O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


  Mamlakatlarni  toifalarga  ajratish



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/155
Sana26.01.2022
Hajmi2,01 Mb.
#410876
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
Bog'liq
Мажмуа Iqtisodiy geografiya2021-22 (2)

4.  Mamlakatlarni  toifalarga  ajratish. 
Dunyoning  hozirgi  siyosiy  xaritasida  230  ga 
yaqin mamlakat va hududlar bor: ularning asosiy ko‘pchiligi mustaqil davlatlardir. 
Mamlakatlar  sonining  bunchalik  kattaligi  ularni  guruhlantirishni  taqazo  etadi.Bunda, 
birinchi navbatda, miqdoriy ko‘rsatkichlar mezon qilib olinadi, Mamlakatlarni hududini kattaligi 
va  aholi  soniga  qarab  guruhlantirish  eng  keng  tarqalgan.  Masalan,  hududning  kattaligiga  ko‘ra 


dunyoda  har  birining  maydoni  3  mln.  kv.  km.  dan  ortiq  7  ta  eng  katta  mamlakat  ajratiladi, 
ularning yalpi maydoni yer yuzidagi quruqlikning Ѕ qismidan ortig‘ini egallaydi. 
Masalan,  aholisi  soniga  ko‘ra  har  biridagi  aholi  100  mln.  kishidan  ortiq  bo‘lgan  10  –ta 
eng katta mamlakat ajratiladi,  bu  mamlakatlardagi  aholining  yalpi  soni  yer  yuzi aholisining 3/5 
qismiga to‘g‘ri keladi. 
Dunyo  siyosiy  xaritasida  o‘rtacha  va  kichikroq  mamlakatlar  ko‘pchilikni  tashkil  etadi. 
Juda kichik davlatlar ham borki, ular «mitti» davlatlar deb ataladi. 
Mamlakatlar  ko‘pincha  geografik  o‘rni  xususiyatlariga  qarab  ham  guruhlashtiriladi.  Bu 
xususiyatiga ko‘ra dengiz bo‘yida, yarim  orolda, orollarda joylashgan mamlakatlar, arxepelag – 
mamlakatlarga bo‘linadi. 
Hududi  bevosita  dengizga  tutash  bo‘lmagan  mamlakatlar  (ular  jami  40  taga  yaqin) 
alohida  guruhni  tashkil  etadi.  Bu  mamlakatlarning  quruqlik  ichkarisida  joylashganligi  dengiz 
yo‘llari, dunyo okeani boyliklaridan bevosita foydalanishni qiyinlashtiriladi. Jahon mamlakatlari 
faqat  maydonining  katta  –  kichikligi  va  geografik  o‘rnigagina  emas,  balki  sotsial-iqtisodiy 
rivojlanish darajasiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladilar. 
Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko‘ra 1) iqtisodiy rivojlangan va  2) rivojlanayotgan 
mamlakatlar toifasiga bo‘lish qabul qilingan. 
BMT  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan    mamlakatlarga  Yevropa,  Osiyo,  Afrika,  Shimoliy 
Amerika,  Avstraliya  va  Okeaniyaning  jami  60  ga  yaqin  mamlakatlarini  kiritgan.  Ularning 
iqtisodiy  va sotsial rivojlanishining ancha  yuqori ekanligi  va aholi  jon boshiga to‘g‘ri keluvchi 
yalpi ichki mahsulotining ancha ko‘pligi bilan ajralib turadi. 
Bulardan birinchi guruhni AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va 
Kanadadan iborat «G‘arbning katta yettilik mamlakatlari» tashkil etadi. Bular G‘arb dunyosining 
yetakchi mamlakatlari bo‘lib, katta miqyosdagi iqtisodiy va siyosiy faoliyati bilan ajralib turadi. 
Maslan, «Yettilik» mamlakatlarida jahon yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishning 50 
% dan ortig‘i, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 25 % dan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu davlatlarda 
aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri  keluvchi  ichki  yalpi  mahsulot  (IYAM)  10  ming  dollardan  20  ming 
dollargacha tashkil etadi. 
Rivojlangan mamlakatlarning ikkinchi kichik toifasiga kamroq rivojlangan mamlakatlar, 
birinchi  galda  Yevropa  mamlakatlari  kiradi.  Bu  mamlakatlar  har  birining  siyosiy  va  iqtisodiy 
qudrati  uncha  katta  bo‘lmasa  ham,  lekin  umuman olganda  ular  jahon  ishlarida  katta,  shu  bilan 
birga  tobora  ortib  borayotgan  ahamiyat  kasb  etadi.  Ularning  ko‘pchiligida  aholi  jon  boshiga 
to‘g‘ri keladigan ichki yalpi mahsulot «katta yettilik» mamlakatlaridagiga tengdir. 
SSSR  parchalanishi  natijasida  1991  yil  oxirida  barpo  bo‘lgan  Mustaqil  Davlatlar 
Hamdustligiga (MDH) kirgan mamlaktlarni alohida toifaga kiritish mumkin. 
Qolgan  barcha  mamlakatlarni    BMT    rivojlanayotgan  mamlakatlar  toifasiga  kiritiladi. 
Ular butun yer yuzi  quruqlik maydonining Ѕ qismini egallaydi, aholisi esa dunyo aholi sonining 
yarmidan otig‘ini, Xitoyni qo‘shib hisoblaganda 70 % dan ko‘pini tashkil etadi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar dunyo siyosiy xaritasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyada ekvatordan 
shimolda  va  ayniqsa  janubda  juda  katta  masofaga  cho‘zilgan  mintaqani  egallaydi.  Bu 
mamlakatlardan  ayrimlari  (Eron,  Tayiland,  Efiopiya,  Misr,  Lotin  Amerikasi  mamlakatlari  va 
boshqalar)  ikkinchi  jahon  urishidan  ancha  oldin  mustaqillikka  ega  bo‘lgan.  Ko‘pchiligi  esa, 
mustaqillikka  urushdan  keyin  erishdi.  Urushdan  keyin  100  ga  yaqin  mustaqil  davlat  vujudga 
keldi va ular ozodlikka erishgan mamlakatlar deb atala boshladi. 
Juda  katta  turfa  qiyofaga  ega  «uchinchi  dunyo»  mamlakatlari  ichki  sharoiti  jihatidan 
xilma-xildir. Ular bir qancha toifalarga ajratiladi. 
Bu  mamlakatlarning  birinchi  toifasini  tayanch  mamlakatlari  deb  ataluvchi  Hindiston, 
Braziliya  va  Meksika  tashkil  etadi.  Bu  mamlakatlar  juda  katta  tabiiy,  aholi  va  iqtisodiy 
imkoniyatlarga  ega  hamda  rivojlanayotgan  mamlakatlar  orasida  ko‘p  jihatdan  yetakchi 
mamlakatlardir. Masalan, qolgan  hamma rivojlanayotgan mamlakatlar birgalikda qancha sanoat 
mahsuloti  ishlab  chiqarishsa,  bu  uchta  mamlakat  ham  deyarli  shuncha  sanoat  mahsuloti  ishlab 
chiqaradi.  Bu  mamldakatlarda  aholi  jon  boshiga  ishlab  chiqariladigan  ichki  yalpi  mahsulot 


iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardagidan ancha kam. Masalan, Xindistonda ichki yalpi mahsulot 
qiymati atiga 340 dollarni tashkil etadi.   
     Ikkinchi,  nisbatan  yaqinda  paydo  bo‘lgan  davlatlar  toifasiga  yangi  sanoatlashgan 
mamlakatlar  deb  ataluvchi  ozgina  mamlakatlar  va  hududlarni  kiritish  mumkin.  Bu  toifa 
mamlakatlarining  tipik  vakillariga  Koreya  Respublikasi,  Tayvan,  Gonkong,  Singapur,  70-80 
yillardan rivojlanayotgan ko‘pchilik boshqa mamlakatlardan o‘zib ketishdi. 
Uncha katta bo‘lmagan uchinchi toifaga tashqariga neft chiqaruvchi (eks-port qiluvchchi) 
mamlakatlar  –  Saudiya  Arabistoni, Quvayt, Katar, Birlashgan Arab Amirliklari, Liviya, Bruney 
kiradi.  Bu  mamlakatlarda  neft  sotishdan  katta  daromad  kelganligidan  aholi  jon  boshiga  to‘g‘ri 
keluvchi ichki yalpi mahsulot 10-15 ming va undan ortiq dollarni tashkil etadi. 
To‘rtinchi, eng katta toifaga o‘z taroqqiyotida sezilarli darajada orqada qolayotgan o‘nlab 
mamlakatlar kiradi. Ularda  feodalizm qoldiqlari  saqlanib qolayotgan ko‘p tarmoqli ancha qaloq 
xo‘jalik ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Birinchi  toifaga  BMT  tasnifga  ko‘ra  eng  kam  rivojlangan  42  ta  mamlakat  kiradi 
(aholisining umumiy soni 400 mln. dan ortiq). Bu mamlakatlarda iste’molga oid xo‘jaligi ustun 
turadi.  Ishlov  beruvchi  sanoat  deyarli  yo‘q.  Aholining  2/3  qismi  savodsiz.  Aholi  jon  boshiga 
to‘g‘ri keluvchi ichki yalpi mahsulot atigi – 100-200 dollarni tashkil etadi. Bu toifaga Osiyodagi 
Bangladesh, Nepal, Afg‘oniston, Yaman, Afrikadagi Mali, Negir, Chad, Efiopiya, Samoli, Lotin 
Amerikasidagi Gaiti kiradi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish