mirshablarga
topshirilgan bo’lib, ular shahar
mirshabboshisiga
bo’ysunishgan. Buxoro shahri
mirshabboshisiga boshqa barcha shaharlar mirshabboshilari bo’ysungan. Mang’itlar davrida
Buxoroda
qo’shbegi,
qozikalon, bosh rais va mirshabboshi
birgalikda
“chor hokim”,
ya’ni,
“to’rt hokim”
deb yuritilgan. Amirlikning boshqaruv tizimida
bosh rais
alohida
ahamiyatga ega bo’lgan. Ushbu amal yarim diniy, yarim targ’ibotchi usulida edi. Amirlikda
bosh rais odatda eshon rais yoki rais-ush shariat deb atalgan bo’lib unga barcha mahalliy
raislar bo’ysungan. Bosh rais ularni vaqti-vaqti bilan amir oldida tekshiruvdan o’tkazib
turgan. Eshon rais qozikalondan keyin turadigan amaldor bo’lib, uning mahkamasiga
vaqtincha o’rinbosarlik qiluvchi xalifa, noib, mulozimlar, mirzalar, miroxo’rboshi, tergovchi,
shahar mirobi kabilar kirgan. Amir saroyida ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi lavozimlar
qatoriga shahar xavfsizligiga javobgar bo’lgan mirshab va uning qo’l ostidagilar, suv
ta’minotiga javobgar bo’lgan mirob va uning qo’l ostida ishlaydiganlar kirgan. Mirshab qo’l
ostida yasovulboshi, devonbegi, mahramboshi, mirzalar, dahboshi,shabgard(kechki qorovul),
farroshboshi kabilar bo’lgan. Mirob tasarrufida esa mahram,mirzalar, bakovullar, miroxo’rlar,
suv tarmoqlari nazoratchilari,mahalla, mavze va qishloq oqsoqollari faoliyat yuritganlar.
Amirning ikkinchi vaziri qo’shbegi poyon, ba’zi manbalarda mir poyon deb atalgan bo’lib,
unga yasovulboshi, miroxo’rboshi, xazinachi, mirzalar,bakovulboshi, zakotchilar bo’ysungan.
Miri poyon ularni bevosita o’z nazoratiga olib turgan. Buxoro amiri huzurida yuqori
lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi mansabdorlar ham mavjud bo’lgan.
Amir farmonlarini yetkazuvchi parvonachi, amirga doimo hamroh bo’lib yuruvchi hidoyachi,
amir maslahatchisi va xorijiy mehmonlarni ko’tib oluvchi shig’ovul, amir osoyishtaligi va
tinchligini muhofaza qiluvchi tongotar(tunqator), amirga qaratilgan salom va ta’zimlarni
qabul qiluvchi javobgar salom og’asi, amir dasturxoniga javobgar dasturxonchi, amir safari
chog’ida nomozga chorlovchi imomi jilov, amir safari chog’ida qonun bilan shug’ullanuvchi
mufti jilov, amir maslahatchilari guruhi jam’og’a kabilar shular jumlasidan. Amirga bo’lgan
sadoqati va xizmati uchun alohida shaxslar dodhoh,inoq, to’qsabo,otaliq, eshikog’asi kabi
unvonlarga ega bo’lganlar.
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida amirlikda eng oliy diniy mansab
Do'stlaringiz bilan baham: |