Avstraliya va Okeaniya
50,5
49,5
Aholining irqiy va milliy – etnik tarkibi. Inson irqi-bu avloddan avlodga o‘tuvchi
o‘xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan kishilar guruhidir.
Shunday belgilar g‘atoriga teri, soch va ko‘z rangi, burun va lab shakli bo‘y va gavdaning
taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi.Jahon aholisi asosan 3 asosiy va qo‘shimcha
irqiy guruhlarga mansubdir. Bular Yevropoid (oq tanli), mangoloid (sariq tanli), negroid (qora
tanli) hamda son jihatdan kichik bo‘lgan avstroloid xalqlaridir. Shulardan birinchisi – Yevropa,
Janubi g‘arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afirika, Shimoliy Amerika hamda Janubiy
Amerikaning katta qismida, Avstraliyada keng tarqalgan, ikkinchisi Sharqiy, Janubi-sharqiy,
O‘rta Osiyoda, Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi – Tropik
Afrikada, Janubiy Osiyoda, Amerika va Okeaniyada mavjud. To‘rtinchi irq vakillariga asosan
Avstraliya va Okeaniyaning tub aholi vakillari kiradi.
Dunyoda hammasi bo‘liib 3-4 mingga yaqin halq, ya’ni etnos mavjud. Bularning
ayrimlari millatlarga aylangan, qolganlari xalq va qabilalardan iborat. Tabiiyki,alik ko‘p
miqdorda xalqlarni guruhlarga ajratish (tasniflash) zarur. Aholi geografiyasi uchun xalqlarni,
birinchidan, soniga va, ikkinchidan, tiliga qarab guruhlarga ajratish eng katta ahamiyatga egadir.
Dunyo mamlakatlari aholisining milliy tarikibi va etnik munosabatlarining xususiyatiga
ko‘ra qator guruhlarga taqsimlash mumkin. Birinchi guruhga bir millatli, ya’ni asosiy millati
jami aholisining 95 foizidan ortiq qismini tashkil etuvchi mamlakatlar: Yevropada – Islandiya,
Irlandiya, Norvegiya, Daniya, Polsha, Germaniya va boshqalar, Osiyoda-Yaponiya, KXDR,
Koreya Respublikasi, Bangladesh, Mo‘g‘iliston, Yaman, Oman, Qator, Afrikada-Misr, Liviya,
Somali, Madakaskar va boshqalar.
Ikkinchi guruhga ushbu ko‘rsatkich 70-95 foizga teng bo‘lgan mamlakatlar-Buyuk
Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Finlandiya, Jazoir, Marokash, Suriya, AQSH, Avstraliya,
O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va boshqalar kiradi. Uchinchi guruh mamlakatlarida
(Eron, Afg‘oniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston, Malayziya, Markaziy, Sharqiy
va Janubiy Afrika mamlakatlari va boshqalar) asosiy millat ulushi jami aholisining yarmidan
kam yoki ortiq, biroq 70 foizdan past ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. To‘rtinchi guruhda aholisi bir
nechta yirik millatlardan iborat, lekin ulardan birontasining ulushi sezilarli ustun bo‘lmagan
mamlakatlar to‘plangan (Hindiston, Indoneziya, Filippin, Shveysariya, G‘arbiy Afrika
mamlakatlari).
Aholining diniy tarkibi. Insoniyatning ijtimoiy rivojlanish tarixida dinlar hamisha muhim
rol o‘ynab kelgan. U hozir ham aholini barcha tabaqalarining ma’naviy-sotsial dunyoqarashi
shakllanishiga, qolaversa, xalqaro siyosiy hayotga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda.
Jahon bo‘yicha xalqlar o‘rtasida o‘nlab dinlar tarqalgan bo‘lib, ular xususiyatlariga ko‘ra
primitiv, milliy va dunyoviy dinlar guruhiga bo‘linadi. Dastlabki shakllanish bosqichida
kelayotgan primitiv dinlar urug‘ va qabilalik holatida yashab kelayotgan tropik Afrika negrlari,
Janubiy Amerika hindulari, ayrim Janubiy, Sharqiy Osiyo va Okeaniyaning kichik etnik xalqlari
orasida tarqalgan. Milliy dinlar jahonning ba’zi mamlakatlarida asosan bitta davlat doirasidagi
mahalliy din holatida yashab kelmoqda. Ularga Hindistondagi hindoizm, Xitoydagi
konfutsionizm, Yaponiyadagi sintoizm, Isroildagi iudaizm va boshqalar kiradi.
Jahon dinlaridan eng keng tarqalgani xristian dini bo‘lib (bu din uch mazhabni-katolik,
pratestant va pravislavni o‘z ichiga oladi), unga asosan Yevropa, Amerika va Avstraliyada
yashovchi taxminan 1 mlrd. dan ortiq kishi e’tiqod qiladi. E’tiqod qiluvchilar soniga ko‘ra (1
mlrd.ga yaqin) islom dini ikkinchi o‘rinda turadi. Asosan Osiyo bilan Afrikada joylashgan
deyarli 30 ta mamlakatda Islom dini davlat dini deb e‘lon qilingan. Markaziy va sharqiy
Osiyoda tarqalgan budda dini jahon dinlari orasida uchinchi o‘rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: