmandlar (novvoylar, savdogarlar) bo’lib, o’z mahsulotlarini shu yerda sotuvga
tayyorlaganlar. Buxorodan yo’lga chiqqan karvon 2 oyda Orskka yetib borardi. Ba’zida savdo
karvoni 5 mingtagacha tuyadan iborat bo’lardi.
Shu tariqa, Buxoro davlati iqtisodiyoti Rossiya bilan savdo qilishga mo’ljallangan
o’ziga xos yo’nalishga ega bo’la bo’lgan. Buni quyidagi fakt ham isbotlaydi. Masalan, 1844-
yilda Buxoro xonligining O’rta Osiyo — Rossiya tashqi savdosidagi ulushi 25 foizni tashkil
etgan bo’lsa, 1864-yilga kelib bu ko’rsatkich 42 foizga ko’tarilgan.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O’rta Osiyodagi har uchalaamirlik va
xonlikninglarning madaniy taraqqiyotiga xos bo`lgan umumiy o`xshashliklar diqqatga
loyiqdir. Bu o`hshashliklarning sabablari ham bir-biriga juda o`hshashdirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: