Elektrodinamik tormozlash. Elektrodinamik tormozlash (dinamik) rejimida dvigatelning yakor zanjiri tashqi tomrozlash rezistori Rtr ga ulanadi (2.8- rasm, a), qo‘zg‘atish chulg‘ami esa magnit oqimini saqlab qolish maqsadida tarmoqqa ulangan holda qoladi. Dvigatel yakori tarmoqdan uzilgan bo‘lsa ham, u aylanish yo‘nalishini saqlab qoladi hamda EYK yakordagi tok (moment) yo‘nalishini o‘zgartiradi va tormozlovchi bo‘ladi:
ITR = -E/R =-CEФnomw/R, (2.31)
80
2.8- rasm. Dvigatelning dinamik tormozlash rejimidagi elektr
sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b).
bu yerda: R = RYa + RTR. Bu holda yuritmaning mexanik qismida
to‘plangan kinetik energiya (reaktiv statik moment) yoki potensial
energiya (aktiv statik momentda, masalan, yukni tushirayotganda)
issiqlikka aylanib, yakor zanjiridagi qarshilik R ni qizdirib, issiqlik sifatida
tashqariga chiqib ketadi.
Bu rejim uchun mexanik tavsif tenglamasi 2.20 tenglamadan U = 0
deb olinadi:
E M R K K w= - M.
(2.32)
Tenglama (2.32) yordamida hisoblangan tavsiflar R = var, bo‘lganda
koordinata boshida to‘plangan to‘g‘ri chiziqlar kabi bo‘ladi. Bu
tavsiflar ikkinchi va to‘rtinchi kvadrantlarda joylashadi.
Yuritmani dvigatel rejimidan bunday tormozlash rejimiga o‘tkazish
jarayoni 2.8- rasm, b da ko‘rsatilgan. Dvigatel avval wq tezlik va Mq
moment bilan 1-nuqtadan boshlab ishlayotgan edi. Yakorni tarmoqdan
81
uzib tormozlash qarshiligiga ulangandan so‘ng yuritma boshlang‘ich moment M2 bilan 2- nuqtaga o‘tadi. Shundan so‘ng tezlik kamayishi bilan tormozlash momenti MTR ham nol qiymatiga intila boradi.
Aktiv statik moment bo‘lganda (qarshilik momenti) dinamik tormozlash jarayoni 2.7- rasmdagi 2—3—0 chiziq bilan tavsiflangan.
Yukni tushirish paytida aktiv statik moment bo‘lib, dvigatel wq tezlik bilan aylanib tarmoqqa energiya berish rejimida (tormozlash) ishlaydi (1- nuqta).
Agar dvigatel yakorini 2—3—0 tipidagi dinamik tormozlash mexanik tavsifida tashqi rezistor RTR ga ulansa, u holda dvigatel tavsifidagi 2- nuqtaga o‘tadi. Bu holda wq< 0 bo‘lgani tufayli yakor toki va dvigatel momenti M2 noldan katta bo‘ladi. M2 > Mq bo‘lganligi uchun aylanish w1q tezlikkacha sekinlashadi. Natijada yuk dinamik tormozlash mexanik tavsifidagi 3- nuqtaga mos keladigan | w1q | < | wq | yangi o‘rnatilgan tezlik bilan tusha boshlaydi.
Agar rezistor RTR qarshiligi kamaytirilsa, yukni tezlik | wIIq | < | w1q | da tushirish mumkin.
Reaktiv va aktiv qarshilik (statik) momentidagi rejimlarning bir-biridan farqi reaktiv qarshilik momenti bo‘lganda tormozlash jarayoni yuritmani to‘la to‘xtagunicha amalga oshiriladi. Aktiv qarshilik momenti bo‘lganda esa, o‘rnatilgan harakat tezligi w1q gacha amalga oshiriladi. Shuning uchun mexanizmni to‘la to‘xtatish uchun elektrodinamik tormozlash oxirida maxsus tormozlash qurilmasini qo‘llab mexanik tormozlashga o‘tiladi.