Bog'liq Ozbekiston tarixi UMK -2-kurs - Tarix (DTPI)
Amir Nasrullo o`z hukmronligi davri (
1826-1860 ) da qonxo`r jallod sifatida xalqning
qonini zulukdek so`radi. U amirlikka qarashli barcha viloyat va tumanlarni Buxoro atrofida
mustahkam birlashtirish uchun shafqatsiz qonli urush olib boradi. Amirlikning barcha
mulklari orasida yarim mustaqillikka ega bo`lgan eng kuchli beklik-Shahrisabz bekligi edi.
Shahrisabz kenagaslari mang`it amirlarining o`zaro og`a-inilar kurashib bir-birlarini o`ldirish
bilan band bo`lganliklaridan foydalanib, o`zlarini Buxorodan mustaqil deb e`lon qiladilar.
Darg`azab bo`lgan Nasrullo «o`zboshimcha» kenagaslarning adabini berib qo`yish maqsadida
Shahrisabz ustiga 30 yil mobaynida 32 marta yurish qiladi. Faqat 1856 yilga kelgandagina
kenagaslar qarshiligini yengib Shahrisabz va Kitobni o`ziga bo`ysundira oladi.
Nasrullo askarlari Shahrisabz va Kitob aholisini talab ko`p noma`qulchilik ishlarini
amalga oshiradilar. Amirning o`zi esa Shahrisabz begining qizi-Kenagasoyimni zo`rlik bilan
Buxoroga olib kelib o`ziga xotinlikka oladi.
Xonlikninglarni birlashtirish uchun kelgan ingliz emissarlari Konolli va Stoddartlarni amir
Nasrullo so`ydirtiradi.
Nasrullo bilan Qo`qon xonligi o`rtasidagi munosabatlar yuqorida ta`kidlaganimizdek
tobora o`tkirlaShib bordi. U Qo`qon xonligini bosib olish niyati bilan nafas olardi.
Nasrulloning 1840 yilda Qo`qonga qilgan birinchi yurishi natija bermadi. Qo`qon xonligidagi
ichki o`zaro nizo-janjallardan foydalangan amir 1842 yilda ikkinchi marta bu yerga lashkar
tortib keldi. U ishni dastlab Shahrisabzda turgan Nodirabegimning kichik o`g`li Sulton
Mahmudxonni o`zi bilan birga olib kelib O`ratepaga hokim qilib tayinlaShdan boshladi.
O`sha davrda O`ratepa Buxoro amirligi ixtiyoridagi shahar edi. Mamlakat hayoti uchun
yaqinlashib kelayotgan havfni sezgan Nodirabegim darhol o`g`illari o`rtasidagi ziddiyatlarni
bartaraf qilish uchun amaliy chora-tadbirlar ko`radi. U Ho`jand shahriga borib ikki o`g`lini
murosai-madoraga keltiradi. 1841 yil noyabr oyida Muhammad Alixon taxtdan voz kechib
Sulton Mahmudni o`z o`rniga o`tqazadi. Ammo bu ko`rilgan chora-tadbirlar amir Nasrulloni
1842 yilda Qo`qonga ikkinchi marta lashkar tortib borishiga to`sqinlik qila olmaydi. i.
Nasrullo xon o`rdasiga kirib aka-uka Muhammad Ali va Sulton Mahmudxonni so`ydira. Amir
Nasrulloning qonho`r jallod sifatida nom qozonishining eng yuksak cho`qqisi shu bo`ldikim,
u o`limi oldidan o`z xotinini-Kenagasxoyimni o`ldiradi, og`asi va uning barcha bolalarini
ham qatl etadi. Xullas, amir Nasrullo o`zidan so`ng xalqning qonxo`r jallodi sifatida tarixda
daxshatli iz qoldiradi.
Buxoro amirligi taxti Nasrullodan so`ng uning o`g`li