O‘. P. Umurzoqov, A. J. Toshboyev



Download 1,71 Mb.
bet101/122
Sana21.12.2022
Hajmi1,71 Mb.
#893031
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   122
Bog'liq
9FBmTTiyWWEz0MiqlvuyuDWDc1AaemxXz1EzTsMv

Surxondaryo viloyat fermer xo‘jaligining yalpi mahsulot ko‘rsatkichlari tahlili.
(Mln. so‘m)
sarflangan kishi-kuni, kishi-soatiga yetishtirilgan yalpi mahsulot va yalpi daromad miqdori bilan ifodalanadi.


12.2.1-jadval
Surxondaryo viloyat fermer xo‘jaligining yalpi mahsulot ko‘rsatkichlari tahlili. (Mln. so‘m)



Ko‘rsatkichlar



Yillar

2004-yil 2000- yilga
nisbatan, %

2000

2001

2002

2003

2004



Olingan yalpi 10678,3

16766,6

22570,2

32671,4

51338,1

480,1

daromad
Shu jumladan:
















a) paxtadan

7847,9

11734,7

14918,3

22831,2

36547,7

466,0

b) g‘alladan

2830,4

5032,2

7651,9

9840,5

14790,4

522,6

Jami sarf-xarajat

9605,5

15033,6

18003,8

25972,4

36324,0

378,2

Shu jumladan:



















a) paxtadan

7452,8

11163,5

12183,2

18150,6

25464,0

341,7

b) g‘alladan

2152,7

3870,1

5460,7

7821,8

10860,0

504,5

Jami olingan foyda

1072,8

1733,0

4566,4

6699,0

15014,1

1399,5

Shu jumladan:



















a) paxtadan

395,1

571,2

2735,1

4680,6

11083,7

2805,3

b) g‘alladan

677,7

1162,1

2191,2

2018,7

3930,4

580,0

Rentabellik darajasi

11,2

11,5

25,4

25,8

41,3

30,1 punkt

Shu jumladan:



















a) paxtadan

5,3

5,1

22,4

25,8

43,5

38,2

b) g‘alladan

31,5

30,0

40,1

25,8

36,2

4,7






Mahsulot tannarxi. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarishga va fermer xo‘jaligi faoliyatiga iqtisodiy baho berishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bir yilda yetishtirilgan mahsulotga qancha joriy xarajatlar qilinganligini ifoda etadi. Erkin raqobat amal qilgan bozor iqtisodi sharoitida har bir korxona mahsu- lotining narxi bozor bahosiga katta ta’sir etolmaydi. Ammo yetishtirilayotgan mahsulotga qilinayotgan xarajatlar darajasi, ya’ni mahsulot tannarxi korxona faoliyatiga bevosita bog‘liq. Shuning uchun korxona xarajatlarini kamaytira- digan texnologiyalarni qo‘llash, ekinlar hosildorligining, chorva mahsuldor-
ligining o‘sishini ta’minlash, mahsulot birligiga xarajatlarni kamaytirishga, tannarx pasayishiga va natijada yalpi daromad hamda foyda oshishiga olib keladi.
Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarishning samaradorligini tahlil etishda ishlab chiqarishning asosiy resurslari (omillari) bo‘lgan asosiy va aylanma fondlardan samarali foydalanishni ifoda etuvchi ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin. 1 ga qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerga yetishtirilgan yalpi mahsulot va yalpi daromad, 1 so‘mlik asosiy va aylanma fondlarga yetishtirilgan yalpi mahsulot (fond qaytimi) yoki 1 so‘mlik yalpi mahsulotga to‘g‘ri keladigan fondlar (fond sig‘imi) aylanma fondlarning aylanish koeffitsiyenti va hokazolar.
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni amaliyotda, Surxondaryo viloyati fermer xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish samaradorligini tahlil qilishdan ko‘rib chiqamiz.
Jadval ma’lumotlaridan ma’lumki, 2000-yilda viloyat bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining yalpi mahsuloti 10678,3 mln.so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2004-yilga kelib bu ko‘rsatkich 51338,1 mln.so‘m yoki 480,1 foizga oshdi. Mahsulot ortishi bilan bir paytda sarf xarajatlar kamayib sof foyda 139,9 foizga, paxtachilikda 280,6, g‘allachilikda esa 580 foizga oshdi. Natija xo‘jalikning rentabellik darajasini oshganligini ko‘rsatdi.
Tahlillardan ma’lumki, fermer xo‘jaliklari har bir imkoniyatdan tejamli va oqilona foydalanganligi sababli yuqori samaraga erishgan. Turli mulkchilik munosabatlari asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shirkat va fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
2004-yilda viloyat bo‘yicha paxta hosildorligi 27,7 s/ga bo‘lgan bo‘lsa, shirkat xo‘jaliklarida 26,5 s/ga, fermer xo‘jaliklarida 28,4 s/ga tashkil etib, ilg‘or fermer xo‘jaliklaridan Denov tumanidagi Bahriddin fermer xo‘jaligi 45,1 s/ga, Lochin-40,2 s/ga, tuproq sharoiti og‘ir, suv bilan kam ta’minlangan Qiziriq tumanidagi Qoraqasmoq fermer xo‘jaligi 38,4 s/ga hosil olgan. Demak, ilg‘or xo‘jaliklar viloyat o‘rtachasidan 1,5-2 baravarga gektaridan yuqori hosil olishga erishdi. Bir sentner paxta xomashyosidan olingan daromad viloyat bo‘yicha 21500 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, fermer xo‘jaliklari bo‘yicha 23740 so‘mni, ilg‘or Bahriddin fermer xo‘jaligi 25790 so‘mni tashkil etdi. Bu esa viloyat o‘rtachasiga nisbatan 3,6 ming so‘m ko‘pdir. Rentabellik ko‘rsatkichlari viloyat paxtachiligida 15,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, fermer xo‘jaliklarida 43,5 foizni, Bahriddin fermer xo‘jaligida 95,6 foizni tashkil etdi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, har bir qilingan sarf-xarajat uchun 15,8-95,6 ming so‘m foyda olindi.
12.2.2-jadval.
2004-yilda Surxondaryo viloyat qishloq xo‘jalik subyektlarida mahsulot yetishtirish samaradorligi

Ko’rsatkichlar



Viloyat bo’yicha o’rtacha

Shu jumladan

Shirkat xo‘jaliklari

Fermer xo‘jaliklari

Ilg‘or fermerlar

Bahrid-
din

Lochin

Qoraqas-
moq

Hosildorlik s/ga

Paxtachilik

27,7

26,5

28,4

45,1

40,2

38,4

G‘allachilik

38,0

36,3

41,1

91,0

89,7

63,0

Mahsulot tannarxi, 1 s so‘mda

Paxta xom- ashyosi
Don

Paxta xom- ashyosi





18560

19750

16450

13320

13480

14080

7200

8100

6410

5130

5148

5490

21500 20300 23740 25790 2556 24006



Don 8370 7870 8730 9830 9728 91310

K2940

K550

K7200

K12470 K11770

K9926

-170


-397


K2320


K4700 K4580



K3641




1 k.ni sotish- dan olingan foyda (K) Ko‘rilgan zarar (-)




Rentabe

llik (K) yok

i zarar (-) darajasi (%

)




Paxtachilik

K15,8

K2,8

K43,5

K95,6

K87,3

70,5

G‘allachilik

-2,3

-4,9

K36,2

91,6

89,0

66,3




Shunday qilib, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq xo‘jalik subyektlaridan eng yuqori samaraga erishgan xo‘jalik shakli fermer xo‘jaligi ekanligi amaliyotda o‘z tasdig‘ini ko‘rsatdi.

    1. Foyda va rentabellik

Foyda va foydalilik – barcha korxonalar kabi fermer xo‘jaligi korxonalari faoliyatining eng asosiy va yakuniy ko‘rsatkichidir.

Hozir amalda qo‘llanilayotgan Nizomga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati moliyaviy natijalarini shakllantirishda foydaning quyidagi ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi:

  1. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda. Bu mahsulotlarni (ishlar, xizmatlar) sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.

YAF=SST-It;
Bunda: YAF yalpi foyda;
SST – Sotishdan olingan sof tushum;
It – Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.

  1. Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda. Bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plus qo‘shimcha asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi.

AFF=YAF-DX+BD-BZ
Bunda: AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar.


  1. Download 1,71 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish