ta’sirchanligining keskin oshib ketishi allergiyaga sabab bo‘ladi.
Allergiyaga
gul
changi yoki uy changi dimog‘ga urganida, yoki har xil hidli moddalar ta’sirida
paydo bo'ladigan nafas siqish (astma), ayrim ovqatlar ta’sirida paydo bo‘ladigan
eshakyemi misol bo'ladi. Allergik kasalliklarning oldini olish uchun allergiya
paydo qiluvchi moddalarning organizmga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik, organizmni
chiniqtirish lozim.
50-rasm.
Chekmaydigan (chapda) va chekuvchi (o‘ngda) odam o'pkasi.
79
Chekishning nafas olish organlariga ta’siri.
Tamaki tutuni tarkibida nikotin,
is gazi, sinil, sionid kislota, benzopiren, qurum kabi organizm uchun juda zararli
uch mingdan ortiq zaharli moddalar bor. Chekishda bu moddalar og'iz bo‘shlig‘i,
nafas yollari va o‘pka alveolalari shilliq pardasiga o‘tib, ularni yalliglantiradi
(50-rasm). Natijada shilliq parda himoya funksiyasi pasayadi, o'pka alveolalari va
qon tomirlari elastikligi kamayishi va o‘pkaning hajmi kichrayishi tufayli qonning
harakatlanishi qiyinlashadi. Bundan tashqari, tutun tarkibidagi is gazi gemoglobin
bilan birikib, qonning kislorod tashishiga to‘sqinlik qiladi.
Tamaki tarkibidagi moddalar saraton kasalligini paydo qilishi aniqlangan. Jahon
Sogliqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda har yili Yer yuzi aholisidan
2,5 millionga yaqini chekish tufayli hayotdan ko‘z yumadi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Aksirishda neiv impulslari o'tadigan organlaini tartib bilan yozing; A - nafas olish
markazi, В - nafas chiqarish muskullari, D - retseptorlar, E - harakatlantiruvchi
nervlar, F - sezuvchi nervlar, G - kuchli nafas chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |