Anglezit PbSO4. Birinchi marta Anglezi orolida topilgan bo‘lib, nomi shundan kelib chiqqan. Tarkibida: PbO – 73,6%, SO3 – 26,4% bo‘ladi. U rombik singoniyali, tabletkasimon, ba’zan kalta ustunsimon, piramidal qiyofalarda bo‘ladi. Odatda, u rangsiz, shaffof, kul rang, olmosdek yaltiraydi, qattiqligi – 3; solishtirma og‘irligi – 6,4; ulanish tekisligi rombik bo‘yicha mukammal. Qo‘rg‘oshin va boshqa sulfid konlarining oksidlanish zonalarida paydo bo‘ladi. Anglezit galenit sifatida, ulanish tekisligi bo‘ylab oksidlanishi tufayli vujudga keladi: PbSO2.
Do'stlaringiz bilan baham: |