75
xom ashyosini yetishtirishda Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo
viloyatlarining salmog‘i katta.
So‘nggi
yillarda
paxta
hosildorligini
oshirish
mahsadida,
paxtachilikni
mexanizatsiyalash, kimyolashtirishni, undan tashqari g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligini
yaxshilash chora-tadbirlari olib borilmoqda.
Dehqonchilik aholini bevosita oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda birlamchi o‘rin
tutadi. Undan tashqari chorvochilikning yem-xashak bazasi ham hisoblanadi.
Respublika donchiligi ko‘p xil ekinlar turini o‘z ichiga oladi. Don olish uchun bug‘doy,
arpa, javdar, sholi, suli,makkajo‘xori, oq jo‘xori, tariq, dukakli don ekinlari-no‘xat, mosh, loviya,
yeryong‘oq, moyli don ekinlari-zig‘ir, kunjut, soya, yeryong‘oq, kunjut, maxsar, kungaboqar va
boshqalar yetishtiriladi. G‘allachilik mustaqillikdan so‘ng yanada rivojlandi. 2002 yilda
mamlakatning lalmikor, shartli so‘g‘oriladigan va so‘g‘oriladigan zonasida salkam 1,53 mln.ga
yerga bo‘g‘doy ekildi va 5,5 mln. tonna hosil yig‘ib olindi. O‘zbekiston g‘allachiligida
sholikorlikning ham o‘rni katta. Respublikamizda Xorazm viloyatiga sholi ekish maydonlarining
va yalpi hosilining 43,2 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 37 foizi to‘g‘ri keladi. 1998 yilda
mamlakatda salkam 150 ming.ga yerga sholi ekilgan va 346,5 ming tonna hosil olingan.
Umuman olganda g‘alla ekinlaridan mo‘l-hosil olish uchun uning yangidan-yangi navlari
yaratilmoqda.
Toshkent viloyatining yuqori Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida kanopchilik
rivojlangan, bu o‘simlik poyasidan tola, gazlama, qop, brezent, kanop arqon va boshqa
mahsulotlar tayyorlanadi. Mamlakatimizning ayrim hududlarida aholi tamakichilik bilan
shug‘ullanadi. Samarqand viloyatining Urgut tumani tamakichilikka ixtisoslashgan.
Respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti kartoshka, sabzovat, poliz ekinlarini yetishtirishga qulay
hisoblanadi. Kartoshkaning yalpi hosili 2001 yilda 744,4 ming. tonnani tashkil etgan. Yalpi
hosili saomog‘i bo‘yicha Samarqand viloyati 23,9%, Toshkent viloyati 17,3%, Farg‘ona viloyati
10,7%, Namangan viloyati 10,5% ni tashkil qilgan holda respublikada salmoqli o‘rinni egallaydi.
O‘zbekistonning agroiqlim issiq resurslari har qanday meva va uzum donasining qandlik
darajasini oshirishga qodir.
Mamlakatimizda 2002 yilda o‘rtacha 842,9 ming.t. meva va 500 ming,t. atrofida uzum
hosili yig‘ib olindi. Mevachilikda Andijon (20 foiz), Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Toshkent
(11-12) viloyatlarining, uzumchilikda esa Samarqand (27 foiz) viloyatining salmog‘i kattadir.
Chorvachilik.
O‘zbekisiton
chorvachilikning
qadimiy
markazlaridan
biri.
Respublikaning tuproq va tabiiy iqlim sharoitlari-unumdor sug‘oriladigan yerlar, bepoyon qir-
adirlar, dasht-cho‘l va tog‘ oldi yaylovlari chorvachilikning rivojlanishi uchun qulay.
Sug‘oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, chuchqachilik, parandachilik, quyonchilik,
asalarichilik, qir-adirlar, dasht-cho‘l va tog‘ oldi yaylovlarida esa qo‘ychilik, echkichilik,
yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida baliqchilik rivojlangan.
Chorvochilikni rivojlantirishning muhim omillaridan biri uning ozuqa bazasi hisoblanadi.
Shuning uchun yaylovlar holatini yaxshilash, ozuqabop ekinlar maydonini kengaytirish, omuxta
yem ishlab chiqarishni ko‘paytirishga e’tibor berilmoqda. Mamlakatda yem-xashak ekinlari jami
ekin maydonining 25 foizini tashkil qiladi.
Qoramolchilik
respublika
chorvachiligida
yetakchi
tarmoq.
Respublikada
yetishtirilayotgan go‘shtning to‘rtdan uch qismi va sutning hammasini beradi. Mamlakatda,
uning mintaqalararo agroiqlim xususiyatlariga ko‘ra, sut, sut-go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik
sohalarida, yirik shahar atrofii xo‘jaliklarida hamda yangidan sug‘orilgan mintaqalarda, go‘sht-
sut, go‘sht yo‘nalishidagi qoramol zotlari esa tog‘ –tog‘oldi mintaqalarida rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: