Qisqacha xulosalar
Q
ishloq xo‘jaligini rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar asosida mulkchilik munosabatlari shakllanib, barcha tarmoqlar bozor munosabatlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika agrar sohasining barcha tarmoqlarida mahsulot yetishtirish imkoniyatlari kengayib, huquqiy asoslar yaratildi. Islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligini uchta bosqichda rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilib, samarali joriy etildi. Qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlar orasida fermer xo‘jaligi o‘zining iqtisodiy va mahsulot ishlab chiqarish salohiyati bilan ustuvorligini ko‘rsatdi. Fermer xo‘jaligini kelgusida rivojlantirish to‘g‘risida barcha chora-tadbirlar ishlab
chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Qishloqxo‘jaliginirivojlantirishdaislohotlarningzaruriyatiniaytibbering.
Mulkchilikmunosabatlarinishakllantirishtushunchasinima? 3.Qishloqdaiqtisodiyislohotlarnichuqurlashtirishyo‘llarinimalardaniborat?
4.Fermerxo‘jaligi nimauchunustuvordeb tanolindi? 5.Fermerxo‘jaliginirivojlantirishdafan ingvazifasinimalardaniborat? 6.Fermerxo‘jaliginirivojlantirishbosqichlariniaytibbering.
7.Fermerxo‘jaliginirivojlantirishkonsepsiyasiningmohiyativanatijalari nimalardaniborat?
FERMER XO‘JALIGINING TASHKILIY
– HUQUQIY ASOSLARI
Fermer xo‘jaligi tushunchasi, maqsadi, vazifasi, faoliyati va
uning yo‘nalishlari
F
ermer xo‘jaligi – tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik
yurituvchi subyektdir.
Fermer xo‘jaligining maqsadi – qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlarini yetishtirish yo‘li bilan daromad (foyda) olish, o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdir.
Fermer xo‘jaligining vazifalari – ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta’minlash; tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish; mustaqil ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatish; veterinariya qoidalariga rioya qilgan holda, chorva mollarining mahsuldorligini oshirishdan iborat.
Fermer xo‘jaligining faoliyatiga – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek, bozorlarda, shu jumladan, o‘z savdo shoxobchalari orqali sotish; tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish; yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish; faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |