2.6. MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI O‘ZGARMAS TOK DVIGATELI MAYDONI KUCHSIZLANGANDAGI MEXANIK TAVSIFLARI Dvigatellar asosan nominal magnit oqimida ishlaydi, ya’ni mashina
to‘yinishga yaqin bo‘lib, uning magnit oqimini oshirib bo‘lmaydi.
Chunki bunda qo‘zg‘atish chulg‘amida kuchlanish ortishi va u
94
qizishi mumkin. Dvigatel magnit oqimini faqat kamayish tomonga
o‘zgartirish mumkin.
Dvigatelning rostlash imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida
ko‘pincha magnit oqimi kamaytiriladi.
Magnit oqimi nominal qiymatidan farqli bo‘lgan Fx uchun
U = Unom= const holatda dvigatelning mexanik tavsiflarining
tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
E E M U R C C C M M 2 ox x
x x
.
w= - = w - b
Bu tenglamadan ko‘rinib turibdiki, maydonning har bir Fx < Fnom
qiymatiga ideal salt yurish tezligi mos keladi va mexanik tavsiflarning
qiyalik koeffitsiyentlarining bx qiymati to‘g‘ri keladi. Bunda Fx
kamayishi bilan wox va bx ning qiymatlari ortadi.
Oqimning Fnom qiymatida tabiiy mexanik tavsifdagi tezlikning
og‘ishi:
x M C R C U M M 2
E ya 0
q o q q 2 q
w
Dw = w - w= =
(2.46)
Oqim Fx bo‘lgandagi sun’iy tavsif uchun
x M C R C U M M 2
E ya 0
q ox x q q 2 q
w
Dw = w - w = =
(2.47)
bo‘ladi, bundan
95
x 2
0
х q
0
w
w
Dw = Dw
(2.48)
Shunday qilib, oqim kamaytirilganda tezlikning tushishi ideal salt
yurish tezliklari nisbatining kvadratiga mutanosib ravishda ortar ekan.
Endi dvigatelning elektromexanik va mexanik tavsiflarini oqimning
turli qiymatlarida ko‘rib chiqamiz.
2.14- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelning magnit oqimini
kamaytirilgan holatidagi mexanik va elektromexanik tavsiflari.
]Agarda F1 = Fnom bo‘lsa yakor toki va momenti uchun mos
masshtablar tanlanadi. Bu holda elektromexanik va mexanik tavsiflar
ustma-ust tushadi (2.14- rasmdagi 1 to‘g‘ri chiziq). Yakordagi tok
Iq.t. tezlik w = 0 bo‘lganda Iq.t.= UR-1 bo‘lganligi uchun Iq.t. qiymati
magnit oqimi qiymatiga bog‘liq emas. Bundan kelib chiqadiki, magnit
oqimlar F2 < F1 F3 < F2 bo‘lganida dvigatelning elektromexanik
96
tavsiflari 2, 3 punktir chiziqlarda tasvirlanganidek bo‘ladi hamda ularga
mos keladigan mexanik tavsiflar 2 va 3 chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Bu yerda quyidagini e’tirof etish mumkin:
Ф F М С Ф I С 2 Ф I М q.t.2 М 2 q.t. М nom q.t. 2 q.t.1
nom
= = = j
shunga o‘xshash
Mq.t.3 = j3Mq.t.1,
bu yerda: j2 va j3 —kamaytirilgan magnit oqimlarining nisbiy qiymatlari.
Har qanday ikkita mexanik tavsif kesishish nuqtasiga ega. Kesishish
nuqtasining chap tomonida joylashgan statik moment qiymatlarida
(masalan, M1) magnit maydonining kamayish, dvigatel tezligining
ortishiga olib keladi (mexanik tavsifdagi A, B va C nuqtalar). Agar
yuklama momentining qiymati kesishish nuqtasining o‘ng tomonida
joylashgan bo‘lsa, u holda magnit oqimining kamayishi dvigatel
tezligining pasayishiga olib keladi (a, b va c nuqtalar). (2.45) tenglamaga
muvofiq mashina magnit oqimining kamayishi ideal salt yurish tezligini
ko‘paytiribgina qolmay, balki yakor tokining ortishi hisobiga
momentning bir xil qiymatida tezlikning statik tushishiga olib keladi.
Normal dvigatellar uchun mexanik tavsiflarning bir-biri bilan kesishish
nuqtasi odatda katta toklarda amalga oshadi. Lekin ko‘pgina
zamonaviy mashinalarda tok bo‘yicha o‘ta yuklanish oshirilgan.
Zamonaviy mashinalar uchun magnit oqimining pasayishidagi tezlik
bo‘yicha rostlash turlicha bo‘ladi. Masalan, 2P rusumidagi mashinalar
uchun u (1,5—3,0) wnom ni tashkil etadi. Shu bilan birga oqim
97
bo‘yicha keng rostlash diapazoniga ega bo‘lgan maxsus mashinalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular tezlikni (5—10) wnom gacha oshirishi mumkin. Masalan, ДШД rusumli mashina (5—50) kW quvvat diapazonida 500 ayl/min nominal tezlik bilan aylansa, oqimni pasaytirib uning tezligini 5000 ayl/min gacha ko‘tarish mumkin.
2.15- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelning magnit oqimi pasaytirilgandagi mexanik tavsiflari.
Magnit oqimini kamaytirib olingan mexanik tavsiflar to‘plami 2.15- rasmda keltirilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, magnit oqimi kamaytirilganda bir tavsifdan ikkinchi tavsifga o‘tish dvigatelni generator rejimiga o‘tkazib energiyani tarmoqqa qaytarish bilan olib boriladi (eDS va CBa siniq chiziqlar).
98