O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi


Begona yoki xashaki baliqlarga qarshi kurash



Download 17,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/189
Sana21.04.2022
Hajmi17,13 Mb.
#568418
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189
Bog'liq
O kzbekiston respubl1kasi oliy ya cprta m axsus ta’lim vazirligi

Begona yoki xashaki baliqlarga qarshi kurash
Bu usul tabiiy baliq mahsuldorligining oshirish yo’ilaridan biri hi- 
soblanadi. Begona baliqlarga — qarasa, bistryanka, gambuziya, bicliok 
kabi turlar hovuz sharoitida boqiladigan baliqlarning asosiy konkuren- 
ti (raqobatchi) hisoblanadi. Bu baliqlar tomonidan tabiiy va omuxta 
yemlar iste’mol qilinadi va baliq mahsuldorligi oshishida salbiy ta’sir 
ko'rsatadi. Yana asosiy baliqlar orasida turli xil kasalliklarni tarqatadi. 
Yirtqich baliqlardan sudak ham katta ziyon keltiradi. Sudakning ozuqa 
koeffitsienti 5 -9 ga teng. Bu degani bir dona sudak bir kg bo'lgunga 
qadar 5 -9 kg baliq yeydi.
Bularga nisbatan samarali qarshi kurash usuli bu turli xil filtrlar va 
baliq tutgichlardan foydalanish. Suv kiradigan joylarda himoya to'rlaridan 
foydalanish, begona baliqlar kirishiga yo‘l qo'ymaslikdan iborat. Agarda 
hovuzda suv sathi bilan, tushadigan suv orasida qandaydir farq bo‘lsa, 
unda to‘r qurilmalaridan foydalaniladi. Hovuzga suv tushadigan joylarda 
o’rnatiladi. Eng qulay usul suvni to’liq chiqarish, hovuzda suv qolmas- 
ligi kerak. Shuningdek, xlorlash, suv havzasini sun’iy zamor (dimiqish) 
holatini yaratish usullari ham mavjud, ammo bu usullardan foydalanishi 
tavsiya etilmaydi, chunki bu xavfli hisoblanadi. Suv kiradigan quvurga 
albatta ixota kapron to‘r qo’yish sliart.
14S


Hovuzlarni o‘g‘itlash
Baliqchilik hovuz xo‘jaligining intensifikatsiya shakllaridan biri bu 
hovuzlarni o'z vaqtida o'g'itlashdir. Bu usul hovuzlardan baliq chiqishi- 
ni, ya’ni belgilangan normada mahsulot olinishini ta’minlaydi. Keyingi 
yillarda bu maqsad uchun, o‘g‘itlash ayniqsa mineral o'g'itdan foyda- 
lanish ancha kamaydi. Chunki mineral o'g'it narxi nihoyatda baland. 
Ammo o‘tgan asrning 80—90-yillarida 700 kg/gektariga ammiak selit- 
rasi va 600 kg/gektariga super fosfat norma sifatida berilgan. Hozirgi 
kunda asosan ammofos keng qo'llaniladi.
Lekin xo'jalikning u yoki bu o'g'itga bo'lgan talabi suvdagi biogen 
moddalarning miqdoriga bog'liq. Amaliyotda shu narsa aniqki, o'g'itdan 
foydalanish, asosan gidroximiyaviy va gidrobiologik nazoratga asos- 
langan bo'lishi kerak. Nazoratsiz ixtiyoriy ravishda hovuzni o'g'itlash 
umuman mumkin emas. Shuning uchun ham har bir hovuzning biogen 
(N, P) moddasiga bo'lgan talabini bilish kerak. Ortiqcha o'g'it berish 
iqtisodiy zarar hovuz suvo'ti haddan tashqari bosib ketishi mumkin. 
0 ‘g‘itlash muddati har 7—10 kun oralig‘ida boiishi kerak.
Baliqchilik suv havzasining mineral o'g'itga bo'lgan talabini aniqlash 
uchun ko'pgina usullar bor. Bu usullardan biri G.G.Vinberg, V.P. Lyax- 
novich (1980) lar tomonidan tavsiya ctilgan usuldir. Bu usul shundan 
iboratki, suv havzasidan kolbaga suv olinadi va suvli kolbaga azot, fosfar, 
kaliy, kalsiy qo'shiladi. Tajriba natijasini kolbadagi suvo'tlari (diatom, 
ko'k-yashil va yashil) miqdori sanaladi. Har bir o'g'it uchun alohida kol- 
ba olinadi. Mineral moddalar alohida beriladi. Mineral modda miqdori 
hisobga olinadi. So'ngra 5—7 kundan keyin kolbalardagi fitoplankton 
yoki suvda erigan kislorod micidori hisobga olinadi va eng yuqori maksi- 
mal ko'rsatkich hisobga olinadi. Bu ko'rsatkich hovuzni o'g'itlash uchun 
asos bo'ladi. Usul csa hovuzni o'g'itlashning biologik talabi deyiladi.
Keng qo'llaniladigan usullardan - beriladigan biogen moddalar miq- 
dorini yoki normasini belgilashdan iborat. Baliqchilik suv havzasida fito- 
plankton yaxshi rivojlanishi uchun ma’lum nisbatda mineral tuzlar azot 
va fosfor nisbati hisobga olinadi. Agarda bu elementlar suvda yetishmasa, 
ntoplanktonning rivojlanishi chegaralangan bo'ladi. Oqibatda suvda erigan 
kislorod miqdori kamayadi. Haddan tashqari ko'payib ketsa, fitoplankton 
cho'kmaga tushib mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib suvning organik 
il'loslanishiga olib keladi. Natijada zamor hodisasi yuz beradi. Har bir litr 
suvda 2 mg azot va 0,4 mg fosfor optimal ko'rsatkich hisoblanadi. Suvdagi 
mineral moddalar miqdori quyidagi formula orqali aniqlanadi:
149




Download 17,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish