Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni – mehnat predmeti, ish kuchi va ishlab chiqarish vositalarining birgalikda harakatidan paydo bo‘ladi. Ishchi kuchi deganda mehnatga yaroqli ishchilar tushinilsa, ishlab chiqarish vositalari pul va natura shaklida bo‘ladi. Xo‘jalikda barcha ishlab chiqarish vositalari natura ko‘rinishida va xo‘jalik balansi hisobidagi pul ko‘rinishida bo‘ladi. Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalari xizmat qilish muddatiga qarab asosiy va aylanma fondlarga bo‘linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari – qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan mahsulotga o‘z qiymatini yilma-yil asta-sekinlik bilan o‘tkazib boruvchi
mehnat vositalariga aytiladi. Masalan: transport vositalari, imoratlar, mahsuldor mollar, ko‘p yillik daraxtlar va boshqalar.
Asosiy ishlab chiqarish vositalari xilma-xil bo‘lib, ular doimo harakatda bo‘ladi, ya’ni mehnat vositalari ko‘rinishidan, mahsulot ko‘rinishidan pul firmasiga o‘tib, pul, o‘z navbatida yana mehnat vositalarini tiklash va ko‘paytirish uchun xizmat qiladi. Bunday harakatga fondlarning aylanishi deyiladi.
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarish faoliyatida bir marta qatnashib, o‘z xususiyatini yo‘qotadigan vositalar aylanma fondlar deyiladi (o‘g‘it, yonilg‘i, yem-xashak va hokazolar).
Asosiy fondlar boshlang‘ich, qoldiq va tiklash baholariga ega bo‘lib, boshlang‘ich qiymat asosiy fondlarni tashkil etishdagi haqiqiy sarflangan xarajatlar; qoldiq qiymat – asosiy fondlar qiymatidan yeyilgan qiymat chiqimi; tiklash qiymati – bu mulklarni sotib olib to‘ldirish qiymatidir.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ikki xil: jismoniy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida eskiradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining mahsulotga o‘tgan qiymatini pul formasida ajratish yo‘li bilan to‘planadigan qismiga amortizatsiya fondi deyiladi.
Asosiy vositalarning eskirishini ularning amaldagi eskirish me’yorlari yordamida aniqlash mumkin. Ularning eskirish qiymati amortizatsiya summalari deb ataladi. Asosiy vositalarning eskirish me’yorini belgilab beruvchi amortizatsiya me’yori asosida ularning eskirish qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Bunda:
Аs
Аbq Аn
100
yoki
Аbq Аn ;
As – asosiy vositalarning amortizatsiya summasi (so‘m);
Abq – asosiy vositalarning balans qiymati (so‘m);
An – asosiy vositalarning eskirish me’yori (koeffitsiyentda, yilda).
Amortizatsiya ajratmalarning me’yori asosiy fondlarni tiklash va kapital ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan summalarni hisoblash uchun xizmat qiladi.
Asosiy fondlardan foydalanilganlik uchun amortizatsiya ajratmalari ajratiladi. Bu asosiy fondlardan yil mobaynida foydalaniladi.
Aylanma mablag‘lar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari
Aylanma mablag‘lar deb, bir ishlab chiqarish jarayonida qatnashib, o‘z shaklini to‘la yo‘qotib, o‘z qiymatini butunlay boshqa yangi mahsulotga o‘tkazadigan mehnat buyumlariga aytiladi. Masalan, urug‘lik, o‘g‘it, yonilg‘i, yem-xashak va hokazolar.
Aylanma fondlar ish jarayonida ikki xil bo‘lib, birinchidan, ishlab chiqarish jarayoniga hozircha qatnashmagan, uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlash uchun zaxira mehnat buyumlari; ikkinchidan, ishlab chiqarishda qatnashib, o‘z qiymatini yangi mahsulotga o‘tkazuvchi vositalardir.
Aylanma fondlar aylanishi qancha sekin bo‘lsa, ishlab chiqarish samaradorligi shuncha past bo‘ladi. Fermer xo‘jaliklari uzluksiz ishlashi uchun aylanma fondlari bilan bir qatorda muomala fondlariga ega bo‘lib, muomala fondlariga – realizatsiya qilishdan tushgan pullar, aylanma vositalarini sifatli ishlatish, tashish, saqlash uchun ketadigan xarajatlardan tashkil topadi. Aylanma fondi va muomala fondi birgalashib, fermer xo‘jaligining aylanma mablag‘ini tashkil etadi. Aylanma mablag‘ning 75-80 %i aylanma fondni tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fondlarning balans qiymati har xil narxda baholanganligi tufayli, hozirgi balans bahoga to‘g‘ri kelmay qoladi. Shu maqsadda fondlarni qayta baholash fondlarning tiklash bahosiga qarab amalga oshirilmoqda. Bu baholash usuli rejalashtirilganligi, hisob-kitobni yaxshilash, samaradorlikni aniqlash, amortizatsiyani hisobga olish imkoniyatini beradi.
Aylanma fondlar(vositalar)dan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti – xo‘jaliklardagi aylanma fondlarning bir yil davomida aylanish tezligini ko‘rsatadi. Uning miqdori imkoniyat doirasida birdan yuqori bo‘lgani ma’qul. Shu ko‘rsatkichga asoslangan holda aylanma fondlarning aylanish muddati ham aniqlanadi. Bunda sotilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, ko‘rsatilgan xizmatlarning, bajarilgan ishlarning umumiy qiymatiga, asosiy podaga o‘tkazilgan yosh hayvonlarning qiymatini qo‘shib, undan asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan mablag‘ni ayirgandan so‘ng, qolgan qiymati. Aylanma fondlarni yillik o‘rtacha qoldiq summasiga taqsimlash lozim. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
XAFkk
Bunda:
K – aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti;
Sk – sotilgan qishloq xo‘jalik mahsuloti, bajarilgan ish va xizmatlarning qiymati (so‘m);
YexK – asosiy podaga o‘tkazilgan yosh hayvonlarning qiymati (so‘m); Xs – asosiy podadagi hayvonlarni sotishdan tushgan tushum (so‘m); XAFkk – aylanma fondlarning yillik o‘rtacha qoldiq qiymati (so‘m).
Yil davomida aylanma fondlar(vositalar) aylanishining o‘rtacha davri – bir yildagi kalendar kunlari umumiy sonining (365 yoki 366) aylanish koeffitsiyentiga taqsimlashdir:
Bunda:
Ad
365
K ;
Ad – aylanma fondlarning aylanish muddati, kun.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Fermer xo‘jaligida mahsulot yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi asosiy fondlar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Xo‘jalikda asosiy vositalar yetarli bo‘lmasa, mahsulot hajmi, mehnat unumdorligi pasayib, sarf-xarajatlar keskin oshib ketadi. Agar talab darajasidan ortiqcha bo‘lsa ham, mahsulot tannarxining ortishiga olib keladi. Shuning uchun xo‘jalikdagi mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanishda quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: fond bilan ta’minlanish, fond bilan qurollanish, fond sig‘imi, fond qaytimi, fond rentabelligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |