O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


 Mehnat resurslari va ulardan foydalanish



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

5. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
 Mehnatga yaroqli aholi mehnat resurslari 
deb  ataladi.  Mehnat  resurslarini  aniqlashda  aholining  yosh  va  jinsiy  tarkibi  hisobga  olinadi. 
Mehnatga  yaroqli  aholiga,  odatda,  15  yoshdan  65  yoshgacha  kishilar  kiradi.  Mehnatga  yaroqli 
aholining  asosiy  qismini  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  qatnashuvchi  iqtisodiy  faol  aholi  tashkil 
etadi.  Aholining  mehnat  faoliyati  munosabatiga  qarab:  mehnatga  layoqatligicha  bo‘lgan, 
mehnatga layoqatli va mehnatga layoqatlidan keyingi guruhlarga ajratiladi. 
Asosiy  mehnat  resurslari  mehnatga  layoqatli  va  mehnat  yoshidagi,  xususan,  ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan va harbiy xizmatdagilarni o‘zida birlashtirsa, qo‘shimcha 
mehnat  resurslariga  14-16  yoshdagi  ishlovchi  o‘spirin-yoshlar  va  xizmatini  davom  ettirayotgan 
nafaqaxo‘rlar kiradi.  
Mehnatga  layoqatli  yosh  turli  mamlakatlarda  turlicha  belgilangan.  Masalan,  Rossiyada 
16-59  yoshdagi  erkaklar,  16-54  yoshdagi  ayollar  mehnat  resurslari  hisoblanadi.  AQShda  erkak 
va ayollar bir xil 16-65 yosh, Finlandiya, Yaponiya, Kanada, Germaniyada 15 yoshdan mehnatga 
layoqatli  hisoblanadi.  Uning  yuqori  chegarasi  aholining  o‘rtacha  umr  ko‘rish  darajasi, 
mamlakatning iqtisodiy salohiyati asosida belgilanishi mumkin.  
Mehnat resurslarining ulushi Yevropada eng yuqori ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. (62-
64 foiz), Amerika hamda Avstraliya va Okeaniyada ushbu ko‘rsatkich 56-58 foizni tashkil etadi. 


Osiyoda  ham  bu ko‘rsatkich ancha  yuqori (53-54 foiz)  faqat Afrikada  mazkur ko‘rsatkich (47 
foiz) nisbatan past hisoblanadi. Dunyo aholisining 52 foizi  mehnat resurslaridan  iborat. alohida 
mamlakatlar  bo‘yicha  oladigan  bo‘lsak  Xitoy  –  756,8  mln.  Hindiston  450,8  mln.  AQSH-144,7 
mln.,  Indoneziya-101,8  mln.,  Braziliya  -79,7  mln.,  Rossiya  –  77,7  mln.  kishi  mehantga  yaroqli 
aholisi bo‘lib, dunyoda oldinda turadi. 
Aholi  bandligi  ham  turli  mamlakatlarda  turlicha.  Masalan,  moddiy  boyliklar  ishlab 
chiqarish  sohasida  Rossiya  aholisining  70%  i,  AQSH  aholisining  54%,  noishlab  chiqarish 
sohasida  esa  Rossiyaning  30  %,  AQShning  46%  mehnat  resurslari  band.  Bu  ko‘rsatkichlar 
qishloq  xo‘jaligi  bo‘yicha  Rossiyada  15  %  ni,  AQSH  da  3%ni,  sanoatda  Rossiyada  37  %  ni, 
AQSH da 24 %ni, xizmat ko‘rsatish sohasida Rossiya 48% ni, AQShda 70% ni,  tashkil etadi. 
Lekin  shu  bilan  birgalikda  asosiy  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  mehnatda  band  aholining 
tarkibida qishloq xo‘jaligi va unga yaqin bo‘lgan sohalarda band aholi ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Yer  shari  aholisining  oshishi  bilan  birgalikda  ishsizlik  muammosi  ham  mavjud. 
Ishsizlikka  barham  berish  ko‘plab  mamlakatlarda  eng  asosiy  muammolardan  biriga  aylangan. 
Osiyo,  Afrika  va  Lotin  Amerikasi  mamlakatlarida  esa,  ishsizlarning  mavjudligiga,  iqtisodning 
umuman,  sust  rivojlanganligi,  ayollarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishga  kam  tortilganligi,  kichik 
yoshdagilar ko‘pchilikni tashkil etishi sababdir. 
 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish