4.4. ASINXRON DVIGATELLARNING MEXANIK TAVSIFLARI Tarmoq kuchlanishi o‘zgargan holatdagi tavsiflarni ko‘rib chiqamiz. (4.3) ifodadan ko‘rinib turibdiki, Iў2 tok qo‘yilgan kuchlanishga to‘g‘ri proporsional, moment esa (4.9 ifodaga e’tibor bering) kuchlanishning kvadratiga to‘g‘ri proporsional.
Bu mexanik tavsiflarni kuchlanishning turli qiymatlarida qurish imkonini beradi (4.2- rasm), (4.11) dan ko‘rinib turibdiki, kritik sirpanish Sk o‘zgarmay qoladi. Chunki u kuchlanishga bog‘liq emas. Kuchlanish 0,7 Unom gacha pasayganda kritik moment, nominal rejimdagi momentning 49% ini tashkil etadi. Amalda esa dvigatel ishga tushirilayotganda
4.2- rasm. Ta’minot kuchlanishi turlicha bo‘lgan asinxron dvigatelning mexanik tavsiflari.
ishga tushirish toki katta bo‘lgani uchun kuchlanish bundan ham kamroq bo‘ladi. Bu esa tarmoq ta’minot liniyasi uzun bo‘lganda yoki katta mashinalarning quvvati ta’minlovchi transformator podstansiyasi quvvatiga yaqin bo‘lganda AD normal ishga tushirish hisoblarini to‘g‘ri bajarishni taqazo etadi.
159
Shu sabablarga ko‘ra sanoat elektr tarmog‘i kuchlanishini nominalga nisbatan ±10% o‘zgarishiga ruxsat beriladi.
Ayniqsa, foydalanish shartlariga muvofiq yuklama ostida ishga tushiriladigan yuritmalar (transportyor, yuk ko‘tarish qurilmalari, konvertor va boshqa mexanizm yuritmalari) uchun kuchlanishning pasayishi xavflidir. Masalan, yuklamasiz ishga
4.3- rasm. Asinxron dvigatelning nominal yoki pasaytirilgan kuchlanishdagi yoki statorga aktiv (rqo‘sh) va reaktiv (Xqo‘sh) qo‘shimcha qarshiliklar ulangan holatidagi mexanik tavsiflari.
kuchlanishning pasayishi xavflidir. Masalan, yuklamasiz ishga tushirganda (salt yurish) transportyorning statik momenti (0,2—0,3) Mnom qiymatdan ortmaydi. Agar transportyor yuritmasi to‘la yuklanish bilan ishlayotganda o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa, kamaytirilgan kuchlanish bilan qayta ishga tushirilayotganda Ms » Mnom ga teng bo‘lgan momentni bartaraf etishi kerak.
Katta quvvatli asinxron mashinalarni ishga tushirish tokini chegaralash yoki asinxron yuritmani ravonlik bilan ishga tushirish uchun stator zanjiriga aktiv yoki induktiv qarshilik kiritib ishga tushiriladi va bu
160
qarshiliklar ishga tushirish oxirida zanjirdan chiqarib tashlanadi (4.3-
rasm).
Bunday sxemalarning o‘ziga xos xususiyatlari dvigatelga qo‘yilgan
kuchlanishni taxminiy qiymatiga bog‘liqligidadir.
Aktiv qarshilikning ulanishi yuritma ishga tushirayotganda quvvat
koeffitsiyentini birmuncha oshirsa ham, reaktor yordamida ishga
tushirishga nisbatan energiya isrofini ko‘paytiradi.
Yuqori quvvatli elektr dvigatellari uchun iqtisodiy jihatdan arzon
bo‘lgan «chastotali» ishga tushirish qo‘llanadi. Bu maqsadda
dvigatelni ishga tushirayotganda chastotani ravon o‘zgartiradigan,
ya’ni w0 ni o‘zgartiradigan maxsus o‘zgartkich qo‘llaniladi. Shu
bilan bir vaqtda kuchlanish ham pasaytirilib ishga tushirish toki ham
chegaralanadi.