O qo‘shmurodov, B. Shukuriddinov


Birinchi bo‘lim KRISTALLOGRAFIYA



Download 0,63 Mb.
bet4/179
Sana14.01.2022
Hajmi0,63 Mb.
#359757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Bog'liq
Microsoft Word Mineral va petro lat doc-hozir.org

Birinchi bo‘lim KRISTALLOGRAFIYA



281-§. Kristallarning elementlari


«Kristall» so‘zi yunoncha «kristallos» so‘zidan olingan bo‘lib, muz degan ma’noni bildiradi. Kristallarni kristallografiya fani o‘rgatadi. Kristall ko‘p yoqli geometrik shakldagi qattiq jism bo‘lib, uning tarkibini (ion, atom, molekulalar) zarrachalar tashkil etadi. Bu zarrachalar ma’lum qonuniyatga binoan kristall panjarasining tugunchalarida tartibli joylashgan bo‘ladi. Shularga asoslanganda kristall ma’lum qulay kimyoviy va fizik sharoitda hosil bo‘lgan geometrik shakldagi qattiq jismdir.

Tog‘ jinslari orasida uchraydigan tabiiy kimyoviy moddalar – minerallarning 98 foizi kristall tuzilishiga ega, qolgan 2 % amorf holidadir. «Amorf» so‘zi grekcha bo‘lib, «shaklsiz» degan ma’noni bildiradi. Tabiatda uchraydigan amorf moddalarga: opal, xalsedon, aqiq (agat) minerallari va shishasimon massalar misol bo‘ladi.

Kristallarning xili juda ko‘p. Tabiatda uchraydigan kristallarning bir guruhi oddiy, ikkinchisi murakkab shaklda bo‘ladi. Kristallar shakli, simmetriyasi va ularning geometrik tuzilishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha «geometrik kristallografiya» deyiladi. Kristallarning tashqi shakllari 3 xil cheklovchi elementlardan:

yoqlar, qirralar va uchlardan iborat bo‘ladi. Kristallni chegaralovchi tekis yuzalar «kristallning yoqlari» deb ataladi. Kristall yoqlarning o‘zaro kesishishidan hosil bo‘lgan chiziq «kristallning qirrasi» hisoblanadi.


2-rasm. Kristallning cheklovchi elementlari:

a) yoqlari; b) qirrasi d) uchlari.
Qirralar tutashgan nuqta «kristallning uchi» deb yuritiladi (2rasm). Yoqlarning shakllari xilma-xil bo‘lib, quyidagi tiplarga bo‘lingan (3-rasm).

Trigon – teng tomonli uchburchak (a), delta – ikki yoni teng uchburchak (b), skalena – tomonlari teng bo‘lmagan uchburchak (d), tetragon – kvadrat (e), prizmatik yon – to‘g‘ri burchak shaklida (f), romb (g), romboid – qiya burchakli tomonlari teng bo‘lmagan parallelogramm (h), klinogramm – parallel tomonlari bo‘lmagan trapetsoid (j), pentagon – beshburchakli (i), geksagon – oltiburchakli (k). Shu turli tipdagi yoqlarning kombinatsiyasidan har xil geometrik shakldagi kristallar paydo bo‘ladi.



3-rasm. Kristall yoqlarining muhim tiplari.

Masalan, trigonal yoqning to‘rttasida tetraedr shakldagi kristall hosil bo‘ladi. Deltaning uchtasi va trigonal yoqning bittasidan trigonal piramida kiyofasidagi kristall hosil bo‘ladi.

Kristallografiyada ishlatiladigan yunoncha terminlar bor. Ulardan muhimlari: mono – bir, di – ikki, tri – uch, tetra – to‘rt, penta – besh, geksa – olti, okta – sakkiz, deka – o‘n, dodeka – o‘n ikki, edra – yoq, gonia – burchak, sin – o‘xshash, pinakos – taxta, kline – qiya, poli – ko‘p.

Tabiatda uchraydigan kristallarning xilma-xil geometrik shaklda bo‘lishi ularning ichki tuzilishidagi kristall panjarasining shakliga bog‘liqligidir.




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish