Teri gigiyenasi.
Terini toza tutish sog‘lom bo‘lishning asosiy sharti hisob
lanadi. Chunki teri kirlanganida o'lik epidermis hujayralari ter va yog‘ bezlari
yo‘lini to‘sib q o lad i. Kirlangan terida mikroorganizmlar ko‘payishi
uchun sharoit
tug‘iladi. Muntazam yuvinib turmaydigan odamning 1 cm
2
terisi yuzasida 40
mingtagacha mikrob bo‘ladi. Ulardan ayrimlari kasallik paydo qilishi mumkin.
Faqat issiq suvda sovunlab yuvinish orqali to‘planib qolgan mikroblar va ular
ishlab chiqaradigan zaharli moddalardan xalos bo‘lish mumkin.
Soch gigiyenasi.
Soch va tirnoqlar terining shox qavatidan hosil bo‘ladi.
Sochga quyosh nuri va harorat ta’sir qiladi. Oftobda bosh kiyimisiz yurish soch
rangi va yog‘ bezlari funksiyasiga ta’sir qiladi. Quyosh nuri va shamol ta’sirida
soch quruq va mo‘rt bo'lib, boshda qazg'oq paydo bo‘ladi.
Qish faslida sovuq
ta’siTida boshdagi qon tomirlari torayib, sochning oziqlanishi buziladi va soch
to‘kila boshlaydi. Sochlarni har haftada yuvib turish lozim.
Kiyim gigiyenasi.
Kiyim
yil fasliga mos, havoni yaxshi o‘tkazishi, yengil va
qulay bo‘lishi lozim. Qishki kiyim issiqni yaxshi saqlaydigan jun gazlama, momiq,
mo'yna yoki sintetik material lardan tikiladi. Qishki poyabzal issiqni yaxshi
saqlaydigan, tagcharmi qalin va pishiq bo‘lishi zarur.
Teri
knyganida birinchi yordam ko‘rsatish.
Teri olov,
qizib turgan metall
buyumlar, kislota yoki qaynab turgan suyuqlik tekkanida kuyadi. Kuchli kuygan
kishining hayoti unga tezda birinchi yordamni ko‘rsatilishi bilan bog‘liq. Qaynab
turgan yoki qaynoq suyuqlik bilan kuyishda tezlik bilan kuygan joyga 15
minut
davomida sovuq suv quyib turiladi. Song‘ra kuygan joy sterillangan bog‘ich yoki
toza material bilan bog‘lab qo‘yiladi. Kuygan joyda paydo bo'ladigan pufaklarni
yorish, jarohatga o‘simlik yog‘i, margansovka, spirt surtish mumkin emas. Bu
moddalar kuyishni va og‘riqni
kuchaytirib, jarohatning bitishini qiyinlashtiradi.
Yong‘inda odam ustidagi kiyim yona boshlaganda, olovdan qutulish uchun
yugurmaslik kerak. Chunki, yugurganda havo oqimi yonishni kuchaytiradi.
Shuning uchun kiyimni yechib tashlash yoki yonayotgan
kiyim ustidan suv
quyish, odam ustiga biron qalin mato (ko‘rpa, palto) yopish lozim. Yaxshisi,
yonayotgan kishi o‘zini yo'qotmasdan yerga ag‘anab, olovni o‘chirishi lozim. Olov
o‘chirilgandan so‘ng tananing kuygan joylariga 15 minut davomida sovuq suv
Download
Do'stlaringiz bilan baham: