O. L. Muxamedov Kafedra mudiri


Jahon hududlarida aholining jinsiy tarkibi



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/108
Sana23.12.2022
Hajmi2,01 Mb.
#894593
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
Bog'liq
O. L. Muxamedov Kafedra mudiri

 
Jahon hududlarida aholining jinsiy tarkibi 
(% hisobida, 2014 y). 
Hududlar 
Erkaklar 
Ayollar 
MDH 
48,5 
51,5 
Xorijiy Yevropa 
48,9 
51,1 
Afrika 
49,9 
50,1 
Amerika 
49,8 
50,2 


Avstraliya va Okeaniya 
50,5 
49,5 
Aholining irqiy va milliy – etnik tarkibi. Inson irqi-bu avloddan avlodga o‘tuvchi 
o‘xshash tashqi (teri, gavda) belgilarga ega bo‘lgan, tarixan shakllangan kishilar guruhidir. 
Shunday belgilar g‘atoriga teri, soch va ko‘z rangi, burun va lab shakli bo‘y va gavdaning 
taqsimlanishiga xos xususiyatlar va boshqalar kiradi.Jahon aholisi asosan 3 asosiy va qo‘shimcha 
irqiy guruhlarga mansubdir. Bular Yevropoid (oq tanli), mangoloid (sariq tanli), negroid (qora 
tanli) hamda son jihatdan kichik bo‘lgan avstroloid xalqlaridir. Shulardan birinchisi – Yevropa, 
Janubi g‘arbiy va Janubiy Osiyo, Shimoliy Afirika, Shimoliy Amerika hamda Janubiy 
Amerikaning katta qismida, Avstraliyada keng tarqalgan, ikkinchisi Sharqiy, Janubi-sharqiy, 
O‘rta Osiyoda, Kanada shimolida, Markaziy va Janubiy Amerikada, uchinchisi – Tropik 
Afrikada, Janubiy Osiyoda, Amerika va Okeaniyada mavjud. To‘rtinchi irq vakillariga asosan 
Avstraliya va Okeaniyaning tub aholi vakillari kiradi. 
Dunyoda hammasi bo‘liib 3-4 mingga yaqin halq, ya’ni etnos mavjud. Bularning 
ayrimlari millatlarga aylangan, qolganlari xalq va qabilalardan iborat. Tabiiyki,alik ko‘p 
miqdorda xalqlarni guruhlarga ajratish (tasniflash) zarur. Aholi geografiyasi uchun xalqlarni, 
birinchidan, soniga va, ikkinchidan, tiliga qarab guruhlarga ajratish eng katta ahamiyatga egadir. 
Dunyo mamlakatlari aholisining milliy tarikibi va etnik munosabatlarining xususiyatiga 
ko‘ra qator guruhlarga taqsimlash mumkin. Birinchi guruhga bir millatli, ya’ni asosiy millati 
jami aholisining 95 foizidan ortiq qismini tashkil etuvchi mamlakatlar: Yevropada – Islandiya, 
Irlandiya, Norvegiya, Daniya, Polsha, Germaniya va boshqalar, Osiyoda-Yaponiya, KXDR, 
Koreya Respublikasi, Bangladesh, Mo‘g‘iliston, Yaman, Oman, Qator, Afrikada-Misr, Liviya, 
Somali, Madakaskar va boshqalar. 
Ikkinchi guruhga ushbu ko‘rsatkich 70-95 foizga teng bo‘lgan mamlakatlar-Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Finlandiya, Jazoir, Marokash, Suriya, AQSH, Avstraliya, 
O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va boshqalar kiradi. Uchinchi guruh mamlakatlarida 
(Eron, Afg‘oniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston, Malayziya, Markaziy, Sharqiy 
va Janubiy Afrika mamlakatlari va boshqalar) asosiy millat ulushi jami aholisining yarmidan 
kam yoki ortiq, biroq 70 foizdan past ko‘rsatkich bilan ifodalanadi. To‘rtinchi guruhda aholisi bir 
nechta yirik millatlardan iborat, lekin ulardan birontasining ulushi sezilarli ustun bo‘lmagan 
mamlakatlar to‘plangan (Hindiston, Indoneziya, Filippin, Shveysariya, G‘arbiy Afrika 
mamlakatlari). 
Aholining diniy tarkibi. Insoniyatning ijtimoiy rivojlanish tarixida dinlar hamisha muhim 
rol o‘ynab kelgan. U hozir ham aholini barcha tabaqalarining ma’naviy-sotsial dunyoqarashi 
shakllanishiga, qolaversa, xalqaro siyosiy hayotga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. 
Jahon bo‘yicha xalqlar o‘rtasida o‘nlab dinlar tarqalgan bo‘lib, ular xususiyatlariga ko‘ra 
primitiv, milliy va dunyoviy dinlar guruhiga bo‘linadi. Dastlabki shakllanish bosqichida 
kelayotgan primitiv dinlar urug‘ va qabilalik holatida yashab kelayotgan tropik Afrika negrlari, 
Janubiy Amerika hindulari, ayrim Janubiy, Sharqiy Osiyo va Okeaniyaning kichik etnik xalqlari 
orasida tarqalgan. Milliy dinlar jahonning ba’zi mamlakatlarida asosan bitta davlat doirasidagi 
mahalliy din holatida yashab kelmoqda. Ularga Hindistondagi hindoizm, Xitoydagi 
konfutsionizm, Yaponiyadagi sintoizm, Isroildagi iudaizm va boshqalar kiradi.
Jahon dinlaridan eng keng tarqalgani xristian dini bo‘lib (bu din uch mazhabni-katolik, 
pratestant va pravislavni o‘z ichiga oladi), unga asosan Yevropa, Amerika va Avstraliyada 
yashovchi taxminan 1 mlrd. dan ortiq kishi e’tiqod qiladi. E’tiqod qiluvchilar soniga ko‘ra (1 
mlrd.ga yaqin) islom dini ikkinchi o‘rinda turadi. Asosan Osiyo bilan Afrikada joylashgan 
deyarli 30 ta mamlakatda Islom dini davlat dini deb e‘lon qilingan. Markaziy va sharqiy 
Osiyoda tarqalgan budda dini jahon dinlari orasida uchinchi o‘rinda turadi. 

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish