O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev


Fermer xo‘jaliklarining asosiy yo‘nalishlari



Download 1,71 Mb.
bet10/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

Fermer xo‘jaliklarining asosiy yo‘nalishlari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmonida belgilab berilgan: fermer xo‘jaliklari zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi; fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi; yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatga, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi; fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer maydonlari shirkat xo‘jaliklarining balansidan chiqariladi; yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish hamda moddiy-texnika resurslari
va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni faqat fermer xo‘jaliklarning o‘zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzadilar.
Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish ishlari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  1. Mehnat resurslari yetarli bo‘lmagan va yangi sug‘oriladigan yerlar hamda zaxira yerlarda fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.

  2. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ning yerlarida fermer xo‘jaligi tuzish uchun berilgan arizaga binoan, umumiy majlisning qarori bilan ajratiladigan yerlarda fermer xo‘jaliklari tuziladi.

  3. Surunkasiga zarar ko‘rib ishlayotgan istiqbolsiz yoki past rentabelli xo‘jaliklar Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida qayta tashkil etilib, to‘lig‘icha fermer xo‘jaliklariga aylantiriladi.

Fermer xo‘jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo‘lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda, Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan yerlarda kamida 0,45 gektarni, sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 10 gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi.
Yer uchastkalari berilganda, fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) yerning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi.
Fermer xo‘jaligi shu xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi, u fermer xo‘jaligiga tegishli, aloqador mol-mulk ajratib beradi va ustavini tasdiqlaydi.
Fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun uning boshlig‘i belgilangan tartibda yer uchastkasi olishi kerak.
Fermer xo‘jaligi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Fermer xo‘jaligi vakolatli organ
tomonidan davlat ro‘yxatiga olingandan keyin yuridik shaxs maqomini oladi, bank muassasasida hisob-kitob varag‘i va boshqa xil hisob varaqlari ochib, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.




      1. Download 1,71 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish