Mexanik tavsiflarning umumiy xususiyatlari. Dvigatelning hamma mexanik tavsiflarini to‘g‘ri burchak (dekart) koordinatalar tizimining to‘rtta kvadrantida tasvirlash mumkin. Birinchi kvadrantda yakorning musbat
77
2.6- rasm. Dvigatelni ishga tushirish diagrammasi.
yo‘nalishda aylangan dvigatel rejimidagi mexanik tavsiflari, uchinchi
kvadrantda esa reverslashdagi dvigatel rejimi moment va burchak tezligi
teskari ishora bilan joylashadi. Oxirgi tavsiflarni quyidagi formula bilan
hisoblab chiqish mumkin:
E R K M 0 2 w= - w - .
(2.28)
Energiyani tarmoqqa qaytarib generator (rekuperativ) tormozlash,
dinamik tormozlash va teskari ulash rejimida tormozlash tavsiflari
ikkinchi va to‘rtinchi kvadrantlarda joylashadi.
Energiyani tarmoqqa qaytarib (rekuperativ) tormozlash.Bu rejim
dvigatelni dvigatel rejimida ishlayotganda mexanizm harakatga
(dvigatel aylanishiga) qarshilik ko‘rsatmaydigan hollarda mavjud
bo‘ladi.
Bunda momentlar yig‘indisi ta’siri ostida elektr yuritma tezlanishi
ortadi (tezlanadi), natijada dvigatelning EYK ortadi (2.27) tenglama bilan
aniqlanadigan tok qiymati esa kamayadi. Dvigatel burchak tezligi salt
yurish tezligi w0 ga yetganda EYK ning qiymati tarmoq kuchlanishi
qiymatiga, tok esa nolga teng bo‘ladi:
I = (U -KEw)/R = 0. (2.29)
78
Statik (qarshilik) momenti ta’siri ostida dvigatel tezligi ortib boradi (w > w0), natijada uning EYK tarmoq kuchlanishidan katta bo‘ladi, shuning uchun:
I = (U - KEw)/R = (U-E)/R < 0. (2.30)
Shunday qilib dvigatel momenti o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, ya’ni, harakatlantiruvchi emas, balki tormozlovchi bo‘lib qoladi. Tezlikning o‘rnatilgan holatiga statik moment va dvigatelning tormozlash momenti o‘zaro muvozanatda bo‘lganida erishiladi. Bu holda elektr mashina mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib, tarmoqqa beradigan generatorga aylanadi.
Amalda bunday tormozlash ko‘tarish — transport qurilmalarida qo‘llaniladi. 2.7- rasmda dvigatelning mexanik tavsiflari tasvirlangan va yukni Mq momenti bilan tushirayotganda uni teskari aylanishi ko‘rsatilgan.
Yukni tushirish jarayonining boshlanishida M ni chegaralash uchun yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritiladi. Shundan so‘ng dvigatel tabiiy mexanik tavsifga o‘tkaziladi. Tezlik Mq ning o‘rnatilgan qiymatidan w0 tezlikdan ozgina kattaroq
79
2.7- rasm. Ko‘tarish mexanizmi yuritmasining rekuperativ tormozlash rejimidagi mexanik tavsiflari.
bo‘ladi. Shuning uchun yukni tushirishdagi bunday tormozlash rejimida tezlik yukni ko‘tarishdagi tezlikdan kattaroq tezlikda amalga oshiriladi.