O. O. Hoshimov, S. S. Saidahmedov elektr yuritma asoslari


Berilgan tezlikda mo‘tadil ishlashi



Download 278,3 Kb.
bet38/96
Sana24.03.2022
Hajmi278,3 Kb.
#507861
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96
Bog'liq
elektr yuritma qo\'llanma

4. Berilgan tezlikda mo‘tadil ishlashi yuklama momentini berilgan og‘ishida aylanish tezligining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi va u mexanik tavsifning qattiqligiga bog‘liq tavsif qancha qattiq bo‘lsa, shuncha yuqori bo‘ladi. Agarda tezlik rostlanayotganda tavsif qattiqligi o‘zgarsa, u holda tezlikning berilgan qiymati atrofida tebranishi ham o‘zgaradi.
5. Tezlik rostlanayotgandagi yo‘nalish, ya’ni tezlikning asosiy tezlikka nisbatan ortishi yoki kamayishi rostlash turiga bog‘liq. Asosiy tezlik kuchlanish va magnit oqimining nominal qiymatlariga mos keladi. Bu tezlik, dvigatel zanjirlarida hech qanday tashqi qarshilik bo‘lmaganda olinadi, ya’ni w ning asosiy nuqtasi tabiiy mexanik tavsifda bo‘ladi. O‘zgarmas tok dvigateli tezligi yakor zanjiridagi qarshilikni o‘zgartirish orqali rostlanadi. Dvigatel rejimida bir xil yuklamada dvigatel tezligi qarshilikni oshirganda kamayadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, qarshilikni o‘zgartirib (kiritib) rostlash asosiy tezlikka nisbatan faqat pastga qarab amalga oshiriladi. Bunga teskari ravishda magnit oqimini kamaytirib rostlash esa normal yuklamalarda tezlikning ortishiga olib keladi, ya’ni bu holda rostlash asosiy tezlikdan yuqori tezlikka tomon amalga oshiriladi.
125
6. Dvigateldagi joiz yuklama tezlikni rostlash turiga bog‘liq. Tezlikka nisbatan yuklama momentining o‘zgarishi turli sanoat mexanizmlari uchun turlichadir. Masalan, ko‘p mexanizmlar o‘zgarmas momentda tezlikni rostlashni talab etadi. Bunday mexanizmlarga ko‘tarma kranlar, prokat stanlari kiradi. Masalan, tokarlik dastgohida tezlikni rostlash quvvat o‘zgarmagan holda amalga oshirilishi kerak. Ba’zi mexanizmlarda mahsulotga ishlov berish jarayonida chiziqli tezlikni (yoki kesish tezligini) o‘zgarmas holda saqlab turish talab etiladi. Bu sharoitda kesish tezligining kuchga ko‘paytmasi o‘zgarmas quvvatni beradi.
Prinsipial jihatdan mos ravishda dvigatel quvvatini tanlash bilan (katta quvvatdagi dvigatel tanlab) tezlik rostlanayotganda quvvat yoki yuklama momentini har qanday o‘zgarishini ta’minlash mumkin. Lekin bu holda dvigatel tezligini rostlash tejamsiz bo‘lishi mumkin. Chunki dvigateldan turli tezliklarda bir xilda foydalanib bo‘lmaydi va ishlayotganda bir xil tezlikda dvigatel to‘la yuklanmagan bo‘lib qoladi.
Dvigatelning to‘la yuklanmasligi dvigatelni ishlatish (foydalanish) ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Chunki dvigatelning FIK kamayadi, o‘zgaruvchan tokda esa bundan tashqari quvvat koeffitsiyenti ham kamayadi. Shuning uchun iloji boricha dvigatel barcha tezliklarda to‘la yuklangan rostlash usulini tanlash kerak.
Dvigateldagi joiz yuklama uning qizish darajasi bilan cheklanadi. Qizish darajasi o‘z navbatida dvigateldagi energiya sarfiga bog‘liq bo‘lib, bu sarf asosan dvigateldan oqayotgan tok bilan aniqlanadi.
Agar barcha tavsiflarda ishlayotganda tokning qiymati dvigatelning nominal toki qiymatiga teng bo‘lsa, bu holat dvigatelni barcha tezliklarda to‘la yuklanganligini ko‘rsatadi.
126
Rostlash tavsifida ishlayotganda, joiz yuklama, tokning nominal
qiymati bilan aniqlanadi va turli rostlash usullari uchun turlicha bo‘ladi.
Misol tariqasida mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelini
ko‘rib chiqamiz. U ikkita rostlash zonasiga ega. Birinchi zonada
rostlash o‘zgarmas momentda amalga oshiriladi. Haqiqatda agar
rostlash dvigatelning o‘zgarmas magnit oqimida bosh zanjirdagi
qarshilikni yoki kuchlanishni o‘zgartirish natijasida amalga oshirilsa, u
holda tokning nominal qiymatida moment o‘zgarmas bo‘lib qoladi
(3.3- rasm), chunki.
M = KФnIn = const.
Bu zonada dvigatel o‘qidagi quvvat tezlikka proporsional bo‘lgani
uchun chiziqli qonuniyat bilan o‘zgaradi:
P2 = Mw.
Ikkinchi zonada esa dvigatel tezligi magnit oqimini kamaytirish
natijasida oshirilganligi uchun rostlash o‘zgarmas quvvatda amalga
oshiriladi. (3.3- rasm).
Bu holatda tok o‘zgarmay nominal qiymatga ega bo‘lganda
magnit oqimi tezlik oshishi bilan giperbola qonuniyati asosida rostlash
kerak bo‘ladi, ya’ni
U I R A
K
Ф n n .

w w
= =
Shunday qilib, momentning tezlikka bog‘liqligi ikkinchi zonada
quyidagicha bo‘ladi:
127
A М K I n .

w
= =
Bu yerdan ikkinchi zonada quvvat o‘zgarmas qiymatga ega ekanligi
ma’lum bo‘ladi:
A P М 2 const.
w
w
= = =
Boshqa rusumdagi dvigatellarning tezligini rostlashda joiz yuklama
shu kabi aniqlanadi. Lekin ventilyatorli yuklama momentiga ega
bo‘lgan yuritmalarda dvigatel kichik tezliklarda to‘la yuklanmaydi. Bu
yuritmalar tezligini rostlashda tezlik ortishi bilan moment ham orta
boradi. Shuning uchun, bunday yuritmalarda yuklama bo‘yicha
dvigatel quvvatini eng katta tezlik uchun tanlanadi. Qolgan barcha
(kichik) tezliklarda dvigatel to‘liq yuklanmay qoladi.

Download 278,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish