Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Haqiqiy a qiymat berilgan. Uchta ko‘paytirish amali yordamida a8 hisoblansin.
Berilgan x uchun quyidagi ifodaning qiymati hisoblansin.
Berilgan ikki (x1, y1) va (x2, y2) nuqtalar orasidagi masofa aniqlansin.
Amaliy mashg’ulot №2. Mavzu:Tarmoqlanuvchi algoritmlar
Mashg’ulot maqsadi: Asosiy algoritmik strukturalardan biri bo’lgan tarmoqlanuvchi algoritmik jarayon xususiyatlarini o’rganish, tarmoqlanuvchi algoritmlar tuzish malakasini mustahkamlash.
Nazariy qism: Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga harab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga harab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.
2.1-rasm. Tarmoqlanishning umumiy ko‘rinishi
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, r-berilgan shart. Agar shart bajarilsa, "ha" tarmoq bo‘yicha a amal, shart bajarilmasa "yo‘q" tarmoq bo‘yicha b amal bajariladi.
Amaliy qism: Tarmoqlanuvchi algoritmga tipik misol sifatida quyidagi sodda misolni haraylik.
Berilgan x, y, z sonlari ichidan eng kichigi aniqlansin. Berilgan x, y, z sonlardan eng kichigini m-deb belgilaylik. Agar x bo‘lib, x shart bajarilsa, m=x bo‘ladi, aksincha x>z shart bajarilsa, m=z bo‘ladi. Agar x>y bo‘lib, y shart bajarilsa, m=y bo‘ladi, aksincha y>z shart bajarilsa, m=z bo‘ladi. Bu fikrlar quyidagi blok - sxemada o‘z aksini topgan. Bu blok–sxemada tarmoqlanish strukturasidan 3 marta foydalanilgan.
2.2-rasm. Berilgan x, y, z sonlari ichidan eng kichigini topish algoritmi
Ko‘pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog‘idan bittasining, ya’ni yoki «ha» yoki «yo‘q» ning bajarilishi yetarli bo‘ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
1. Aylananing yuzasi S va kvadratning yuzasi R berilgan. Kvadratning aylanaga sig‘ish yoki sig‘masligi aniqlansin.
2.
3. Berilagan uchta a, v, s- sonlardan foydalanib tomonlarining uzunliklari shu sonlarga teng bo‘lgan uchburchakning mavjudligini aniqlang va shunday uchburchakni qurish mumkin bo‘lsa uning yuzasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |