I bob. ELEKTR YURITMA MEXANIKASI 1.1. ELEKTR YURITMA MEXANIK QISMINING DINAMIK MODELI, FUNKSIONAL SXEMASI VA ASOSIY ELEMENTLARI 18
Elektr yuritmaning mexanik qismini «qattiq» mashinaning dinamik modeli sifatida qarash mumkin. Bunda modelning hamma zvenolari harakat jarayonida sezilmaydigan darajada ezilganligi bois, bu ezilishni hisobga olmasa ham bo‘ladi; kinematik juftliklar lyuft va oraliqlarga ega emas, ya’ni ularning harakatini aniqlaydigan golanom bog‘lanish tenglamalari ideal holatga mos keladi.
Mexanikada golanom bog‘lanishlar deb elementlar tezliklari nisbatlari berilganda ularning tenglamalari elementlar harakati orasidagi nisbatlarni ko‘rsatadigan bog‘lanishlarga aytiladi. Bu holda bog‘lanish tenglamalari integrallanadi.
Bu yerda individual yuritma ko‘rib chiqilayotgan bo‘lganligi uchun bunday bikr mashinaning dinamik modeli bitta erkinlik darajasiga ega bo‘ladi. Yuritmaning mexanik qismida real kinematik bog‘lanishlar va juftliklarning deformatsiyasi hamda turli titrashlarga va umumiy tebranishlarga sabab bo‘ladigan potensial energiyaning taqsimlanishi yuz beradi. Bu tebranishlar ayrim zvenolarda qo‘shimcha dinamik yuklamalarga
19
1.1- rasm. Elektr yuritma mexanik qismining funksional sxemasi:
M — dvigatel, UM1 va UM2 — ulanish muftalari; UQ — uzatish qurilmasi (reduktor); IO — ijrochi mexanizmning ish organi.
olib keladi va ijrochi mexanizmning aniq ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi.
Elektr yuritma mexanik qismining funksional sxemasini o‘rganish, bikr mashinaning dinamik modeli kinematikasini aniqlashga va ayrim elementlari hamda bog‘lanishlari parametrlarini aniqlashga yordam beradi.
Masalan, 1.1-sxemada dvigatel M energiyani elektromexanik o‘zgartgichi bo‘la turib, o‘zining bikr qo‘zg‘aluvchi mexanik qismlari, ya’ni, aylanuvchi yakorga (o‘zgarmas tok mashinalari uchun) yoki rotorga (o‘zgaruvchan tok mashinalari uchun) ega. Bu element inersiya momenti J¶, burchak tezlik w¶ va elektrmagnit moment M¶ bilan tavsiflanadi. Aylanmas harakatdagi ijrochi mexanizmning qo‘zg‘aluvchan bikrlikka ega bo‘lgan ish organi IO inersiya momenti Jm, burchak tezlik wm va moment Mm bilan tavsiflanadi.
Ilgarilama harakatda ish organ M massa, V chiziqli tezlik va F kuch bilan tavsiflanadi.
20
1.2- rasm. Uzatish qurilma turlari:
a — reduktor; b — tishli-reykali uzatma; d — krivoship-shatunli mexanizm; e — yuk ko‘tarish barabani; f — vint-tebranma gayka uzatmasi.