(82-rasm). Tayoqchasimon hujayralar kuchsiz yorug'likka sezgir bo'lganidan
lungi
ko'rish retseplorlari
deyiladi. Kolbasimon hujayralar rang sezadigan
kunduzgi
yorug'lik retseptorlari
hisoblanadi. Ularning qizil, yashil va ko‘k ranglarga sezgir
xillari bor. Ulardan birortasining funksiyasi buzilganida odam ranglarni ajrata
olmaydi. Bu kasallik
daltonizm deb ataladi. Tug'ma rangni ajratolmaslik 10 %
erkaklar va
1
% ayollar o‘rtasida uchraydi.
Qorachiq orqasida ikki tomonlama qavariq shaffof linza -
ko‘z gavhari turadi.
Gavhar va to‘ r parda oralig‘ i shaffof
shishasimon tana bilan to'lgan. To‘ r pardaning
ko'rish nervlari chiqqan joyi —
ko'r dog’da retseptorlar bo‘ lmaydi. Buyumdan
qaytgan yorug‘ lik ko‘ r dog‘ga tushganida buyum ko‘rinmasdan qoladi. Ko‘ r dog‘
yaqinida retseptorlar juda ko‘ p to‘ plangan sariq dog‘
ko'rish markazi deyiladi.
Ko'rish markazining faqat kolbasimon hujayralardan iborat o‘rta qismi
aniq ko'rish
markazi
bo‘ ladi. Tayoqchasimon hujayralar ko‘ rish markazi chetlarida joylashadi.
To‘r pardada joylashgan nerv hujayralarining o‘ simtalari ko'rish nervlarini hosil
qiladi. Buyumdan qaytgan yorug'lik nuri muguz parda, ko‘zning oldingi kamerasi,
qorachiq, ko‘z gavhari va shishasimon tana orqali o‘ tib, sariq dog'da buyumning
kichraygan va teskari ag'darilgan tasvirini hosil qiladi. Buyum tasviri nerv
impulslari holida ko'rish nervlari orqali yarimsharlar po‘ stlog‘ i
ko'rish zonasiga
uzatiladi. Bu yerda buyum shakli, o‘ lchami, rangi, yoritilganligi, fazodagi o‘m i
to‘g‘ risida haqiqiy sezgi hosil bo‘ ladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ ring:
1. Ko‘z soqqasi pardalari va ularga xos tuzilish belgilarini juftlab yozing: A - oqsil
parda, В - tomirli parda, D - to‘r parda, E - kamalak parda; 1 - qon tomirlari
va pigmentli hujayralardan iborat, oldingi qismi kamalak pardani hosil qiladi,
2
-
yoruglikka sezgir kolbasimon va tayoqchasimon hujayralardan iborat, 3 - oldingi
qismi tiniq muguz qavatni hosil qiladi, 4 - tomirli pardaning oldingi rangli qismi.
2. Ko‘z qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A - shox parda, В - kamalak
parda, D - qorachiq, E - gavhar, F - shishasimon tana, G - kolbasimon hujayralar,
H - tayoqchasimon hujayralar, I - sariq dog‘ ; 1 - yorug‘likni sindirib, sariq dog‘ga
tushiradi, 2 - ko‘z kosasi bo‘shlig‘ini to‘ldiradi, 3 - yorug‘likni qorachiqqa o‘tkazadi,
4 - yorug'lik kuchini boshqaradi, 5 - ko'z rangini belgilaydi,
Download
Do'stlaringiz bilan baham: