O‘simlik resurslari.
O‘zbekistonning o‘simlik resurslari cho‘l, adir va tog‘
mintaqalarida gidrotermik va to‘proq sharoitlariga bog‘liq holda taqsimlangan. Mavjud o‘simlik
turlarining 90% ga yaqini chorva mollari uchun oziqabopdir. Cho‘l yaylovlarida har gektar
maydondan yiliga o‘rtacha 3-5 sentner, Ustyurtdagi yaylovlarda har gektardan 2-4 sentner
xashak yig‘ib olish mumkin. Cho‘l yaylovlarida deyarli yil bo‘yi qo‘y boqiladi.
Adir yaylovlarida har gektar maydondan o‘rtacha 8-10 sentner xashak yig‘iladi. Kunlar
isiy boshlaganida bu maydonlarda ko‘plab qo‘y, qoramol va parrandalar boqiladi.
Baland tog‘ (yaylov) mintaqasida xashak o‘rtacha zahirasi gektar boshiga 15 sentnerga
yetadi. Bu mintaqada ham yozda qo‘y-echki va yirik mollar boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |