1.3. QARSHILIK MOMENTLARI, INERSIYA MASSALARI, QAYISHQOQ MOMENTLAR VA DISSIPATIV KUCHLAR MOMENTINI BITTA O‘QQA KELTIRISH Momentlar va qarshilik kuchlarini keltirish. Zamonaviy elektr yuritmaning rivojlanish tendensiyasi ma’lum darajada reduktorsiz tizimlardan foydalanishga bog‘liq. Bu elektromexanik tizim kinematikasini soddalashtiradi va elektrlashtirilgan agregat ishonchliligini oshiradi.
Barcha tadqiqot va hisoblarda odatda elektr yuritmaning umumlashtirilgan matematik modelidan foydalaniladi. Bunday masalalarni yechishda kerak bo‘ladigan elektr yuritma mexanik qismining dinamik modelini tuzishning asosiy prinsiplari 1.1 da keltirilgan. Bunday modellar keltirilgan tizimdan foydalanish asosida tuziladi.
Agar elektr yuritmaning mexanik qismi bikrlikka ega bo‘lgan mexanik zvenolardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda elektr dvigatel, uzatish qurilmasi va ish mexanizmining soddalashtirilgan modeli dvigatel o‘qining aylanish tezligi bilan aylanayotgan yakka keltirilgan mexanik tizim yoki ish mashinasining ijrochi elementi bilan almashtirilishi mumkin. Keltirilgan tizimni olish uchun harakatlantiruvchi momentlar, qarshilik momentlari va inersiya massalari shunday ravishda
33
qayta hisoblanishi kerakki, birlamchi tizimning kinematik va dinamik
xususiyatlari saqlanib qolsin. Bunda ikkita holatni ko‘rish mumkin: bir
turdagi harakatni tezligining qiymati boshqacha bo‘lgan shunga
o‘xshash harakatga keltirish; bir turdagi harakatni boshqa turdagi
harakatga keltirish (masalan, aylanma harakatni chiziqli harakatga
keltirish).
Tizimni keltirish jarayoni eng avval momentlarni (kuchlarni) keltirishni
ko‘zda tutadi. Bunda masalani soddalashtirish maqsadida uzatish
mexanizmidagi quvvat isroflarini hisobga olmaymiz. U holda kinetik
energiyani saqlanish qonuniga asosan dvigatel va ish mashinasining
ijrochi organi o‘qlaridagi quvvatlarning tengligini quyidagicha
yozamiz:
Mqw¶ = Mmwm.
bu yerda: Mq — dvigatel o‘qiga keltirilgan statik moment; Mm —
mexanizm o‘qidagi statik qarshilik momenti; w¶ va wm — dvigatel va
mexanizm o‘qlarining burchak tezligi.
Bundan quyidagini olamiz:
Mq = Mm(wm /w¶) = Mm j-1, (1.3)
bu yerda: j — uzatish qurilmasining uzatish soni.
Uzatish qurilmasida bir nechta j, ..., jn uzatish soniga ega bo‘lgan
uzatishlar bo‘lganda
n i i М М j 1
q m
1
.
=
(1.4)
34
Ilgarilama harakatda
Fq = Fm(vm / vg).
Agar ish organi ilgarilama harakatda, dvigatel esa aylanma harakatda
bo‘lsa, u holda elektr yuritma elementlarining ilgarilama va aylanma
harakatlar quvvatlarining tengligidan kelib chiqqan holda
Mq = Fm(vm/wa), (1.5)
bu yerda: vm — ish organi siljishining tezligi, m•s-1; w¶ — dvigatel
o‘qining burchak tezligi, rad•s-1.
Yuqoridagilarga o‘xshash holda elektromexanik tizimning har
qanday o‘qiga moment va kuchlarni keltirish formulasini olish
mumkin.