О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov biologiya


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring



Download 59,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/184
Sana20.07.2022
Hajmi59,4 Kb.
#827716
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184
Bog'liq
4 Odam va uning salomatligi 8-sinf 2019

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Sekretsiya bezlarini ularning organizmda joylashgan o‘rni bilan birgajuftlab yozing: 
A - qalqonsimon bez, В - qalqonoldi bezlari, D - gipofiz, E - epifiz, F - ayrisimon 
bez, H - buyrakusti bezlari; 1 - o‘ng va chap buyrak ustida, 2 - qalqonsimon bez 
orqa yuzasida, 3 - bosh miya ostki yuzasida, 4 - o‘rta miyada, 5 - to‘sh suyagining 
orqa yuzasida, 6 - bo‘ymning oldingi qismida.
2. Sekretsiya bezlari va ular ishlab chiqaradigan gormonlami juftlab yozing: A -
qalqonsimon bez, В — qalqonoldi bezi, D - gipofiz, E — epifiz, F — ayrisimon, 
H - buyrakusti; 1 - paratgormon, 2 - somatotrop, gonadotrop, 3 - melatonin, 4 -
tiroksin, 5 - androgen, estrogen, 6 - timozin.
3. Gormonlarni ularga mos keladigan xususiyadar bilan birga juftlab yozing: A -
tiroksin, В - adrenalin, D - androgen, E - paratgormon, F - estrogen; 1 - qonda 
kalsiy va fosfor miqdorini boshqaradi, 2 jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi, 3 
ayollar jinsiy gormoni, 4 - moddalar almashinuvi, nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligini 
oshiradi, 5 - nerv qo‘zg‘alishini kuchaytirib, muskullar toliqishini kamaytiradi.
0 ‘ylab javob bering:
Nima sababdan qalqonsimon bez oldi bezlari funksiyasi kuchayganida suyaklar 
yumshab, deformatsiyaga uchraydi va qiyshayib qoladi?
8-§. Oshqozonosti va jinsiy bezlar, sekretsiya
bezlari ishining boshqarilishi
Oshqozonosti bezi oshqozon ostida va biroz orqada joylashgan. Bezning 
Lcmgergans orolchasi
deb ataladigan qismi gormonlar ishlab chiqaradi. Ulardan
24


bin -
insulin 
qondagi ortiqcha glukozani glikogenga aylantirib, jigarda to'playdi, 
qondagi shakar miqdori kamayishiga yordam beradi. Bezning 
glukogon 
gormoni 
glikogenni glukozaga aylantirish bilan qonda shakar moddasi miqdorini oshiradi. 
Insulin ko'payganida hujayralarda glukoza sarfi oshib, glikogen sintezi tezlashadi. 
Buning natijasida qonda glukoza miqdori kamayib, qon bosimi pasayadi. Insulin 
yetishmaganida qonda qand miqdori oshib, 
qandli diabet 
kasalligi kelib chiqadi. 
Bezning 
gastrin 
gormoni oshqozonning ferment ajratish funksiyasiga ta’sir 
koVsatadi.
Jinsiy bezlar - aralash sekretsiya bezlari hisoblanadi. Erkaklarning jinsiy 
bezlari bir juft 
urug'donlar -
moyaklardan iborat. Ular jinsiy yo‘llarga urug‘ 
hujayralar va qonga 
androgen 
gormonlari ishlab chiqaradi. Gormonlardan eng 
muhimi 
testosteron 
ikkilamchi jinsiy belgilar (mo‘ylov, soqol, jinsga moyillik) 
rivojlanishiga ta’sir qiladi. Gormon ko‘p ishlab chiqarilganida barvaqt balog'atga 
yetish, yetarli ishlab chiqarilmaganida jinsga befarqlik va tez qarish kuzatiladi.
Ayollarning jinsiy bezlari - bir juft 
tuxumdonlar 
bachadon orqasida, kichik 
chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan. Tuxumdonlar tuxum hujayralar hosil qiladi va 
qonga 
estrogen 
gormonlari ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ikkilamchi ayollik 
belgilari rivojlanishiga va homiladorlikning me’yorda kechishiga ta’sir etadi. Tez- 
tez shamollash va infeksiya kasalliklari tuxumdonlarning yalliglanishi hamda 
bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Sekretsiya bezlari funksiyasining boshqarilishi. Sekretsiya bezlari funksiyasi 
nerv va gumoral omillarning o'zaro ta’siri orqali boshqariladi. Misol tariqasida 
bosh miyaning bir qismi bo‘lgan gipotalamusni gipofiz bilan birgalikda boshqa 
bezlar ishiga ta’sirini ko‘rsatish mumkin. Biron omil ta’sirida organizm ichki 
muhiti o‘zgarib, 
stress holati 
(lotincha 
stress — zo'riqisK) 
yuzaga keladi, Stress 
sovuq, issiq, og‘riq, turli kasalliklar va hissiy omillar (qo'rquv, hayajonlanish, 
xafa bo‘lish) ta’sirida paydo bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar ta’sirida nerv sistemasi 
qo‘zgcaluvchanligi oczgaradi. Paydo bo'ladigan nerv impulslari ta’sirida gipotalamus 
faollashib, uning 
sekretor hujayralari 
gormon ishlab chiqaradi. Gormonlar 
gipofizni faollashtiradi. Gipofiz gormonlari esa boshqa bezlarga ta’sir qilib, 
ularning funksiyasini kuchaytiradi yoki pasaytiradi.
Shunday qilib, gipotalamus - gipofizar sistema barcha organlar funksiyasiga 
ta’sir qiladi, qon tarkibini o‘zgartiradi, yurak-qon tomir sistemasi ishini tezlash- 
tiradi, qon bosimini oshiradi, nafas olish organlari ishini kuchaytiradi va mod-


dalar almashinuvi, nruskullaming qon bilan ta’minlanishi va tayanch-harakat 
sistemasi ishini tezlashtiradi. Bu o'zgarishlar stressning organizmga ta’sirini 
kamaytiradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Bezlar va ular o'rnini juftlab yozing: A 
gipofiz, В - epifiz, D - ayrisimon, E -
oshqozonosti, F - urug'don, G - tuxumdon, 1 - moyak, 2 - bosh miya asosi, o‘rta 
miya, 3 - qorin bo'shlig'i, 4 - bachadon orqasi, kichik chanoq bo‘shlig‘i, 5 - bosh 
miya ostki yuzasi, 6 - to‘sh suyagi orqa yuzasi.
2. Bezlar va ular ishlab chiqaradigan gormonlami juftlab yozing: A - gipofiz, В -
epifiz, D - ayrisimon, E - oshqozonosti, F - urug‘don, G - tuxumdon; 1 - estrogen,
2 - androgen, 3 - timozin, 4 - insulin, 5 - melatonin, 6 - somatotrop.
3. Gormonlar va ular funksiyasini juftlab yozing: A - melatonin, В - somatotrop, D -
timozin, E - insulin, F - androgen, G - estrogen, H - paratgormon, J - tireotrop,
I gonadotrop; 1 
ikkilamchi ayollik jinsiy belgilami rivojlanishi, 2 jinsiy bezlar 
funksiyasini pasaytiradi, 3 - jinsiy bezlar ishini boshqarish, 4 - qalqonsimon bez 
ishini boshqarish, 5 - qonda qand miqdorini kamaytiradi, 6 - pigment almashinuviga,
7 - qonda kalsiy va fosfor almashinuvi, 8 - ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilarini 
rivojlanishi, 9 - bo‘yning o'sishi.
4. Sekretsiya bezlari funksiyasini gipotalamus-gipofizar sistema orqali boshqarilishini 
tartib bilan yozing: A - gipofiz faollashib, gormonlar ishlab chiqara boshlaydi, В -
nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgaradi, D - omil ta’sirida organizm ichki muhiti 
o‘zgaradi, E 
barcha bezlar ishi kuchayadi yoki pasayadi, F 
nerv impulslari 
gipotalamusga uzatiladi, G - gipofiz gormonlari boshqa bezlaiga ta’sir qiladi, H -
gipotalamus faollashib, neyrogormon ishlab chiqara boshlaydi, J - neyrogormonlar 
gipofizga ta’sir qiladi.
0 ‘ylab javob bering:
Odam kuchli hayajonlanganida Lining yuragi tez-tez lira boshlaydi, nafas olishi 
tezlashib, yuzidan ter oqa boshlaydi. Bu jarayon organizmda sodir bo‘ladigan qaysi 
o'zgarishlar bilan bogliq bo‘ladi?



Download 59,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish