Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Sekretsiya bezlarini ularning organizmda joylashgan o‘rni bilan birgajuftlab yozing:
A - qalqonsimon bez, В - qalqonoldi bezlari, D - gipofiz, E - epifiz, F - ayrisimon
bez, H - buyrakusti bezlari; 1 - o‘ng va chap buyrak ustida, 2 - qalqonsimon bez
orqa yuzasida, 3 - bosh miya ostki yuzasida, 4 - o‘rta miyada, 5 - to‘sh suyagining
orqa yuzasida, 6 - bo‘ymning oldingi qismida.
2. Sekretsiya bezlari va ular ishlab chiqaradigan gormonlami juftlab yozing: A -
qalqonsimon bez, В — qalqonoldi bezi, D - gipofiz, E — epifiz, F — ayrisimon,
H - buyrakusti; 1 - paratgormon, 2 - somatotrop, gonadotrop, 3 - melatonin, 4 -
tiroksin, 5 - androgen, estrogen, 6 - timozin.
3. Gormonlarni ularga mos keladigan xususiyadar bilan birga juftlab yozing: A -
tiroksin, В - adrenalin, D - androgen, E - paratgormon, F - estrogen; 1 - qonda
kalsiy va fosfor miqdorini boshqaradi, 2 jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi, 3
ayollar jinsiy gormoni, 4 - moddalar almashinuvi, nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligini
oshiradi, 5 - nerv qo‘zg‘alishini kuchaytirib, muskullar toliqishini kamaytiradi.
0 ‘ylab javob bering:
Nima sababdan qalqonsimon bez oldi bezlari funksiyasi kuchayganida suyaklar
yumshab, deformatsiyaga uchraydi va qiyshayib qoladi?
8-§. Oshqozonosti va jinsiy bezlar, sekretsiya
bezlari ishining boshqarilishi
Oshqozonosti bezi oshqozon ostida va biroz orqada joylashgan. Bezning
Lcmgergans orolchasi
deb ataladigan qismi gormonlar ishlab chiqaradi. Ulardan
24
bin -
insulin
qondagi ortiqcha glukozani glikogenga aylantirib, jigarda to'playdi,
qondagi shakar miqdori kamayishiga yordam beradi. Bezning
glukogon
gormoni
glikogenni glukozaga aylantirish bilan qonda shakar moddasi miqdorini oshiradi.
Insulin ko'payganida hujayralarda glukoza sarfi oshib, glikogen sintezi tezlashadi.
Buning natijasida qonda glukoza miqdori kamayib, qon bosimi pasayadi. Insulin
yetishmaganida qonda qand miqdori oshib,
qandli diabet
kasalligi kelib chiqadi.
Bezning
gastrin
gormoni oshqozonning ferment ajratish funksiyasiga ta’sir
koVsatadi.
Jinsiy bezlar - aralash sekretsiya bezlari hisoblanadi. Erkaklarning jinsiy
bezlari bir juft
urug'donlar -
moyaklardan iborat. Ular jinsiy yo‘llarga urug‘
hujayralar va qonga
androgen
gormonlari ishlab chiqaradi. Gormonlardan eng
muhimi
testosteron
ikkilamchi jinsiy belgilar (mo‘ylov, soqol, jinsga moyillik)
rivojlanishiga ta’sir qiladi. Gormon ko‘p ishlab chiqarilganida barvaqt balog'atga
yetish, yetarli ishlab chiqarilmaganida jinsga befarqlik va tez qarish kuzatiladi.
Ayollarning jinsiy bezlari - bir juft
tuxumdonlar
bachadon orqasida, kichik
chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan. Tuxumdonlar tuxum hujayralar hosil qiladi va
qonga
estrogen
gormonlari ishlab chiqaradi. Bu gormonlar ikkilamchi ayollik
belgilari rivojlanishiga va homiladorlikning me’yorda kechishiga ta’sir etadi. Tez-
tez shamollash va infeksiya kasalliklari tuxumdonlarning yalliglanishi hamda
bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Sekretsiya bezlari funksiyasining boshqarilishi. Sekretsiya bezlari funksiyasi
nerv va gumoral omillarning o'zaro ta’siri orqali boshqariladi. Misol tariqasida
bosh miyaning bir qismi bo‘lgan gipotalamusni gipofiz bilan birgalikda boshqa
bezlar ishiga ta’sirini ko‘rsatish mumkin. Biron omil ta’sirida organizm ichki
muhiti o‘zgarib,
stress holati
(lotincha
stress — zo'riqisK)
yuzaga keladi, Stress
sovuq, issiq, og‘riq, turli kasalliklar va hissiy omillar (qo'rquv, hayajonlanish,
xafa bo‘lish) ta’sirida paydo bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar ta’sirida nerv sistemasi
qo‘zgcaluvchanligi oczgaradi. Paydo bo'ladigan nerv impulslari ta’sirida gipotalamus
faollashib, uning
sekretor hujayralari
gormon ishlab chiqaradi. Gormonlar
gipofizni faollashtiradi. Gipofiz gormonlari esa boshqa bezlarga ta’sir qilib,
ularning funksiyasini kuchaytiradi yoki pasaytiradi.
Shunday qilib, gipotalamus - gipofizar sistema barcha organlar funksiyasiga
ta’sir qiladi, qon tarkibini o‘zgartiradi, yurak-qon tomir sistemasi ishini tezlash-
tiradi, qon bosimini oshiradi, nafas olish organlari ishini kuchaytiradi va mod-
dalar almashinuvi, nruskullaming qon bilan ta’minlanishi va tayanch-harakat
sistemasi ishini tezlashtiradi. Bu o'zgarishlar stressning organizmga ta’sirini
kamaytiradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Bezlar va ular o'rnini juftlab yozing: A
gipofiz, В - epifiz, D - ayrisimon, E -
oshqozonosti, F - urug'don, G - tuxumdon, 1 - moyak, 2 - bosh miya asosi, o‘rta
miya, 3 - qorin bo'shlig'i, 4 - bachadon orqasi, kichik chanoq bo‘shlig‘i, 5 - bosh
miya ostki yuzasi, 6 - to‘sh suyagi orqa yuzasi.
2. Bezlar va ular ishlab chiqaradigan gormonlami juftlab yozing: A - gipofiz, В -
epifiz, D - ayrisimon, E - oshqozonosti, F - urug‘don, G - tuxumdon; 1 - estrogen,
2 - androgen, 3 - timozin, 4 - insulin, 5 - melatonin, 6 - somatotrop.
3. Gormonlar va ular funksiyasini juftlab yozing: A - melatonin, В - somatotrop, D -
timozin, E - insulin, F - androgen, G - estrogen, H - paratgormon, J - tireotrop,
I gonadotrop; 1
ikkilamchi ayollik jinsiy belgilami rivojlanishi, 2 jinsiy bezlar
funksiyasini pasaytiradi, 3 - jinsiy bezlar ishini boshqarish, 4 - qalqonsimon bez
ishini boshqarish, 5 - qonda qand miqdorini kamaytiradi, 6 - pigment almashinuviga,
7 - qonda kalsiy va fosfor almashinuvi, 8 - ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilarini
rivojlanishi, 9 - bo‘yning o'sishi.
4. Sekretsiya bezlari funksiyasini gipotalamus-gipofizar sistema orqali boshqarilishini
tartib bilan yozing: A - gipofiz faollashib, gormonlar ishlab chiqara boshlaydi, В -
nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgaradi, D - omil ta’sirida organizm ichki muhiti
o‘zgaradi, E
barcha bezlar ishi kuchayadi yoki pasayadi, F
nerv impulslari
gipotalamusga uzatiladi, G - gipofiz gormonlari boshqa bezlaiga ta’sir qiladi, H -
gipotalamus faollashib, neyrogormon ishlab chiqara boshlaydi, J - neyrogormonlar
gipofizga ta’sir qiladi.
0 ‘ylab javob bering:
Odam kuchli hayajonlanganida Lining yuragi tez-tez lira boshlaydi, nafas olishi
tezlashib, yuzidan ter oqa boshlaydi. Bu jarayon organizmda sodir bo‘ladigan qaysi
o'zgarishlar bilan bogliq bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |